29-Mavzu. Nutq texnikasi va madaniyati. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish Reja



Yüklə 26,16 Kb.
səhifə1/3
tarix02.06.2023
ölçüsü26,16 Kb.
#122275
  1   2   3
29-mavzu


29-Mavzu. Nutq texnikasi va madaniyati. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish
Reja:
1. Nutq haqida tushuncha. Nutqning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni. Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari.
2. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, rit-mika. Leksik madaniyat. O‘qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo‘llari.
3. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mohiyati. O‘qituvchining kun tartibi va ish o‘rni. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari.
4.Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo’nalishlari.

Pedagogik texnika ko‘p jihatdan nutq texnikasini egallash bilan bog‘liqdir. Chunki nutq texnikasi ta’lim-tarbiya jarayonida ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Sababi bolalar informasiyalarni asosan nutq orqali qabul qiladilar. Shunday ekan pedagog nutq texnikasini mukammal egallagan bo‘lishi lozim.


Tajribadan yaxshi bilamizki, tarbiyachi-o‘qituvchi tomonidan biror tovush yoki so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilinishi bolalar o‘rtasida kulgiga sabab bo‘ladi, yoki bir xil ohangdagi nutq ularda zerikishni keltirib chiqaradi, haddan tashqari baland ovoz yoki noo‘rin to‘xtalishlar /pauzalar/ ularning jahlini chiqaradi yoki tez charchatadi.
Ayrim kishilar ovoz ham, uning tembri /baland-pastligi/ ham tabiat in’omidir, uni o‘zgartirish mumkin emas deb o‘ylaydilar. Lekin ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ovozni sifat jihatdan keskin o‘zgartirish mumkin. Bunga tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, qadimgi yunon notig‘i va siyosiy arbobi Demosfen maxsus mashqlar orqali o‘z nutqini tarbiyalab zamonasining mashxur notig‘i darajasiga ko‘tarilgan. Adolf Gitler, Fidel Kastro kabi arboblar ham nutqini maxsus mashq qildirganlar.

Hozirgi vaqtda ovozni sozlashning ilmiy asoslangan metodikasi ishlab chiqilgan.


Nutq texnikasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  1. Nafas olish texnikasi.

  2. Ovoz texnikasi.

  3. Diksiya.

  4. Ritmika.

Nafas olish fiziologik hodisa bo‘lib odam organizmining hayotini ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda u nutqimizning energiya manbai ham bo‘lib hisoblanadi. Agar nafas olish va nafas chiqarish bo‘lmaganda, nutq ham bo‘lmagan bo‘lur edi.
Ovoz nafas chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. Bunda diafragma, ko‘krak qafasi, ovoz apparati va artikulyasion apparat faol ishtirok etadi.
Ovoz kekirdakda – ovoz paychalari yordamida hosil bo‘ladi. Ovozning past yoki baland bo‘lishi paychalar orasidan o‘tayotgan havo oqimining hajmi va kuchiga bog‘liqdir. Ovoz artikulyasion apparatda tovush va harflarga ajratiladi. Bunda til va lablar asosiy rolni uynaydi.
Pedagog ovozining o‘ziga hos xususiyatlari nimada? Avvalo bu tovushning kuchida. Tovushning baland-pastligi esa nutq apparati faoliyatining faolligiga bog‘liqdir. Ichkaridan chiqayotgan havo tovush paychalari orasidan qanchalik kuch bilan o‘tsa, tovush ham shunchalik kuchli bo‘ladi yoki aksincha.
Nutqning ikkinchi xususiyati uning eshitilish darajasidir. Bu darajani boshqarish tarbiyachining ixtiyorida buladi: eshituvchilar yaqinda bo‘lsa ovoz kuchini pasaytiradi yoki aksincha.
Nutqning yana bir xususiyati harakatchanligi bo‘lib, sharoitga qarab uni tez o‘zgartirilishi tushiniladi, ya’ni goh ovozni ko‘tarish, goh tushirish kerak bo‘ladi. Uning yana bir xususiyati ovoz diapazoni ya’ni hajmi bo‘lib hisoblanadi. Shunga ko‘ra nutq yuqori diapazonli va quyi dapazonli bo‘lishi mumkin.
Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyati jarayonida ovoz gigienasiga albatta rioya qilishi lozim. Aks holda kasb kasalligi – ovoz xastaligiga duchor bo‘lishi mumkin. Ovoz apparatining kasallanishi pedagoglarda juda yuqori bo‘lib, 40,2 foizni tashkil etadi. Bu kasallikning sabablari juda ko‘p bo‘lib, shulardan to‘rttasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: kunlik ovoz yuklamasi /nagruzkasi/ ning yuqoriligi, ovoz apparatidan to‘g‘ri foydalana bilmaslik, gigienaga rioya qilmaslik, ovoz apparatining tug‘ma kuchsizligi kabilar.
Ma’lumki pedagog o‘z ish vaqtining 50 foizldan ortig‘ida gapirishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun u ish vaqti tugagach 2-3 soat davomida uzoq so‘zlashuvlardan o‘zini tiyib, ovoz apparatiga dam berishi lozim. Bundan tashqari, u pedagogika bilim yurtida dars beradigan bo‘lsa dars jadvali tuzayotganda 3-4 soat ishdan so‘ng bir soat dam berilishi nazarda tutilishi kerak. Ovoz apparati tez ta’sirlanuvchan bo‘lib o‘ta sovuq yoki issiq, shu bilan birga, achchiq ovqatlar tufayli ham kasallanishi mumkin.
Bir necha soat dars o‘tgandan /gapirgandan/ so‘ng sovuq havoda tez yurish ham tavsiya etilmaydi. Chunki tez yurganda nafas olish tezlashadi. Va ovoz apparatiga sovuq havo oqimi ko‘proq kirib ishdan charchagan ovoz paychalarini kasallantiradi.
Pedagog faoliyatida diksiya ham muhim ahamiyatga ega. Diksiya – bu so‘zlar, bo‘g‘inlar va tovushlarni aniq, burro, ravshan talaffuz qilish demakdir. Diksiya nutq apparatining inteksiv ishlashiga bog‘liq. Bunda lab, til, tish, qattiq va yumshoq tanglay, osilchoq tilcha, xiqildoq, jag‘lar faol ishtirok etadi. Buning uchun ularni hamma vaqt mashq qildirib borish lozim. Hozirgi kunda artikulyasion apparatni ham takomillashtiruvchi maxsus mashqlar tizimi ishlab chiqilgan.
Nutq texnikasida ritmika ham muhim ahamiyatga ega. Ritmika – bu so‘zni aytilishining tezligi va davomiyligi bo‘lib hisoblanadi. Nutqning tezligi pedagogning individual xususiyatiga, nutq mazmuni va muloqot sharoitiga bog‘liqdir. Nutq eng tez bo‘lganda bir daqiqada /minutda/ 110-120 so‘zni aytish mumkin. Inglizlarda bu raqam 120-150 ga tengdir.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, V-VI sinfda o‘qituvchi bir daqiqada 60, IX sinfda 75 tadan ortiq so‘z ishlatmasligi lozim. Bolalar bog‘chasida esa bu raqam 35-40 ni tashkil qilishi kerak.
Ayrim so‘zlarning davomiyligi uning uzunligi, kattaligigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, shu matndagi ahamiyatiga ham bog‘liq. Masalan, so‘z zarurroq, ahamiyatliroq bo‘lsa uni cho‘zibroq, bo‘rttiribroq aytish mumkin. Ayrim qoidalar, ta’riflar, xulosalarni sekinroq tempda gapirish, qolganlarini esa tezroq gapirish mumkin
Nutqda pauzalar ham muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, har bir pedagog nutq texnikasi ustida hamisha ishlashi, nafas olishni mashq qildirishdan tortib, ovoz, diksiya, ritm ustida tinimsiz ishlashi kerak.
Ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnika ko‘plab ko‘nikmalar, malakalar, odatlar va harakatlarni mukammal egallashga va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida unumli foydalana olishga bog‘liq ekan. Shunday ekan, har bir tarbiyachi va o‘qituvchi chuqur bilimga ega bo‘lishidan tashqari pedagogik texnikani ham egallashi zarur. Ana shundagina u mahoratli pedagog bo‘la oladi.
Pedagogik texnika tizimida takt tushunchasi bo‘lib, uni quyidagicha izoxlash mumkin.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning muomalasi jarayonida hissiyotning ikki tomoni (ijobii- salbiy) namoyon bo‘ladi. O‘z munosabatlarida ijobiy hissiyotlarga asoslanish, intilishi, qobiliyati katta tarbiyaviy samara beradi. Salbiy xissiy xolatlarni o‘qituvchi maqsad kilib olmaydi. Ijobiy xissiy samaradorlikka erishish uchun vaqtincha vaziyat bo‘lishi mumkin. Masalan, xurmatni yo‘qotib quyishdan cho‘chish, hayajonlanish va hakazo. Tajribalarni ko‘rsatishicha, pedagogik takt o‘qituvchiga bolalar bilan ruhiy aloqaga va ijobiy hissiy muomalaga asos bo‘ladi.
Pedagogik takt talablari bo‘yicha o‘qituvchi o‘zida muomalaning demokratik usuli va muomala madaniyatiga erishadi.
Pedagogika va psixologiya fanlarida pedagogik takt bo‘yicha ko‘plab ishlar yig‘ilgan. Albatta bu ishlar o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etishga, ziddiyatli vaziyatlarning oldini olishga yordam beradi. Barcha o‘rganuvchilar pedagogik taktni keng va chukur tushuncha ekanini, alohida ta’rifni yo‘qligini ta’kidlashadi. Bu umumiy qabul qilingan, o‘ziga xos «takt» tushunchasi bilan bog‘liq.
Takt so‘zi so‘zma - so‘z «daxl» (prikosnovenie) degan ma’noni beradi. Ahloqiy toifa bo‘lib, kishilararo munosabatlarni tartibga solishga yordam beradi. Xulq - atvordagi nazokatlik (taktga ega bo‘lish) insonparvarlik bilan bog‘lik eng og‘ir, qarama- qarshi vaziyatlarda ham boshqa kishilarga bo‘lgan xurmatini, e’tiborini saqlab qola bilishdir. Nazokatli bo‘lish har bir kishiga, ayniqsa o‘qituvchiga bo‘lgan ahloqiy talabdir. Chunki u, rivojlanuvchi shaxs bilan muomalada bo‘ladi. Pedagogik takt o‘qituvchining kasbiy sifati, mahoratining ma’lum qismi. Pedagogik taktni, umumiy takt tushunchasidan farqi, u fakat o‘qituvchi shaxsi xususiyatiga ega bo‘lmasada, bolalarni sevish, mehribonlik, xurmat-e’tiborni talab qiladi. Ya’ni o‘qituvilarga muomala yo‘lini topish, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishdadir. Umumiy tarzda pedagogik takt o‘qituvchining o‘quvchilarga pedagogik maksadga mos ta’sir etish sermaxsul muomala usulidir.
Pedagogik takt mahorat bilan tarbiyalanadi. O‘qituvchining ruhiy yetukligi, o‘z ustida ishlashi, munosbatlarda yosh va individual xususiyatlarni farqlay bo‘lishi zarur.
Pedagogik taktni puxta egallashda o‘qituvchi bolalarni yaxshi ko‘rishi va uni namoyish qila olish, bolalar xulq - atvorini ichki asoslarini, motivlarini ko‘ra bilishi, sharoitga kirisha olish, vaziyatni to‘g‘ri baholash lozim. Umumiy tarzda o‘z-o‘zini boshqara olish, tug‘rilik, boshqalar tajribasiga ijobiy yondashish, pedagogik texnikaning rivojlanishi kabilar zarur.
Pedagogik takt muayyan chegaraga ega. Aksincha u teskari xolatni keltirib chiqarishi mumkin. Bolalarga nisbatan xurmat va gamho‘rlik, unda o‘ziga ishonch, o‘z qadr - qiymatini anglash hissini, vujudga keltiradi. Natijada bola tarbiyaviy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi. Xurmat va erkalash talabchanlik va xushyorlikdan ajralib qolmasligi kerak. Talabchanlik bolani individual xususiyatini hisobga olingan xolda bo‘lsa o‘qituvchining xurmati oshadi.
O‘quvchining tarbiyalangan darajasiga qarab munosabatlarni qurish zarur. Bolaga e’tibor, ochiq ko‘ngillik bola yoshini ortib borishi bilan o‘zgarib boradi.
Pedagogik takt o‘qituvchi xulqini barqarorligini talab etadi. O‘quvchi kelajagiga ishonch asosiga quriladi. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi ziddiyatlar o‘qituvchining xarakatsizligidan kelib chiqadi. Masalan, o‘quvchining xulqiga qarab o‘qituvchi tanbex berishi o‘rtadagi ziddiyatga sabab bo‘ladi.
Pedagogik takt darsning hamma bosqichlarida zarur. Bolani bilimini aniqlash va baholashda o‘qituvchi o‘z xulqiga e’tibor berishi va boladagi xato va nuqsonlarga chidashi shart. Har bir o‘qituvchi o‘zining tinglovchilarni, uni xurmat qiladiganlarni sevadi, o‘quvchining javobini u bo‘lmasligi kerak. O‘qituvchi sinf xonasida dars o‘tayotganda yurib turishi, o‘quvchiga dalda berishi, izohlashi muhimdir.
Baho quyish bosqichi ham g‘oyat muhimdir. Ba’zan ijobiy bahoga ham o‘quvchida qonikish bo‘lmasligi mumkin. Bunday xolda bahoni adolatli izohlash, asoslash maqsadga muvofiqdir. O‘quvchini to‘g‘ri javobidan mamnun bo‘lishi, noto‘g‘ri javobidan u bilan birga kayg‘urishi va uni izohlashi, asoslashi maqsadga muvofiqdir. Bahoda bola muvaffaqiyatsizligini kechirishi, uni bartaraf etishga bolada ishonch hosil qilishi ijobiy natijalar beradi. Tajribali o‘qituvchi o‘quvchining har bir xarakatini his etib, kuzatib yurmaydi, balki unga ishonchini namoyon qiladi.
Pedagogik takt bolaga ishonchini namoyon qilishi bilan ham bog‘liqdir. O‘qituvchidan muayyan taktikaga ega bo‘lishni talab etadi. O‘quvchi bilan muomala turli vaziyat va obrazlarda bo‘ladi. Muomalada xolislik, aniqlik, darsga tayyorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa, qattiqqo‘llik kabilar muhimdir. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda do‘stona muomaladan foydalanish mumkin.
Muomalada taktika tanlash, o‘z rolidan qanday foydalanish ko‘nikmasiga bog‘liqdir.
Pedagogik takt - pedagogik mahorat bilan birgalikda o‘sib boradi. U o‘qituvchining ma’naviy kamolotini, o‘z ustida muntazam ishlashi, bolalar bilan muomala qilish kunikmasi mahsulidir.
Shu bilan birga takt va individual xususiyatlar to‘g‘risidagi psixologik bilimlar xamdir. Shuningdek axloq asoslari; xulq va xatti- xarakatini ko‘ra bilish haqidagi bilimdir.
Bolalarni yetuk kishi darajasida muomalaga o‘rgatish, muomalada ishonch va uzaro ishonchni hosil qiladi.
Pedagogik takt pedagogik mahorat bilan o‘sib boradi. O‘qituvchining ruhiy yetukligi o‘z ustida ishlashi bolalar bilan muomala qilish ko‘nikmasi bolalarning yosh va individual xususiyatlarini bilishi pedagogik takt uchun asos bo‘ladi.
O‘qituvchiga pedagogik taktni egallashda quyidagi ta’sir etish ko‘nikmalari zarur:
1. Bolalarni yaxshi ko‘rishi va xuddi shuni ko‘rsata olishi.
2. Bolalarni kuzatish, bolalarning xulq-atvorining ichki asoslarini, motivlarini ko‘ra bilish.
2. Sharoitga kirisha olish, ya’ni sinfga moslasha olish.
3. Ta’sir etishning maqsadga muvofiq vositalarini, usullarini tanlay olish.
Umumiy tarzda o‘z-o‘zini boshqara olish, to‘g‘rilik, boshqalar tajribasiga ijodiy yondashish, pedagogik texnikaning rivojlanishi kabilar zarur.
Ziddiyatli xolatlarda quyidagilar zarur, ya’ni muximdir:
1. Ushbu vaziyatni yenga olish, tashqi bosiqlik, o‘zini qo‘lga olish.
2. Xulq - atvor bilan ta’sir etish.
3. Xarakat motivlarini o‘rganish.
4. Maqsadli kelishish va ziddiyatga birgalikda baho berish.
5. O‘z qarashlarini mustaqil ishlash, xal qiluvchi qaror chiqarish.
Xulosa qilib aytganda, pedagogik takt bu o‘qituvchining o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati, ularning oldida o‘zini ko‘rsata bilishixatti-xarakatlari, o‘zini tuta bilishini tushunamiz.
Har qanday mehnatning muvaffaqiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mehnatni uyushtirishga ta'sir etadigan shart-sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yo'llariga bog’liq. Demak, o'qituvchi mehnatining samarasi ham o'qituvchi o'z ishini qanday tashkil etishiga hamda bunga ta'sir etadigan shart-sharoitlar qandayligiga bog’liq. Xar qanday mehnatni bajaruvchi shaxs o'qituvchi ham o'z ishini tashkil etishda o'ziga ma'qul bo'ladigan, o'zi yaxshi egallagan mahorat bilan bajara oladigan uslublarni tanlaydi. Biz ilmiy texnika taraqqiyoti davrida yashamoqdamiz. Demak, o'z ishimizni tashkil etishda ham fan-texnika yutuqlariga asoslanishimiz kerak bo'ladi. Xususan, o'qituvchi ham o'z mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi lozimdir.
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni boshqarish uchun pedagogika va psixologiya fanining eng so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda o'z ishini ijodiy tashkil etib yangiliklar yaratish tushuniladi. O’qituvchi mehnati uning vakti bilan bog’liq. Ishning muvaffaqiyati vaqtdan unumli foydalalish, o’zining imkonmntlarini to'la hisobga olish, o'quv qa tarbiya jarayonida o'zini namoyish etish va o'zining kimligini, qanday ekanini, nimalarga qodir ekanini tasdiqlash bilan bog’liq.
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish birinchi navbatda o’zining ijodiy imkoniyatlariga ishonish demakdir. O’qituvchi ta'lim jarayonini to'la tasavvur etishi kerak, uning mexanizmini, qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlarini yaxshi anglashi kerak.
Mehnat shaxsning bir maqsadga yo'naltirilgan ijtimoiy-foydali faoliyati bo’lib, u aqliy, jismoiiy kuch, zo'r g’ayratni talab etadi.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish tamoyillari:
1. Rejalashtirish.
2. Tashkil etish
3. Boshqarish.
4. Nazorat qilish.
O’qituvchi mehnati - ijodiy kasblar turiga kiradi. Chunki shu mehnat orqali har tomonlama etuk bo'lgan komil insonni tarbiyalaydi.
Pedagogik mehnat predmeti – tirik shaxs.
Pedagogik mehnat maqsadi - har tomonlama etuk bo'lgan komil insonni tarbiyalash.
Pedagogik mehnat natajasi o'quachilarning musgaqil ishlay olishi, darslarda o'z fikrini bildira olishi, isbotlay olishi, taxlil qila olishidir.
Pedagogik mehnatning mohiyati, o’ziga xosligi shundaki:
a) ikki tomonlama ta'sir etishi;
b) faqat bir o'quvchi bilan emas, jamoa bilan ishlashi;
v) o'quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyatidir.
Mehatni ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi 3 ta konkret belgilar namoyon bo'ladi:
1. Vaqtdan imkon qadar samarali foydalanish;
2. Mehnat va dam olish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan samarali foydalanish, uni tashkil etish;
8. Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda mehnat qilish uchun sog’lig’i va har tomonlama g’amxo'rlik qilish.
Qonuniyat va tamoyillarning bajarilishi o'qituvchi mehnatining yo'nalishiga bog’liq:
1. Ish tajribasi.
2. O'rganish va tushuntirish tajribasi.
3. Ishlash uchun sharoitning yaratilishi va ish joyining jihozi.

Yüklə 26,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin