5-Mavzu
:
Nuklein kislotalar strukturasi.
REJA:
1.
DNK strukturasi
a)
Chargaff qoidasi
b)
DNK ning birlamchi strukturasi
c)
DNKning ikkilamchi strukturasi
Tayanch so’zlar:
ribonuklein kislota,
dezoksiribonuklein kislota, ATP,
mitoxondriya,
xloroplast,
molekulyar massa,
sitoplazma,
ribosoma, virus,
bakteriya
DNKning tuzilishi.
Barcha tirik organizmlarda (virus va bakteriyalardan tashqari)
DNK hujayra yadrosida joylashgan. Sitoplazmada (mitoxondriya va xloroplastlarda)
ozroq
miqdorda uchraydi. DNK molekulasida azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin, timin, uglevod
komponentlaridan dezoksiriboza va fosfat kislota bo’ladi. Hujayra
tarkibidagi DNK miqdori
xromosomalar soniga bog`liq. DNKning molekulyar massasi juda katta bo’lib, bir necha o’n
milliondan yuz milliongacha etadi.
DNK tarkibidagi nukleotidlarning o’zaro munosabati ma`lum qonuniyatlarga bo’ysunadi.
Bu qonuniyatlarni Chargaff (AQSH) aniqlagan bo’lib, Chargaff qoidasi deb ataladi.
1. Adeninning molyar miqdori timinning molyar miqdoriga teng yoki ularning nisbati 1
ga teng:
A=T
yoki
Т
А
= 1
2. DNK tarkibidagi guaninning molyar miqdori sitozinning molyar miqdoriga teng yoki
ularning nisbati 1 ga teng:
G=S
yoki
S
G
=1
3. DNK dagi purin asoslari yig`indisi pirimidin asoslari yig`indisiga teng:
A+G=T+S
yoki
S
Т
А
G
=1
4. Purin va pirimidin asoslarining oltinchi uglerod atomidagi amin va keto guruhlari bir-
biriga teng.