O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIM VAZIRLIGI
Ajiniyоz nomidagi
Nukus davlat pedagogika instituti
O'ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
"ADABIYОTShUNOSLIK ASOSLARI" fanidan
M A ' R U Z A L A R M A T N I
Lektor: K.Qurambayev
Nukus - 2011
ADABIYOTSHUNOSLIKNING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI.
REJA:
1. Adabiyotshunoslikning ob’ekti va predmeti.
2. Kursning maqsad va vazifalari.
3. Tarkibiy qismlari.
4. Yordamchi sohalari.
Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot to`g`risidagi fandir. «Adabiyotshunoslik»
atamasi «adabiyot» hamda «shinostan» so`zlaridan tarkib topgan bo`lib, «adabiyotni
o`rganmoq, o`rgatmoq» ma’nolarini anglatadi.
Umuman, «adabiyot» so`zi arabcha «adab» so`zidan olingan bo`lib, ilk
bosqichlarda ushbu so`z
yaxshi xulq, yaxshi tarbiya, yurish-turish ma’nosida
qo`llanilgan. X11 asrdan bu so`z poeziya, uni o`rganuvchi
grammatika, ritorika
kabilarni anglatgan. XIX asr oxirlariga kelibgina ushbu atama san’atning
bir sohasi
bo`lgan badiiy adabiyotni anglatadigan bo`lib qoldi.
Darhaqiqat, adabiyotshunoslik fani badiiy adabiyotni,
uning mohiyatini, kelib
chiqishi va ijtimoiy aloqalarini o`rganuvchi fandir.
Adabiyotshunoslik - badiiy so`z san’atining o`ziga
xos xususiyatlari, badiiy
ijodning zamini, tuzilishni o`rganuvchi fandir.
Adabiyotshunoslik fani tarixiy-adabiy jarayonning ma’lum davr yoki joyga xos
bo`lgan hamda umumiy qonuniyatlari to`g`risidagi fandir.
Adabiyotshunoslik o`z ichiga badiiy so`z san’atining barcha sohalarini qamrab
oladi. Adabiyotshunoslik talabalarga badiiy adabiyot to`g`risidagi
dastlabki
ma’lumotlar berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Mazkur kursda adabiyot
nazariyasining qoidalari bilan tanishtiriladi.
Bundan maqsad, talabalarda badiiy
adabiyotni tushunish, uni ilmiy o`rganish va baholay olish malakasini orttirishdir.
Adabiyotshunoslik atamasi 1842 yilda Olmoniyada paydo bo`ldi.
Atama
keyinchalik Rossiyaga o`tgan (literaturovedenie).
Adabiyotshunoslikning ob’yekti - muayyan tarixiy Sharoit bilan bog`liq
ravishda
olinadigan
adabiy
mahsulot
va
uning
yaratilish
jarayonidir.
Adabiyotshunoslikning predmeti - badiiy adabiyotdir.