Зиёдулла Давронов


Sharq Renessansi (IX – XIV asrlar) O‘rta Osiyoda yangi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104
Зиёдулла Давронов

Sharq Renessansi (IX – XIV asrlar) O‘rta Osiyoda yangi
fanlarning vujudga kelishi va rivojlanishining
namunasi sifatida
Fan taraqqiyotida IX-XII asrda yashab ijod etgan mutafakkirlarning
ijodi muhim o‘rin tutadi. Ularning ba’zilari haqida fikr yuritamiz.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
(787- 847) ilm-fan rivojiga ulkan
hissa qo‘shgan. Astronomiya, matematika sohalariga oid ko‘plab asarlar
yozgan. Xorazmiy xalifa Ma’mun rahbarligida “Donishmandlar uyi”da
ishlagan. Uning “Al-jabr val muqobala” asari, ayniqsa mashhurdir. Bu asar
G‘arb va Sharq olimlariga algebra fanidan dasturamal bo‘lib xizmat
qilmoqda. Xorazmiyning “Astronomik jadvallar”, “Quyosh soati to‘g‘risida
risola ”, “Hind hisobi haqida risola”, “Tarix bo‘yicha risola”, “Musiqa
bo‘yicha risola”, “Zij ” kabi asarlari ilmiy-falsafiy ahamiyatga ega. Bu
asarlar Xorazmiyning buyuk matematik, umuman qomusiy alloma
ekanligidan dalolatdir. To‘g‘ri, Xorazmiy aynan falsafaga oid maxsus asar
yozmagan bo‘lsa-da, ammo uning matematika, geometriya, astronomiya,
geografiya, tarix va musiqa ilmiga oid asarlarida ilmiy isbotlangan falsafiy
fikrlar, g‘oyalar, nazariy ta’limotlar son-sanoqsiz. Hamyurtimiz o‘zining bu
asarlari bilan dunyo ilmining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan edi.
O‘rta Osiyo xalqi boy moddiy, ma’naviy, falsafiy tarixga ega. Bu o‘lka
eramizning boshlaridayoq qishloq xo‘jaligi, shaharlari rivojlangan zamin edi.
Yevropa va sharq mamlakatlari bilan savdo, madaniy aloqalar o‘rnatilib,
hunarmandchilik taraqqiy etgan edi.
Forobiy Abu Nasr Muhammad
(870-950) Sirdaryo bo‘yidagi Forobda
keyin Damashqda bilim oldi. U yirik tilshunos, mantiqshunos, matematik,
ximik, medik, psixolog, etnik, musiqashunos edi. Grek madaniyatini yaxshi
bilgan. Tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarda ijod qilib ilg‘or fikrlarni ilgari
surgan. Forobiy Arastudan keyingi, ikkinchi ustoz bo‘lib tanildi. U Arastu
asarlarini to‘g‘ri tarjima qilgan yirik faylasuf. Arastuning “Kategoriyalar”,
“Analitika”, “Poetika” kabi asarlarini tarjima qildi. O‘zi esa bir yuz ellikdan
ortiq asar yozgan. Asarlari yo‘qolgan bo‘lishiga qaramay, ulardan bir
qanchasi bizgacha yetib kelgan. Ularda metafizikani sharhlash, “Ehsonul-


66
ulum” falsafa, tibbiyot, matematika, mantiqshunoslik, tilshunoslik,
siyosatshunosliklarga oid fikrlar berilgan. Aynan “Musiqaning ulug‘ kitobi”
“Assiyosat al madaniyat”, “Fanlarning kelib chiqish risolasi” kabi asarlari
bizgacha yetib kelgan.
U moddiy dunyoni moddiy ob’yektlar sifatida anglaydi va Arastuning
progressiv qarashini mistikadan ozod qilishga urindi, progressiv fikrlarni
targ‘ib qildi. Olim tabiatdan tashqaridagi kuchga ishonadi va uni massa,
sifat, xususiyatga ega emas, deb tushunadi.
Forobiy ijodida materialistik tendensiya kuchli. U materiyani inkor
etmaydi, uni birinchi asos, deb biladi. Uning fikricha suv, havo, olov, osmon,
yerdagi narsalar qo‘shilib boshqa predmetlar paydo bo‘ladi. Osmon jismi
ham shundan paydo bo‘lgan, deydi.
Demak, Forobiyning ijodida, olamda materiya va shakl bor, lekin ular
teng. Bu yerda uni fanda, falsafada Arastudan ilgarilab ketgan, deya olamiz.
Arastu shakl birlamchi, materiya ikkilamchi, degan bo‘lsa, Forobiy esa
materiyaning harakati ob’yektiv, zero materiya ob’yektivdir degan xulosaga
kelgan. U moddiylik olamning harakat manbai, olamdagi narsalar
o‘zgarishda, harakatning sababi turli moddalarning birikishida, - deb
ko‘rsatadi.
Uning fikricha, moddiy elementdan tashkil topgan narsalar
o‘zgarmaydi, yangisi vujudga kelmaydi, yo‘qolmaydi.
U moddiy olamni, harakat va o‘zgarishda bo‘lgan narsalarni quyidagi
qismlarga bo‘ladi: 1) osmon jismlari; 2) minerallar; 3) o‘simliklar; 4)
hayvonlar; 5) insonlar. Bular sifat jihatidan farq qiluvchi cheksiz
hodisalardir. Sifat o‘zgarishining sababi, materiya deb biladi. Bu stixiyali
dialektika va sodda materializmdir. Forobiy bilish nazariyasida ham
progressiv fikrlarni ilgari surgan. Odam, uning sezgisi aqldan ilgari paydo
bo‘lgan, aql esa moddiy olam mahsulidir. Inson hayvondan aqli bilan farq
qiladi, deydi. Inson bilishi sezishdan aqliy bilish tafakkurigacha ko‘tariladi,
deydi. Bu - bilish nazariyasidagi materializmdir. Forobiy inson bilimi
moddiy dunyo sirini yorita olmaydi, deb fikr yuritdi. Forobiy jon va tana
haqidagi masalada to‘xtalib jon chiqishi bilan tan o‘ladi, deydi.


67
Shunday qilib, Forobiyning ijodida o‘z zamonasining ilg‘or fikrlari
mujassamdir.
O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan yana biri

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin