Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
 
 
Nazorat ishi: diktant. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat) 
43-44-mavzu. Yo‘l harakati. (2 soat, A1+:4 soat) 
Lug‘at: yo‘l, harakat, yo‘lka, yo‘lovchi, piyodalar yo‘lkasi, mashinalar 
yo‘li, bekat, to‘xtash joyi, yo‘l belgilari, haydovchi, piyoda, yo‘l qoidalari, 
kutib turish kabi tayanch so‘zlar; tez, sekin, shoshmay, yugurmay, mumkin, 
mumkin emas kabi holat bildiruvchi so‘zlar; o‘tish kerak, bilishi kerak, to‘xtab 
turish kerak, kutish kerak kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar (1 soat). -sh, -ish 
qo‘shimchalari hamda mumkin, mumkin emas so‘zlari (1 soat). 
Nutq namunalari: Hamma yo‘l harakati qoidalarini bilishi kerak. 
Svetoforning yashil chirog‘ida yo‘ldan o‘tish mumkin. Qizil chiroqda to‘xtash va 
kutish kerak. Katta ko‘chadan yugurmay o‘tish kerak. 
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid berilgan savollarni tushunib, 
ularga javob bera olish. 
151 


Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni 
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan 
qo‘llab gaplar tuza olish.
45-46-mavzu. Yozgi ta’til. (3 soat ) 
Lug‘at: yozgi ta’til, birga, oromgoh, zerikmaymiz, do‘stlashamiz, 
chiniqamiz, taassurot, esdalik, qaytadilar kabi tayanch so‘zlar. 
Nutq namunalari: Yozgi ta’tilda nima qilasiz? Ta’tilda oromgohga boraman.
 
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar 
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish): 
A1 
sodda savollar va gaplar, suhbatlarni tinglab, tushuna oladi; 
berilgan matnni (badiiy asardan parcha, she’r) o‘qib tushuna oladi; 
matn (topishmoq, maqol, ertak, kichik hikoya, she’r) tarkibidagi yangi so‘zlar 
ma’nosini lug‘at yordamida tushuna oladi; 
sodda savollarga javob bera oladi, ma’lumot so‘ray oladi; 
o‘zi, oilasi, yashash joyi, do‘stlari, tanishlari haqida gapira oladi; 
mamlakatimiz ramzlari va bayramlari, an’analari haqida gapira oladi; 
audio-video vositalar yordamida eshittirilgan so‘zlar va gaplar ma’nosini 
tushunib, gapira oladi; 
topishmoq, tez aytish, ertak va kichik hikoyalarni o‘qib tushunadi, mazmunini 
so‘zlab bera oladi; 
o‘zbek tilida o‘zlashtirilgan 600 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi; 
o‘rganilgan mavzu doirasida o‘z fikrini 6-8 ta gap bilan izchil bayon qila 
oladi; 
so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan 
holda yoza oladi; 
o‘rganilgan so‘zlar va sodda gaplarni, tabriknoma, xat, so‘rovnoma 
ma’lumotlarini to‘g‘ri yoza oladi; 
25-30 so‘zdan iborat diktant matnini husnixat talablari asosida yoza oladi. 
A1+ 
savollar va gaplarni, eshittirilgan qisqa matn, suhbat, qo‘shiq va she’rlarni 
tushuna oladi; 
so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi; 
xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti 
namunalaridan olingan hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab 
bera oladi, mavzu yuzasidan yoshiga mos tarzda qisqa taqdimot qila oladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin