Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash



Yüklə 14,29 Mb.
səhifə1/11
tarix14.12.2023
ölçüsü14,29 Mb.
#176791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IL2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYAA VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
MUT va T” kafedrasi
ALOQA TIZIMLARINI MODELLASHTIRISH VA SIMULYATSIYALASH” fanidan
INDIVIDUAL LOYIHA 2”

O‘qituvchi: Abdullayev Mirjamol
Mirkamilovich


Bajardi: 412-20 guruh talabasi
Abduxakimova Saida



Mundarija









Kirish……………………………………………………………….

4





Asosiy nazariy ma’lumot…………………………………………..

5





Kurs ishini bajarish uchun vazifa…………………………………..

17





Ma’lumot uzatish tarmog‘ini analitik modellashtirish……………..

18




3.1.

Ommaviy hizmat ko‘rsatish tarmog‘I topologiyasi va balans tenglamasi………………………………………………………….

18





3.2.

Hisoblash uchun formulalar, tugunlarning uzatish koeffitsienti

21




3.3.

Analitik modellashtirish. Bir kanalli, xotirasi cheksiz ommaviy hizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi har bir tugunda bajarilgan analitik hisob – kitoblar…………………………………………….

22




3.4.

Ommaviy hizmat ko‘rsatish tarmog‘ini analitik modellashtirish

26





Ma’lumot uzatish tarmog‘ini imitatsion modellashtirish…………..

28




4.1.

Bir kanalli, xotirasi cheksiz ommaviy hizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi har bir tugunni AnyLogic dasturi yordamida imitatsion modellashtirish………….………………………………

28




4.2.

Ommaviy hizmat ko‘rsatish tarmog‘ini AnyLogic dasturi yordamida imitatsion modellashtirish………...……………………

52





4.3.

Bir kanalli, xotirasi cheksiz ommaviy hizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi har bir tugunni GPSS dasturi yordamida imitatsion modellashtirish..................................................................................

58




4.4.

Ommaviy hizmat ko‘rsatish tarmog‘ini GPSS World dasturi yordamida imitatsion modellashtirish……………………………...

69





4.5.

Kurs ishi bo‘yicha talabalar uchun vazifa variantlari……………...

78







Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………

106



KIRISH

Hozirgi paytda mutaxassislar tayyorlashning sifatini oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Shuni aytish kerakki, kelajakdagi oliy o‘quv yurtlaridagi mutaxassislar o‘zlarining professional faoliyatidagi tasavvur va tushunchalarini amaliy masalalar yechishda qo‘llashi, masalalarni ko‘zlagan maqsadda ko‘rishi va tadbiq qilishi, hamda yangi bilimlarni qo‘lga kiritishi lozim.


Aloqa tizimlarini turli axborotlarga ishlov berish, uzatish, qabul qilish va boshqarish tizimlarining yig‘indisi tashkil etadi. Aloqa tizimlarining asosiy vazifasi o‘rnatilgan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlangan holda ma’lumotlarni ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berishdan iborat. Ushbu vazifani yechish uchun signallarga ishlov berishning manipulyatsiya usullari, shovqinbordosh kodlar, ma’lumotlarni uzatish va marshrutlash protokollari, xamda boshqaruv tizimlari qo‘llaniladi. Aloqa tizimlarini loyihalashda modellashtirish va simulyatsiya jarayonlarining o‘rni kattadir. Ushbu jarayonlarda aloqa tizimlarining optimal fizik va funksional strukturalari aniqlanadi.
“Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash” fanidan kurs ishini bajarish jarayonida talaba aloqa tizimining modellarini tavsiflari va ularni baholash yo‘llarini, aloqa tizimlarini asosiy uzatish usullarini modellarini, modellashtirish natijasini tahlil qilishni asosiy usullarini o‘rganadi. Bular bilan bir qatorda talaba model turlari, analitik va imitatsion modellashtirish, modellashtirish masalalari, aloqa tizimlarni analiz va sintez etish masalalari, aloqa tizimlarining xarakteristikalarini optimallash ko‘nikmalari, aloqa tizimlarini maxsus dasturiy ta’minotlar yordamida imitatsion modellashtirish, imitatsion modellashtirish natijalariga ishlov berish hamda aloqa tizimlarini matematik va imitatsion loyihalash malakalariga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiyalash, ma’lumotlar uzatish tarmoq ishonchliligini, o‘tkazish qobiliyatini oshirishni, foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan hizmatlar sifatini oshirishni, elektron hujjat almashinuvini rivojlantirish, aloqa tizimlarida modellashtirish usullarini qo‘llash, natijalarni tahlil qilish usullarini qo‘llash, ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan tizimlarni tahlil qilish, ularni ma’lumotlarni uzatishda samarali ishlatish, optimal ko‘rsatkichlarini belgilashda aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash jarayoni muhim rol o‘ynaydi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni jamlagan holda kurs ishi aloqa tizimlarini analitik va imitatsion modellashtirish kabi amaliy usullardan foydalanishda talabalarni bu sohada bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirishni maqsad qiladi.


  1. Yüklə 14,29 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin