8- mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi reja



Yüklə 399,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.06.2023
ölçüsü399,63 Kb.
#134072
  1   2   3   4   5   6   7   8
9.2-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot




8- MAVZU. DAVLAT BUDJETI, SOLIQLAR VA DAVLAT QARZI 
 
Reja: 
8.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari. 
8.2. Davlat budjeti xarajatlari. 
8.3. Soliqlarning turlari va funksiyalari. 
8.4. Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi. Soliq yuki. 
8.5. 
O‘zbekiston Respublikasida soliq islohotlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari.
 
8.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari. 
Davlat o‗z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat 
budjetiga tayanadi. 
Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‗lib 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda muhim rol o‗ynaydi. 
Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‗lib, bu qismlarni 
sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. 
Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo‗lmagan tushumlar hisobiga 
shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb 
qaraladi. 
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang 
investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va 
sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.
Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‗lovlari) ko‗paytirish 
yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga 
solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, 
YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni 
ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‗rsatish, baholar 
ustidan nazorat o‗rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‗rnatish 
va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-
tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko‗rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va 
subsidiya shakllarida olib boriladi. 
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‗rinishidagi yordam turi bo‗lib, budjet va 
budjetdan tashqari fondlardan ko‗rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‗lishi 
mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo‗yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni 
qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‗lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq 
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va 
boshqalar kiradi. 
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‗rinishida himoya qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‗p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi 
davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‗i to‗laydi,
korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‗laydilar. Shu kabi juda ko‗p 
mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq 



siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan 
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko‗rsatadi. Soliqlarni o‗zgartirish orqali 
investitsiyalar va jamg‗armalar rag‗batlantiriladi. 
Davlat budjeti mablag‗lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta 
taqsimlash funnksiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 399,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin