5-mavzu. Xristianlik dini. Reja



Yüklə 73 Kb.
səhifə1/8
tarix24.10.2023
ölçüsü73 Kb.
#160131
  1   2   3   4   5   6   7   8
5-MAVZU. XRISTIANLIK DINI.


5-MAVZU. XRISTIANLIK DINI.
Reja:

  1. Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy yo‘nalishlari, taʼlimotlari va manbalari.

  2. Katolitsizm va pravoslavlik dini yo‘nalishlarining o‘zaro farqli tomonlari.

  3. Protestantlik harakatining shakllanishi va rivojlanishi.

  4. Hozirgi davrda xristian dinining rivojlanishi va dunyo davlatlaridagi o‘rni. O‘zbekistonda xristian dinining rivojlanishi tarixi va hozirgi zamon.

Tayanch so’z va iboralar: Xristianlik, Xristos muso (Moisey) Katolitsizm, pravoslavlik, protestantlik, Eski Ahd, Yangi ahd, injil, «xoloskorlik». Vatikan, Ioanning «Vahiynomasi».


1-reja bayoni. Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy yo‘nalishlari,
taʼlimotlari va manbalari.
Xristianlik jahon dinlaridan biri bo'lib, eramiz I asrining 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko'p xudolik dinlari o'rniga qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakkaxudolik(monoteistik) shakldagi tarzda shakllangan. Demaq u dasavval demokratik xususiyatga ega bo'lgan. Shuning uchun tez, oson tarqalgan. Davrlar o'tishi bilan uning bu xususiyati kamayib, undan hukmron mafkura (ideologiya) sifatida foydalanishga harakat qilingan.
Xristianlik Falastin va O'rta Yer dengizi yahudiylari dinlari doirasida vujudga kelgan; o'nlab yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog'liq yoki uning siyosiy va madaniy ta'sirida bo'lgan xalqlar orasida tarqalgan. Yangi va eng yangi tarix davrlarida u mustamlakachilik siyosati va missionerlik natijasida Yevropadan tashqariga ham tarqalgan.
Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta'siri bo'lgan. Jumladan, misrliklarning Osiris va isida, eronliklarning Mitra, yahudiylikning Muso haqidagi rivoyatlari, oxirat to'g'risida hikoya qiluvchi har xil rivoyatlar ham xristianlik ta'limotiga kiritilgan.
Lekin shakllanayotgan xristian mafkurasi asosida birinchi galda iudaizm monoteizmining «Eski ahd» kitobiga kirgan barcha «muqaddas g'oyalar», ya'ni Yerni Xudo yaratganligi, o'simlik va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, insonning yaratilishi, uning tili, axloqi, huquqi, ohirat rohatlari haqtdagi g'oyalar katta rol o'ynagan. Xristos muso (Moisey) bilan tenglashtirilgan turli rivoyatlar ham aynan ifodasini topgan.
Shunday qilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan ko'pchilik elatlarning dinlari, rivoyatlari, arfodatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan kambag'allarning talablarini, «xoloskorlik» g'oyalarini o'ziga singdirgan din sifatida vujudga kelgan. Keyinchalik uning ijtimoiy, diniy strukturasi o'zgarishi bilan hukmron tabaqalar qo'lida mazlum xaqlarni ekspluatasiya qilishning g'oyaviy quroliga aylangan.
O'sha davrda jamiyatda yuzaga kelgan hukmron doiralar bilan mazlum xalqlar o'rtasidagi ziddiyatni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo'lgan xristianlikdagi diniy g'oyalarni hisobga olgan imperator Konstantin 324 yili bu dinni davlat dini deb e'lon qilgan. 325 yilda uning ko'rsatmasi bilan Nikey saborida xristianlarning 1 – yig'ini bo'lib o'tgan. Unda yepiskoplar va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlab, cherkov tashkilotini takomillashgan xolga keltirganlar.
Shundan buyon, davrlar utishi bilan xristianlik butun Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, afrika, Avstraliya kit'alariga yoyilgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo respublikalari hududlariga ham qisman yetib kelgan jahon dinidir.
Xristianlikning diniy ta'limoti. Xristianlikning muqaddas diniy yozuvi – Bibliyaning ikkinchi g'ismi – «Yangi ahd» bo'lib, u eramizning I-II asrlarda grek tilida yaratilgan.
Bibliyaning xristianlik paydo bo'lmasdan birmuncha oldin yaratilgan 1 - qismi «Eski ahd» deb atalib, u iudaizmning muqaddas yozuvi hisoblanadi. Bibliyaning ikkinchi qismi – «yangi ahd» deb atalib, u xristianlikning muqaddas yozuvi deb hisoblanadi.
«Yangi ahd» 27 kitob (bob) dan tashkil topgan. Uning tarkibiga 4 ta «Injil» (Yevangiliye, ya'ni Xushxabar), havoriylarning (Iso shogirdlari, xristianlikning dastlabki tartibotlari) amallari, 21 risola va Ioanning «Vahiynomasi» kiritilgan.
Xristianlikning ta'limoti boshqa jahon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o'zgarmas karomatni, bilimni, benihoya qudratning egasi bo'lgan yakka xudo haqidagi g'oyani o'zlashtirgan. Lekin ulardan (islom va iudaizmdan) farqi shundaki, u uch ko'rinishdagi yakka xudoni o'zida mujassamlashtirganlik aqidasini yaratgan. Uch ko'rinishdagi xudo haqidagi ta'limotga binoan, xudoning ichki hayoti sababi o'z-o'zidan mavjud bulgan uchlikdagi uch asos yoki «muqaddas uchlik» bo'lgan – ota-xudo, o'g'il-xudo va muqaddas ruhning o'zaro munosabatidir. O'g'il iso bayon qilingan tarjimai xoliga ko'ra ota-xudodan, muqaddas ruh ham ota-xudodan yaratilgan (pravoslav yunalishi ta'limoti), (katolisizmda esa ota-xudo va o'g'il-xudo ham xudodan tug'ilgan).
Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati – odam mohiyati, xudo mohiyati haqida, «gunohni yuvish», ya'ni «Isoning o'zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi» haqidagi ta'limot bilan mustahkamlangan. Xristianlik muqaddas ruh – ota xudo bola xudo va muqaddas ruh – uch yuzli xudo to'g'risidagi ta'limoti, targ'iboti, tashkilotchiligi, jannat va do'zah oxirat ya'ni dunyoning oxiri borligi, Isoning qayta tirilishi haqidagi va boshqa aqidalarni o'z ichiga olgan. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo'lib o'tgan 11 jahon yig'ilishida cho'qinish va tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilingan.
Ota xudo tabiat, odam va farishtalarni yaratgan, deb hisoblanadi. Xudoning gavdalanishi aqidasiga ko'ra, Iso xudoligicha qolgan xolda Mariya ismli qizdan tug'ilgan odam ham bo'lib qolgan. Butga parchinlangan xudo Iso tortgan azoblari va o'limi bilan o'zini odamlarning gunohlari uchun ota xudoga qurbon qilgan va shu bilan gunohini yuvgan. Ushbu aqidaga ko'ra, Iso odamzodga gunohlardan xalos bo'lish yulini ko'rsatib bergan. Isoning tirilishi ag'idasi kelgusida hamma odamlar tirilishining garovi, deb e'lon qilingan. U tirilgandan so'ng osmonga – ota xudo xuzuriga chiqqanligi, ya'ni osmonga chiqib tushishi (islomda me'roj) aqidasi bu dunyodagi hayot oxiratdagi mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, deb uqtiradi.
Xristianlikda iymon kaliamsi «yagona, muqaddas sobo va opostol cherkovi»ga ishonishni, cho'qintirish zarurligini tan olishni, qiyomatda o'liklarning tirilishiga, shundan so'ng savob egalariga mangu rohat-farog'at ko'rish, gunohkorlarga doimiy azob-uqubat tortish davri kelishiga ishonishni buyuradi.
Diniy g'oyalar tarkib topishi bilan bir qatorda xristian ibodat marosimlari ham shakllanib borgan. Xristian marosimchilining eng muhim elementlari sirli ibodat (tainstvo) deb yuritiladi. Bular qatoriga cho'qintirish (suvga sho'ng'itib olish), miropomozaniye (cho'qintirilgan kimsaga xushbo'y qatron-miropa surtilgach, «muqaddas ruh»ning huzur-halovati unga o'tishi); yevxaristiya yoki prichisheniye (non va vinoni Isoning tanasi va qoni deb tasavvur etgan holda iste'mol qilish), tavba qilish(dindorning ruhoniy vositasida xudodan kechirim so'rashi va o'z gunohlarini unga aytib berishi), nikoh, ruhoniylikka fotixa berish, soborlashtirish, ya'ni bemoni muqaddaslashtirilgan zaytun moyi – yelega bo'yash kabilar kiradi. Xristianlikning bosh ibodati liturgiya (obednya, messa) bo'lib, u har xil afsungarliklar, mo'zika chalish, ashula aytish, «muqaddas» yozuvlarni o'qish, qad bukib ta'zim bajo keltirish, sham va chiroqlarni yondirish, xushbo'y narsalarni chekish bilan qo'shib olib boriladigan diniy amallardan biri. «Muqaddas uchlik»ning har birini, Bibi maryamni ulug'lash «xudoga xush kelgan avliyolarga», xudo yarlaqaganlarga ham sig'inishni keltirib chiqargan. Xristianlikda butga cho'qinish ham muhim o'rinni egallaydi. Unda pasxa (Isoning tirilishi), tariqa (yoki pyatidesyatnisa), rojdestvo (Isoning tug'ilishi) va boshqa bayramlarga katta o'rin berilgan.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin