11-laboratoriya mashg‘uloti. Optik tolalarda so‘nishlarni bukilish radiusiga
bog‘liqligini modellashtirish.
Ishdan maqsad: Optik aloqa tizimlarida optik signallarni
uzoq masofalarga
yo‘qotishlarsiz uzatish maqsadida qo‘llaniluvchi optik
signal regeneratorlarining
tuzilish va ishlash porinsipini o‘rganish.
Nazariy qism
Talab etiladigan signal-shovqin nisbatini, ya’ni shovqindan himoyalanganlikni
ta’minlash maqsadida raqamli TOA liniyalarida retranslyatorlar joylashtiriladi.
Retranslyatorlar ikki turga bo‘linadi:
1. Regeneratorlar; 2. Optik kuchaytirgichlar.
Dispersiya ta’siri uncha katta bo‘lmagan, “0” ni “1” dan farqlasa bo‘ladigan
xolatlardagina optik kuchaytirgichlaridan foydalaniladi.
Kuchaytirgichlar signal
shaklini tiklamaydi, faqat so‘ngan signallarni kuchaytiradi va qabul qilingan signalga
qo‘shimcha shovqinlar beradi. Shuning uchun ularni
soni berilgan shovqindan
himoyalanganlik (xatolik koeffitsienti) va dispersiyaning ruxsat etilgan qiymatlarini
hisobga olgan holda chegaralanadi.
Raqamli regeneratorlarda signallar
nafaqat kuchaytiriladi, balki to‘g‘rilanadi
ham. Signallarni kuchaytirish, boshlang‘ich shaklini tiklash, to‘g‘rilash, shovqinlarni
bartaraf etish regeneratsiyalash deyiladi. 8.1-rasmda optik
kuchaytirgich va optik
regeneratorning optik signallarga ishlov berish natijalarini ko‘rish mumkin.
Regeneratsiyalash regeneratorlarda amalga oshiriladi. Regeneratorni uzatuvchi
va qabul qiluvchi optik modullar va regeneratsiyalash bloki yig‘indisi sifatida ko‘rish
mumkin.
Spektr (to‘lqin) bo‘yicha zichlashtirish usulida
optik kuchaytirgichlarning
vazifasi keskin ortadi. Chunki optik kuchaytirgichlar turli optik tashuvchili bir necha
optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi. Xattoki bu hollarda ham, dispersiya tufayli
signallarni buzilishiga va shovqinlarga qo‘yiladigan talablar
bajarilmaydigan oraliq
stansiyalarda va oxirgi stansiyalarda regeneratorlarni o‘rnatish shart.
Regenerator va optik kuchaytirgichlarning taqqosiy xarakteristikalari 8.1-
jadvalda berilgan.