Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti



Yüklə 450,08 Kb.
səhifə1/13
tarix11.05.2023
ölçüsü450,08 Kb.
#111017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
G\'olibjon


OʿZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʿRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI


«Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar»
kafedrasi


«Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot» fanidan


Kurs ishi
Mavzu: Izokvanta izokosta chiziqlari. Ishlab chiqarish funksiyasi.


Bajardi: 2 – kurs 208-guruh «Buxgalteriya hisobi va audit» yoʿnalishi talabasi To’xtaraliyev G’olibjon.


Tekshirdi: ___________________________________________________
Himoya bahosi: _______________________
Andijon – 2022


Mundarija






Kirish………………………….

3-5






Asosiy qism……………………




1.

Izokvant va izokost: tushunchasi, xususiyatlari, qurilishi, iqtisodiy mohiyati.



6-12

2.

Izakosta chizig’i , uning ta’riflanishi.

13-16

3.

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi.

17-20

4.

Firmaning qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish
davrdagi faoliyati. Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish.

21-23




Xulosa…………………….

24-25




Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………

26




Ilovalar……………………….

27-38


Kirish.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish jarayoni eng muhim iqtisodiyotning qismlaridan biri hisoblanadi-ki, u jamiy-ki aholining ehtiyojini qondiruvchi vositalarini vujudga keltirish tizimi hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishiga baho berishda eng avvalo mamlakatdagi ishlab chiqarish darajasiga e’tibor beriladi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ham birinchi navbatda ishlab chiqarish hajmini oshirish chora-tadbirlari ko‘rishdan boshlanadi. Mamlakatda ishlab chiqarish hajmini oshirish asosida birinchidan, aholi ehtiyojlari qodiriladi. Ikkinchidan, aholi orasida ishsizlik darajasi pasayadi. Uchinchidan, aholi daromadlari oshadi hamda buning natijasida aholi faravonligi oshadi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib
borilmoqda. Buning asosi sifati mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi farmonida 1bu sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan:
 milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning
tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
ulushini ko‘paytirish;
 ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma
loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
 yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy
xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
 iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish
hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich
kamaytirish;
 prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu
asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini
ta’minlash;
 ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom
ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining
o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish
Yuqoridan ko‘rinib turibdi-ki, ishlab chiqarish hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida juda muhim soha hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ham joriy yil uchun mamlakatimiz iqtisodiyotida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatilib o‘tilgan:
 ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini
tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
 iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal
rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish;
 iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat
unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta'minlash;
 “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
 valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish;
 iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Ishlab chiqarish nazariyasi o‘rganish juda muhim hisoblandi. Chunki ishlab chiqarish xarajatlarinji minimallashtirish hamda ishlab chiqaruvchi muvozanatini tashkil etish ishlab chiqarish nazariyasi asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 450,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin