10- Mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash
Obyektga mo‘ljallangan yondoshuv dasturiy tizimlarni dasturlash tiliga
bog‘liq bo‘lmagan holda yaratishda modellardan sistematik foydalanishga
asoslangan. Har bir model uning o’zi aks ettirayotgan predmetning hamma
xususiyatlarini ifodalay olmaydi, u faqat ba’zi juda muhim belgilarini ifodalaydi.
Demak model o’zi aks ettirayotgan predmetga nisbatan ancha sodda bo’ladi. Bizga
shu narsa muhimki model endi formal konstruktsiya hisoblanadi: modellarning
formalligi esa ular orasidagi formal bog’lanishlarni aniqlashni va
ular orasida
formal operatsiyalar bajarishni ta’minlaydi. Bu ish modellarni ishlab chiqishni va
o’rganishni hamda kompyuterda realizatsiya qilishni osonlashtiradi.
Xususan esa, modellarning formal xarakteri yaratilayotgan dasturning formal
modelini olishni ta’minlaydi. Shunday qilib, obyektga mo’ljallangan yondoshuv
quyidagi murakkab muammolarni hal qilishda ishlatiladi.
Dasturiy ta’minotning murakkabligini pasaytiradi;
Dasturiy ta’minotning ishonchliligini oshiradi;
Dasturiy ta’minotning a’lohida komponentalarni modifikatsiya
qilishni
osonlashtiradi.
A’lohida komponentalardan qayta foydalanishni ta’minlaydi.
Obyektga mo’ljallangan yondoshuvning sistemali qo’llanilishi yaxshi
tuzilmalangan, ishlatishda barqaror bo’lgan, oson modifikatsiya
qilinuvchi dasturiy
sistemalarni yaratish imkoniyatini beradi. Aynan ana
shu imkoniyatlar
dasturchilarni obyektga mo’ljallangan yondoshuvdan foydalanishga
juda ham
qiziqtirmoqda. Obyektga mo’ljallangan yondoshuvli dasturlash hozirgi vaqtda eng
tez rivojlanayotgan dastur yozish texnologiyasi hisoblanadi. Obyektga
mo’ljallangan yondoshuv ikkita kismga bo’linadi:
1.Obyektga mo’ljallangan dasturlar
yaratish;
2.Obyektga mo’ljallangan dasturlash tillari.