Amaliyot hisoboti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/11
tarix19.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#185825
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Amaliyot hisoboti (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent Davlat IQTISODIYOT Universiteti


AMALIYOT HISOBOTI
Talaba: MEK-74 guruh talabasi


Jonkobilov Sirojiddin
Amaliyot rahbari: Bo’ronova Shahnoza


Toshkent-2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………….................. 3
1. “ASIA POSUDA” MCHJNING BALANS KO’RSATKICHLARINI TAHLILI ASOSIDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASH ………………………………………………..5
2. KORXONANING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASH BO’YICHA INNOVATSION YONDOSHUVLAR........................................................................ 8
3. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va uni yuritish usullari........................... 18
4. Tovar-moddiy zaxiralari harakatini hujjatlashtirish va ularning ombordagi hisobi........................................................................................................................ 25
5. Bo’limlarning vazifalari..................................................................... 30
6. “ASIA POSUDA” MCHJ da amaliyot o’tagan Jonkobilov Sirojiddinning amaliyotdagi bilim va ko’nikmalar…………………………………………………39
7. Xulosa.......................................................................................43
Фойдаланилган адабиётлар ва интернет сайтлар……………………………. 46

KIRISH
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish sharoitida xususiy korxonalar kengaytirish va samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu holatni xisobga olgan holda, korxonalarda modernizatsiyalash, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobini shakllantirishning tashkiliy, uslubiy, va texnik jixatlarining takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarida keng doiradagi isloxotlarni amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunga kelib esa islox qilinishi kerak bo’lgan yana bir dolzarb masalalardan biri bu xo’jalik yurituvchi subьektlarning faoliyatini yanada takomillashtirish masalasidir.
Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlarning natijasi deyish mumkin. Bu o’zgarishlarni nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohada balki xayotimizning barcha jabhalarida ko’rish mumkin. Ana shu qatorda biz, iqtisodiy isloxotlarga va ular ta’siridagi o’zgarishlarga alohida ahamiyat qaratishni lozim topdik.
Ayni payitda jahonda haligacha inqiroz holati hukmronlik qilmoqda. SHunga qaramay O’zbekiston sharoitida inqiroz holati ancha yumshoq kechmoqda. Bunday yutuqlarni asosiy sababi sifatida, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiya siyosatini keltirishimiz mumkin.
Xujalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’rni va shundan kelib chikib ularni buxgalteriya xisobini tashkil etilishini takomillashtirib borish masalalari bu boradagi aloxida axamiyatni talab etadigan jixatlardir. CHunki, ushbu xarajatlarni moliyaviy natijaga bevosita ta’siri mavjudki, raqobatga asoslangan bozor iktisodiyoti sharoitida imkoniyat darajasida kamaytirish yullarini topish, uni amaliyotda qullash korxonalarning iktisodiy rivojlanishini ta’minlash omillaridan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirish va mulkiy munosabatlarni erkinlashtirish asosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish jarayoni esa, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash ustuvor vazifalardan biri sifatida tanlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz buxgalteriya hisobi sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davrida shakllanganligi va davlatning mulkiy hukmronligi tufayli uning saqlanib qolayotgan ayrim elementlarini metodologik jihatdan qayta ko’rib chiqish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Bozor sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aktivlarni iqtisodiy naf keltiruvchi resurs sifatida e’tirof etish, zarur bo’lgan holda, ular tomonidan aktivlarni sotib olishda yoki shakllantirishda iqtisodiy nafni o’rganish va uning ob’ektivligini baholash asosiy maqsad sifatida qo’yilmagan. Buning oqibatida aktivlardan foydalanish samaradorligi pasayib ketishi kuzatilmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish sharoitida xususiy korxonalarni kengaytirish va samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.

ASIA POSUDA” MCHJ NING BALANS KO’RSATKICHLARINI TAHLILI ASOSIDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASH


Sanoat korxonalarida tahlil natijalarini puxta o’rganish va korxonaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora tadbirlarini ko’rish bozor iqtisodiyoti sharoitida birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Korxonaning balans moddalarini o’rganib chiqib biz shuni aytishimiz mumkinki, har bir iqtisodiy bilimga ega shaxs bir qarashda korxonaning xisob-kitob siyosati to’g’ri tuzilganligi va uning barcha mablag’lari, korxonaning aylanma kapitali, rentabellik darajasi va likvidlik ko’rsatkichlari talab me’yorlari doirasida ekanligini o’qib olish mumkin.
Korxonaning moliyaviy barqarorligi deganda uning faoliyatini moliyaviy jixatdan uzluksiz bir maromda ta’minlab turishni tushunish kerak. Moliyaviy jihatdan ta’minlanish faqatgina moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish emas, balki uning juda ko’p qirralari, tamoyillari mavjuddir. CHunki xo’jalik faoliyatining uluksiz sodir bo’lib turishi uchun birgina moliyaviy resurslar yetarli emas. Bu resurslarning ta’minlanishi uchun boshqa moddiy, mehnat kabi bir qancha resurslarning ham yetarli bo’lishi lozim. CHunki ishlab chiqarish omillari bir-birini to’ldiradi va ishlab chiqarishni to’xtovsiz davom etishi uchun barchasi birdek zarurdir. SHu tufali moliyaviy barqarorlikni baholash uchun tahlil jarayonida bir qancha ko’rsatkichlar tizimidan foydalanilganligi bejiz emas.
Korxona moliyaviy barqarorligini mustahkamlash juda ko’p omillarga bog’liq. Bunga eng avvalo, korxona xususiy kapitalining ko’payishi hamda undan samarali foydalanishni kiritish mumkin. Xususiy kapitali miqdori esa jamiyatning balans ma’lumotlariga ko’ra yildan-yilga oshib bormoqda.
Korxona xususiy kapitalining ko’payishini birinchi marta ta’sischilarning hisobidan tashkil topgan Nizom jamg’armasi orqali ta’minlansa, keyinchalik korxona faoliyati davomida olingan foydadan ajratmalar evaziga oshirib boriladi. SHu sababli xususiy kapitalni ko’paytirish uchun eng avvalo, korxona foydasini yanada ko’paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Korxonaning foydasi har qanday xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasi bo’lib qolmasdan, balki samarali faoliyat natijasidir.
Ishlab chiqarish texnologiyalarining kundan kun taraqqiy etayotganligi, fan texnika taraqqiyoti jadallashayotganligi korxona asosiy vositalarni juda tez ma’naviy eskirib qolishiga sabab bo’ladi. Bu esa o’z navbatida asosiy vositalarning amortizatsiya qiymatlarini shakllantirish maqsadida uning amortizatsiyasi me’yorining foizlarini oshirishni talab qiladi. Provad natijada esa asosiy vositalarning foydali xizmat muddatlari qisqaradi va ularni o’z vaqtida yangilash, ilg’or texnologiyalarni uzluksiz ravishda joriy qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish talab etiladi. Bu o’z navbatida korxonaning ravobatchilari oldida yaqqol ustunlikka erishishini ta’minlaydi hamda unga keladigan pul oqimi miqdorini oshiradi.
Moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashning yana bir asosiy yo’nalishlaridan biri korxona debitor va kreditor qarzlari miqdorining ko’paymaslik chorasini ko’rishdir. Hozirgi paytda juda ko’p firmalar va korxonalar moliyaviy jihatdan barqaror emas. Bunday ishonchsiz sub’ektlar bilan iqtisodiy munosabatda bo’lish ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bunday korxonalarga tovar berish, pul o’tkazish aylanma mablag’larni to’lovga noqobil mablag’lar qatoriga qo’shish bilan barobar. SHu sababli, bunday xo’jalik operatsiyalaridan oldin hamkor sub’ektlar moliyaviy xo’jalik faoliyatini ham chuqur o’rganish zarur.
Moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashda chetdan jalb qilingan mablag’lar, xususan, bank kreditining ham roli katta. Korxonaning moliyaviy manbalari tarkibida chetdan jalb qilingan mablag’lar hissasi kamayib borishi lozim.
Bank krediti uchun to’lanadigan foiz to’lovlari korxona olishi kutilayotgan iqtisodiy nafni bevosita kamaytirishini inobatga olsak, har bir korxona imkoni boricha undan kam foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Korxonaning ishlab chiqarish xajmini orttirishi natijasida yuzaga kelgan qo’shimcha xarajatlar va ishlab chiqarishni orttirish maqsadida olingan kreditlar uchun to’lanadigan foiz xarajatlari jamlanmasi qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotlardan olingan marjinal foydadan kam bo’lsagina bank kreditlarini faoliyatga jalb etish tavsiya qilinadi. SHu tufayli moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun bank kreditidan foydalanish vaqtini hamda uning hajmini bilish zarur.
Moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotidan ko’rish mumkinki, u 2016 yil davomida ishlarni rejalashtirish jarayonida yillik dasturni o’z o’rnida bajarib kelmoqda. Buni korxonaning yil yakunidagi natijalariga qarab ko’rish mumkin. Oldingi yilgi kamchiliklarni o’rganish va ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish orqali korxona sof foyda bilan yilni tugatishi mumkin. Bu o’z navbatida korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Taxlil natijalarini puxta o’rganish va korxonaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rish esa korxonaning kelgusi yilda yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Korxonaning olib borilayotgan faoliyatini ijobiy baholash mumkin. Lekin shunga qaramasdan, korxonada barcha imkoniyatlarni ishga solish orqali korxona faoliyatini takomillashtirishga, yangi bosqichlarga ko’tarishga erishish mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bu bir martalik yoki mavsumiy ish emas. U doim e’tiborda turishi zarur bo’lgan keng qamrovli, ko’p qirrali iqtisodiy faoliyatdir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har bir korxonada moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun sof foyda miqdorini yanada ko’paytirish bo’yicha turli tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish zarur. Umuman olganda bu tadbirlar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin:

  • biror mahsulot turi yoki navini ishlab chiqarish bo’yicha monopol o’rinni egallashga (noyob mahsulotlar ishlab chiqarishga) erishish;

  • doimo o’zgarib turuvchi konyukturaga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangilab turish;

  • raqobatbardoshlik sharoitida tovarlarning sotila olishni ta’minlash maqsadida xaridorlarga turli xizmatlar ko’rsatish (tovar sotilgandan keyingi xizmatlar);

  • mahsulot ishlab chiqarish hajmini orttirish. Korxonada buning uchun to’la imkoniyat mavjud;

  • mahsulot sifat darajasini oshirish;

  • mavjud moddiy resurslardan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va ish maydonlaridan, ishchi kuchi va ish vaqtidan oqilona foydalanish asosida mahsulot tannarxini pasaytirish;

  • ishlab chiqarishni diversifakatsiyalash;

  • mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirish kabilarni o’z ichiga oladi.

Yuqoridagi takliflarni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaymiz. Bu o’z navbatida kelgusida korxonaning moliyaviy natijasini yanada ijobiy bo’lishi va yuqori foyda bilan ishlashiga, rentabellik ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishiga, pirovardida, korxonaning moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari o’sishiga sabab bo’ladi.

KORXONANING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASH BO’YICHA INNOVATSION YONDOSHUVLAR


O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, xorijiy mamlakatlarning sarmoyalarini jalb etish bilan bir qatorda faoliyat yuritayotgan korxonalar ham jahon hamjamiyatiga kirib bomoqda. Bu holat korxonalarda bozor munosabatlarining shakllanishi, xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalarini o’zlashtirish hamda orttirilgan tajribalar asosida faoliyatni tashkillab, korxonaning moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlarini mustahkamlashni nazarda tutadi.


Mamlakatimiz miqyosida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’tkaziladigan tahlil usullari bozor munosabatlariga ixtisoslashgan holda qo’llanishi lozim. Buning uchun xorijiy mamlakatlarning, xususan, Rossiya Federatsiyasining tajribasini sinchiklab o’rganish hamda undan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Rossiya Federatsiyasi iqtisodchi mutaxassislari moliyaviy tahlilni o’tkazish bo’yicha boy tajribaga ega. Rossiya amaliyotida moliyaviy tahlil quyidagi ikki bosqichda o’tkazilishi tavsiya etilgan:

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin