1. Xo'jalik hisobi haqida tushuncha



Yüklə 63,41 Kb.
səhifə1/17
tarix26.04.2023
ölçüsü63,41 Kb.
#103104
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. Xo\'jalik hisobi haqida tushuncha


1.Xo'jalik hisobi haqida tushuncha.
Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo’jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish xamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o’zi kifoya qilmaydi.Olingan ma’lumotlarni o’lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo’lgan ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda ifodalash lozim bo’ladi. Undan so’ng bu ko’rsatkichlar boshqarishga zarur bo’lgan yo’nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro’yxatga olinishi lozim.
Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.
Хo’jalik hisobi deb xo’jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobining ko’rsatkichlari ichki va tashqiga bo’linib, axborotdan xam tashqi (aksionerlar, xissadorlar va boshqa mulk egalari), hamda ichki qiziquvchilar, menejerlar tomonidan foydalaniladi. Тabiiyki, xo’jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi hamda sog’lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida ob’ektiv ravishda tashqi e’lon qilinadigan va ichki tijorat siri hisoblangan qismlarga bo’linishi kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini himoya qiluvchi qonun ishlab chiqilishi kerak bo’ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga o’z korxonalarining ishi bilan tanishish uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo’ljallangan axborotni berish va tijorat siri hisoblangan ichki axborotni saqlab qolish huquqini beradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, tadbirkorlarning xo’jalik faoliyati o’z maqsadlariga munosib ravishda axborotlarda buzib ko’rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng rivojlantirilishi kerak.
Xo`jalik hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) xo`jalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo`layotgan xo`jalik jarayonlarini kuzatib borish;
b) kuzatish orqali olingan ma'lumotlarni miqdoriy ko`rsatmalarda ifodalash;
v) korxona, tashkilot, muassasa xo`jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
g) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma'lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo`jalik jarayonlari ustidan nazorat o`rnatish va ularga ta'sir etish. Xo`jalik hisobini yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman butun xo`jalikning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kеlgusidagi rеja ko`rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishi ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik hisobi har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formasiyada mavjud bo‘lib, o‘ziga xos maqsad va vazifalami bajargan. Ishlab chiqarishning ijtimoiy xarakteri rivojlangan sari xo‘jalik hisobining ko‘lami va ahamiyati ortib borgan. Xo4jalik hisobining koiami va ahamiyati ortib borishi uni yuritishga ma'lum bir talablaming shakllanishiga sabab buldi.
Xo‘jalik hisobi ham boshqaruvni zarur qarorlar qabul qil- ish bilan bogiiq axborot bilan ta’minlash funksiyasini o‘rganadi. Xo‘jalik hisobida ijtimoiy ishlab chiqarish va uning tarkibida sodir boiadigan jarax onlar to‘g‘risidagi axborotlar qayd etiladijamlana- di, qayta ishlanib. tahlil qilinadi, nazorat va boshqaruvning boshqa funksiyalarida foydalaniladi.
Xo’jalik hisobiga qo’yiladigan talablar
Hisob va reja korsatgichlari
Hisobning aniq va togriligi
Hisobning odiy va tushunarligi
Hisobning tejamkorligi
Hisob ishlarining o’zvaqtidaligi.
Xo‘jalik hisobida quyidagi o'lchov birliklaridan foydalaniladi: 1.Natura o‘lchovi. 2. Pul o‘lchov birligi. 3.Mehnat o‘lchov birligi
2.Xo'jalik hisobining turlari.
Xo'jalik hisobining turlari 3 turga bo’linadi;
1. Operativ (теzkor) hisob.
2. Statistik hisob.
3. Buxgaltеriya hisobi

Yüklə 63,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin