17. Mavzu : Payvandlash generatori. Reja. Elektr bilan payvandlash po’stlarining turlari. Payvandlash kabinalarining turlari



Yüklə 373 Kb.
tarix20.09.2023
ölçüsü373 Kb.
#145797

17. Mavzu : Payvandlash generatori.
Reja.
1. Elektr bilan payvandlash po’stlarining turlari.
2. Payvandlash kabinalarining turlari.
3. Ko’chma payvandlash po’stlari.
T exnologik progressga (payvandlanadigan materialning markasiga va elektrod qoplamasining turiga) ko’ra payvandlash ishlari o’zgaruvchan yoki o’zgarmas tok bilan bajariladi. Uzgarmas tokning o’zgaruvchan tokdan afzalligi shundaki, qzgarmas tokda yoy stabilroq yonadi va binobarin, payvandlash proqessi, ayniqsa, kucheiz toklarda osonroq boradi.
Payvandlash postlariga o’zgaruvchan tok maxsus transformatorlardan, o’zgarmastok esa o’zgartirgich va tugrilagichlardan beriladi. 2-rasmda o’zgaruvchan tok bilan (TS tipidagi transformatordan) elektr yoyi vositasida (qul bilan) payvandlash Postining prinsipial elektr sxemasi, 2 - rasm, b da esa bunday postning umumiy kurinishi kursatilgan. 2 2 0 yoki 380 v kuchlanishli o’zgaruvchan tok tarmoq 1 dan rubilnik 2 va saqlagich 3 orsali tok manbai — payvandlash transformatori 4 ga beriladi, bu yerda tok yoy qosil bulishi uchun zarur bulgan 60—75 v kuchlanishgacha transformaqiyalanadi va payvandlash simlari 5 orqali qisqich 6 va elektrod tuqich 7 orsali buyum 8 ga beriladi. 2 - rasm v da o’zgarmas tok bilan elektr yoyi vositasida dastaki Payvandlash postining prinsipial elektr sxemasi, 2 - rayem, g da esa bunday Postning umumiy kurinishi kursatilgan. Bu >qolda tok 220 yoki 380 v kuchlanishli tarmoqdan o’zgartirgichga keladi, o’zgartirgich o’zaro umumiy val bilan birlashtirilgan asinxron elektr dvigateli va payvandlash generatoridan to’zilgan. Bunday o’zgartirgichlar kuchlanishi 25—75 v bulgan o’zgarmas payvandlash toki ishlab beradi.
B ajariladigan ishning xarakterga qarab payvandlash postlarining elektr energiya manbalari markazlashtirilgan (gruppali) va individual joylashtirilishi mumkin. Aloqida binolarda payvandlash uskunalari gruppali qilib joylashtirilganda payvandlash postidan 30—40 m masofada quyiladi. Energiya manbalari elektr payvandchining ish joyidan minimal masofada urnatiladi. Payvandlash postlari staqionar (doimiy) va kqchma bulishi mumkin. Kichik ulchamlik buyumlarni paivandlaydigan staqionar postlar usti ochik; aloqida payvandlash kabinalariga joylashtiriladi (3 -rasm, a). Kuchma postlar katta gabaritli buyumlar: o’zun truboprovodlar (3 -rasm, b), metall konstruksiyalari, katta sigimli idishlar va shunga uxshashlarni payvandlashda ishlatiladi. Ishlovchilarni payvandlash yoyining ultrabinafsha nurlaridan saqlash uchun yonmaydigan materiallardan qilingan 1,2— 1,5 m balandlikdagi kuchma shchitlar, tusiqlar urnatiladi. Payvandlash ishlarining qajmi katta bulganda kup postli payvandlash tugrilagichlari, o’zgartirgichlari yoki transformatorlaridan foydalanish samarali buladi. Bunda payvandlash toki kattaligi qar bir ishchi postida ballast reostatlar (o’zgarmas tokdan foydalanganda) va drossellar (Uzgaruvchan tokdan foydalanganda) yordamida- rostlab turiladi. Kuchma payvandlash postlari odatda montaj qilishda va remont ishlarida qullaniladi. Bunda kupincha maxsus priqeplar yoki yopik; avtomobillarga urnatilgan kuchma payvandlash tronsformatorlari, payvandlash agregatlari va To’grilagichlaridan foydalaniladi. Bunday priqeplar va avtomobillar qurilmalar ulangan maxsus rubilniklar bilan jihozlangan. Turli balandliklarda ishlaganda elektrodlar va payvandchining zarur asboblari uning belbogiga osilgan brezent sumkalarda yoki maxsus panel yoki yashiklarga solingan buladi. Ishda qulaylik va xavfeiz bulishi uchun panjarali xovazolar yasaladi yoki aravachalar osib quyiladi. Energiya manbaidan ancha o’zovda va balandlikda ishlayotganda payvandlash tokini masofadan turib rostlaydigan regulyatorlar qullaniladi. Yepiq tipdagi idishlarDa payvandlashda xavfeiz meqnat sharoiti yaratish uchun salt yurish o’zgichlari (cheklagichlari) ishlatiladi.
TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR:
1. Sanoat va qurilishda qanday tur payvandlash postlaridan foydalaniladi?
2. Statsionar payvandlash posti ko’chma payvandlash postidan nima bilan
farq qiladi?
3. Qanday hollarda ko’p postli energiya manbalaridan foydalansa bo’ladi?
Yüklə 373 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin