2-MA’RUZA: MIKROORGANIZMLARNING HUJAYRA TUZILISHI (2 soat)
Reja:
Bakteriyalar hujayra tuzilishi.
Bakteriyalarning sporalari va ularning hosil bo‘lishi.
Tayanch iboralar: Bakteriya hujayrasi, kapsula, xivchin, fimbriy, pili sitoplazma, nukleoid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar, bakteriyalar sporalari.
Bakteriyalarning tuzilishi
Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Elektron mikroskopning yaratilishi, o‘ta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi, mikrobiologiya usullarini rivojlanishi bakteriya hujayrasining tashqi va ichki qurilmalarini o‘rganishga katta imkon yaratdi. Bakteriya hujayrasining sxematik ko‘rinishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tashqi tomondan kapsula, xivchin, fimbriy, pili; ichki qismida: sitoplazma, nukleoid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar (zaxira moddalar), ba’zi bakteriyalarda sporalar mavjud (1 - rasm).
1 - rasm. Prokariotlar hujayrasining sxematik ko‘rinishi:
A. Hujayrausti strukturalari: 3 - kapsula; hujayra tarkibiy qismlari: 1 -hujayra devori; 2 - shilliq qavat; 4 - po‘st; 5 - xivchinlar; 6- fimbriylar.
B.Sitoplazmatik hujayra strukturalari: 7-sitoplazmatik membrana(SPM); 8- nukleoid;9-ribosomalar;10-sitoplazma;11-xromatoforlar;12-xlorosomalar;13-tilakoid plastinkalari;14-fikobilisomlar;15-naysimon tilakoidlar;16-mezosoma;17- aerosomalar (havo vakuolalari); 18 - lamellalar. V.Zaxira moddalar: 19- polisaxarid granulalar; poli- v-oksimoy kislota granulalari;21-polifosfat granulalari;22-sianofitsin granulalari; 23 – karboksisomalar (poliedr tanachalar); 24 – oltingugurt kiritmalari; 25 – yog tomchilari; 26 – uglerod granulalari (Shlegel,1972)
|
Kapsula. Bakteriyalarning ko‘plari kapsula bilan o‘ralgan. Ular shilimshiq moddadan iborat bo‘lib, mikro- va makrokapsuladan iborat bo‘ladi. Makrokapsulaning qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulaniki esa - 0.2 mkmdan kichik (2 - rasm).
Makro - va mikrokapsulaning ichki tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida esa eruvchan shilliq qavat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |