Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   171
zoologiya 7 uzb

Karpsimonlar turkumi.
Tana skeleti suyakdan iborat. Bu 
turkum 
ning vakillari barcha suv havzalarida keng tarqalgan bo‘lib, 
bir necha yuzlab turlarni o‘z ichiga oladi. Biz tanishib chiqqan 
zog‘orabaliq ham shu turkumga kiradi. Orol dengizi, Zarafshon, 
Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida uchray-
digan mo‘ylov baliq; tog‘ daryolari va soylarda tarqalgan qora 
baliq; Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo, Amudaryo va Zaraf-
shonning quyi oqimida yashaydigan moybaliq va oqcha baliq, 
shuningdek, Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarda uchray-
digan laqqa ham shu turkumga kiradi. O‘rta Osiyo suv havzala-
riga Uzoq Sharq daryolaridan oq amur va xumbosh baliq keltirilib 
iqlimlashtirilgan (68-rasm).
Panjaqanotlilar turkumi.
Panjaqanotlilar skeleti va suzgich larining 
tuzilishi quruqlikda yashaydigan umurtqalilar oyoqlariga o‘xshab 
ketadi. Bu turkumning yagona vakili – latimeriya Hind okeanining 
Afrika sohili yaqinidan topilgan. Uni o‘rganish quruq 
likda yashov-
68-rasm. O‘zbekiston suv 
havzalari baliqlari:
1 – laqqa; 2 – cho‘rtan; 3 – zog‘ora; 
4 – oq amur; 5 – oqcha
1
2
3
4
5


119
34-§. Suyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati
chi umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini tushuntirishda katta 
ahamiyatga ega.
Baliqlarning ahamiyati. 
Baliq go‘shti va ikrasi xushta’m taom 
hisoblanadi. Ayniqsa, osetrsimonlar va losossimonlar go‘shti va 
ikrasi qadrlanadi. Jahon bo‘yicha har yili 50 mln tonnaga yaqin 
baliq ovlanadi. Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. 
Baliq ovlash uchun maxsus kemalar – traulerlardan foydalaniladi. 
Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni, 
qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘it ishlab chiqariladi. Baliq moyi farma-
tsevtikada vitaminli dori hisoblanadi. O‘zbekistonda baliqlar ichki 
suv havzalaridan ovlanadi. Zog‘ora, oq amur, oqcha, xumbosh, oq 
sla, ilonbosh asosiy ovlana 
digan baliqlar hisoblanadi.
Tabiiy sharoitda baliqlar uvildirig‘i va chavoqlari ko‘plab nobud 
bo‘ladi. Shuning uchun baliqlar maxsus zavodlarda urchitilib, tabiiy 
suv havzalariga qo‘yib yuboriladi. Baliqlarni boshqa suv havzalariga 
ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Uzoq Sharq daryolaridan respublika-
mizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar 
olib kelib, iqlimlashtirilgan.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin