Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
 
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon 
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab 
tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi; 
nasriy, she’riy, dramatik asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-
mohiyatini tushuna oladi; 
badiiy asar syujetini qayta so‘zlab bera oladi; 
turli janr va hajmdagi 8-10 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan 
ifodali ayta oladi; 
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni 
biladi va ushbu yo‘nalishlarda insho (5-7 sahifa) yoza oladi; 
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat 
va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy, 
publitsistik asarlardan o‘rinli foydalana oladi; 
113 


 maktab kutubxonasidan mustaqil foydalana oladi, turli janrdagi adabiyotlarni 
tanlab mutolaa qiladi, undagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira 
oladi. 
A2+ 
turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi; 
turli janr va hajmdagi 10-12 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan 
ifodali ayta oladi; 
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini 
ijro eta oladi. 
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: 
A2 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalarini 
(nasriy, she’riy, dramatik asar yoki ulardan olingan parchani) farqlaydi va tahlil 
qila oladi; 
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topib, tahlilda 
foydalana oladi; 
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi; 
badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi; 
asar qahramonlari xarakteriga xos bo‘lgan fazilatlar va xislatlarga munosabat 
bildiradi, baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi; 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va 
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi; 
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z 
bilan ifodalab bera oladi. 
A2+ 
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi; 
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga 
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi; 
asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin