2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning aso­siy turlari. Vintli juft nazariyasi. Rezbani mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#162449
  1   2   3   4   5   6
2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning aso siy turlari. V-hozir.org


2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning aso­siy turlari. Vintli juft nazariyasi. Rezbani mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda

  • 2- ma’ruza

  • Birikmalar. Rezbali birikmalar. Rezbali birikmalarning aso­siy turlari. Vintli juft nazariyasi. Rezbani mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda (cho’zilgan, sirib tortilgan kuch ostidagi) mustahkamlikka hisobi.

  • 2- soat

  • Mashina yoki mexanizmlarni tayyorlash jarayonida ularning ayrim detallari o’zaro birikmalar vositasida biriktiriladi. Natijada ajraladigan yoki ajralmaydigan birikmalar hosil bo’ladi.

  • Uzel yoki mashinani ayrim bo’laklarga ajratish uchun ularni biriktirib turgan birikma sindirilsa, bunday birikmalar ajralmaydigan, agarda birikmalarni sindirish shart bo’lmay ularni tarkibiy qismlarga oson ajratilsa, birikmalar ajraladigan birikmalar deb ataladi.

  • Ajralmaydigan birikmalarga payvand, parchin mixli, yelimli va tig’izlik asosidagi birikmalar misol bo’la oladi.

  • Ajraladigan birikmalar jumlasiga esa rezbali, shponkali, shlisli, rasmdor, ponali va boshqa turdagi birikmalar kiradi.

  • Birikmalarni loyihalash o’ta ma’suliyatli masalalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab, mashinalarda yuz beradigan sinishlar va buzilishlar aksariyat hollarda birikish joylarida yuz beradi.

  • Rezbali birikmalar juda keng tarqalgan ajraladigan birikmalardir. Ularni rezba bilan ta’minlangan boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, prujinalovchi shaybalar vositasida hosil qilinadi. Rezbali birikmalarning asosiy elementi rezbadir.

  • Agar silindrik yoki konussimon sirtda uchburchak, trapesiya, to’g’ri to’rtburchak va shunga o’xshash yassi rasmli vint chizig’i (1-rasm) bo’ylab har doim vintning o’qidan o’tadigan holatda siljitsak, bu rasm rasmga mos rezbani tashkil qiladi (2-rasm).

  • 2-rasm. Uchburchak profilli rezba

  • 1-rasm. Vint chizig’ining tarkib topishi va rezbaning ko’tarilish burchagiga oid tarh.

  • Vint chizig’ining yo’nalishi bo’yicha o’naqay va chapaqay, kirimlar soniga ko’ra bir kirimli va ko’p kirimli, vazifasiga ko’ra mahkamlash, mahkamlash-jipslashtirish va harakatni uzatish rezbalariga bo’linadi. Mahkamlash rezbalari rezbali birikmalarda qo’llaniladi va ular uchburchakli profilga ega bo’lib, katta ishqalanish, yuqori mustahkamlikka va texnologiklikka egadir. O’z-o’zidan bo’shab ketish hollaridan mustasno.


  • Yüklə 17,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin