Mundaraja kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o'qishga qiziqtirish



Yüklə 463,3 Kb.
səhifə1/6
tarix02.06.2023
ölçüsü463,3 Kb.
#123062
  1   2   3   4   5   6
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobni sevishga òrgatish 1


MUNDARAJA


KIRISH……………………………………………………………………………2
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O'QISHGA QIZIQTIRISH……………………. ……………………………………………..5
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o'qishga qiziqtirishda …..………...5
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o'qishga qiziqtirish yo’llari………..8
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN KITOB VA ULARNING AHAMIYATI……………………………………………………..13
2.1.Bolalarda kitobga mehr qòyishga yordam berish…………………………...13
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish usullari……………………………………………………………………………15
Xulosa…………………………………………………………………………….21
Foydanilgan adabiyotlar……….………………………………………………..24

KIRISH
Talim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga ko’tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta‟lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishni uyg’otisho’z navbatida psixologiya,bolalar xarakteristikasini bilmay turib amalga oshmaydi.Chunki har bir bolao’z shaxsiyat va dunyo qarashga ega.Shaxs kamoloti va uning taraqqiy etishida psixologiyaningo’rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bolalarni kitobo’qishga qiziqtirishda psixologiya eng asosiy omil hisoblanadi.
Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma‟naviy xislatlarga egabo’lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog'lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas‟uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasiningo’ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko’nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashda badiiy so’z katta o’rin tutadi.
Bolalar xalq ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko’radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya – buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o’sishiga ta’sir ko’rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o’lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o’yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg’ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko’rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to’g’ri-noto’g’ri deb, o’zlariga xos bir yordam beradi.
Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do’stlik, halollik, mehnatsevarlik, o’rtoqlik namunalarini ko’rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi, tilning o’tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so’z qudratini his etadilar, uncha katta bo’lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so’zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog’chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o’tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo’lib qoladi.
Xalq og’zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo’shiqlarning ko’plari uzoq o’tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi. Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo’lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg’anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo’lishga majbur etadi.

Yüklə 463,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin