Oshaqlarınıń operativ táripi Pastda o’choqlarning operativ tasnifi keltirilgan, ya’ni tasnif bo’yicha o’tkaziladigan chora-tadbirlarni tanlash imkoniyati berilgan. Bezgakning yuqtirilishini to’xtatish va uning qayta tiklanishiga yo’l qo’ymaslik savollarini hal qilishda bezgak o’choqlarini aniqlab uning funksional statusini monitoringlash asosiy mezoni deb hisoblanadi. JSSTning tasnifiga binoan bezgak o’choqlari yoshiga (1) qarab – qoldiqli va yangi, bezgakni yuqtirish borligiga qarab (2) – faolsiz, faol va potensial o’choqlariga ajratilinadi. Natijada o’choqlarning quyidagi toifalarga ajratish mumkin: 1. Qoldiqli: qoldiq faol bo’lmagan o’choq (bezgakning yuqishi to’xtagan, lekin qaytalama (residiv) holatlar mavjud bo’lgan aholi punkti); qoldiq faol o’choq (infeksiya yuqishi to’xtamagan).
Yangi: potensial o’choq (chetdan keltirilgan bezgak holati bor; bezgak yuqishini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo’q, ammo yuqish qayta paydo bo’lishi mumkin); faol o’choq (infeksiyani yuqishi tiklangan), ular ikkita kategoriyaga bo’linishi mumkin: olib kelingan bezgakdan faqat ikkilamchi (a) va mahalliy holatlar ham bor (b). Shunday qilib, o’choqlar quyidagi 7-kategoriyaga ajratiladi: 1. Psevdoo’choqlar (yolg’on o’choqlar) – issiqlikning kamligi yoki tashuvchining yo’qligi hisobiga bezgakni yuqtirish mumkin bo’lmagan aholi punktlari. 16 Qolgan 6-kategoriyalar (2–7) - o’choqlardir:
2. Sog’lomlashtirilgan o’choq – bezgakni yuqtirishi mumkin, ammo kamida oxirgi ikki epidemiologik mavsum ichida bezgak sodir bo’lmagan (bu yilgisini hisobga olmaganda) aholi punkti. Holatlar yo’q. Qolgan 5-kategoriyalar (3-7) - bu bezgak holatlari qayd etilayotgan aholi punktlari. Ular sog’lomlashtirilgan o’choqlar hisobidan yangi (3 va 4) o’choqlar yuzaga keladi.
3. Yangi potensial o’choq – chivinlarning samarali zararlanishi mavsum davrida mumkin bo’lgan, olib kelingan yoki emlangan bezgak holatlari yuzaga kelgan aholi punkti, lekin bezgak kasalligi yuqishini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo’q.
4. Yangi faol o’choq – uzoq tanaffusdan keyin bezgakning yuqishi kuzatilayotgan o’choq. Bu vaziyat o’choqda olib kelingan bezgakdan ikkilamchi hamda mahalliy holatlar borligi bilan isbodlanadi. Yangi o’choqlarga qarama-qarshi, qoldiq (5–6) o’choqlar hozirgi epidemiologik mavsumdan oldinroq yuzaga keladi.
5. Qoldiq faol o’choq – bezgakning yuqishi kuzatilayotgan o’choq.
6. Qoldiq faol bo’lmagan o’choq – bezgakning yuqishi to’xtatilgan, lekin residivli holatlar bor. Agar bezgakka qarshi tadbirlar to’la o’tkazilmasa, bu o’choq tadbirlar boshlanishidan oldingi holatiga qaytishi yoki tiklangan o’choqqa o’tishi mumkin.
7. Endemik (tiklangan) o’choq.