Turk tilining nazariy grammatikasi. Xudayberganova Z, Hamidov X
qo'llanilgan bo'lib, usmonli turkchasidan taxmin fe’llari yasashda qo'llanilgan. Bu fe’llar bugungi kunda yuz berishi istalmagan ish- harakatning amalga oshishiga bir bahya qolgani, sal bo'lmasa yuz berishi mumkinligini bildiradi va yordamchi fe’lga qo'shib yoziladi: diiyeyazmak, yikdayazmak, oleyazmak, bogulayazmak, kaqirayazmak kabi. Taxmin fe’llari yozma nutqda ham qo'llaniladi. U ko'proq turk tilining shevalari va og'zaki nutqda uchraydi: “§evkundan odlara tutu§up yanayazmi$am ” (qo'shiqj. Ayagi kayip dii§eyazmi$. Gg giin susuz, ekmeksiz kaldim, aqtan oleyazdm kabi. FE ’LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI (FiiLIM SlLER) Fe’lning shaxs va zamon qo'shimchalari olib tuslanmaydigan shakllari fe’lning vazifadosh (funksional) shakllari deyiladi. Ular hozirgi zamon turk tilida fiillimsiler ("fe’lsimonlar”) yoki v a tik fiiller (“yotiq fe’llar’’) deyiladi. Bu shakllar fe’lning muayyan grammatik kategoriyasiga mansub bo'lmay, turli vazifalarni bajaradi. Ular otlar kabi kelishik qo'shimchalari olib o'zgarishi va tugallanmagan fikrni ifodalovchi gaplarda kesim bo'lishi mumkin. Fe’lning o t sifat va ravishga o ’xshash vazifabajaruvchi bunday shakllarini fe’lning boshqa shakllaridan ajratib turuvchi xususiyat esa ularning tugallanmagan bir fikrni bildirgan gapga kesim bo'la olishidir: A li’y i karyimda gormek 117
beni §a§irtti (Alini qarshimda ко ‘risk meni hayron qoldirdi). Evi kiralayacak hamm tekrar geldi (Uyni icaraga olmoqchi bo ’Igan ayol yana keldij. “(Jayi gormeden paqayi sivam a” (Soyni ko'rmasdan pachani shimarma) kabi. Bunday vaziyatda ular bogiovchi ravish