Antropologik va etnologik ma`lumotlarning o`lka tarixini o`rganishdagi ahamiyati



Yüklə 126 Kb.
səhifə1/7
tarix02.12.2022
ölçüsü126 Kb.
#71939
  1   2   3   4   5   6   7
ANTROPOLOGIYA VA ETNOGRAFIK FANINING TADQIQOT OBEKTLARI




ANTROPOLOGIYA VA ETNOGRAFIK FANINING TADQIQOT OBEKTLARI
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
I-BOB. ANTROPOLOGIYA VA ETNOLOGIYA FANLARI VA TADQIQOT OB`EKTLARI.
1.1. O`zbekistonning boshqa odam tarqalgan hudud ekanligi va Selung`ur, Teshiktosh, Samarqand topilmalari.
1.2. O`zbekiston hududida zamonaviy odamlarning paydo bo`lishi va voha bo`ylab tarqalishi.
II-BOB. O`RTA OSIYODAGI ETNIK GURUHLAR TO`G`RISIDAGI DASTLABKI YOZMA MA`LUMOTLAR.
2.1. O`rta Osiyoning rivojlangan feodalizm davrida etnik tarixi.
2.2. O`rta Osiyo hududida asosiy xalqlarning va etnik guruhlarning tarqalishi va tillari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. O`lkashunoslik fani ta'lim-tarbiyani turmush, ishlab chiqarish, yangi jamiyat qurish tajribasi bilan uzviy bog`liq holda o`rganadi. O`qitish jarayonida o`lka matеriallaridano`rinli foydalanish o`quvchilarning o`z o`lkasini, uning tarixini bilib olishga, chuqur bilim olishga, mustaqil ijod qilishga bo`lgan qiziqishini orttiradi va kеlgusi hayot yo`lini tanlab olishga yordam bеradi.Maktab o`lkashunosligi fanlar o`rtasidagi aloqani mustahkamlaydi hamda o`qituvchi zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. U dastur asosida, uz a'zolarining bilim darajasi hamda ijodiy kobiliyatlarini hisobga olgan holda tadqiqot o`tkazish ishining rеjasi va ish hajmi hamda uslubini ishlab chiqadi.
Odamning kelib chiqishi va rivojlanishi masalasi bilan antropologiya fani shug`ullanadi. Antropologiya uch asosiy bo`limga bo`lib o`rganiladi: 1) morfologiya; 2) antropogeniya yoki antropogenez; 3) irqshunoslik yoki etnik antropologiya. Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o`zgarishini o`rganadi; antropogeniya (antropogenez) odam jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyati, tili, shuningdek jamiyatning dastlabki rivojlanishi jarayonini o`rganadi; irqshunoslik irqlarning sinfiy tasnifi, irqlarning geografik jihatdan tarqalganligi, irqlarning shakllanish tarixi bilan shug`ullanadi.
Paleoantropologiya boshqa odam qoldiqlarini o`rganib, muayyan davrdagi odam-larning faziologik tiplari haqida tasavvur hosil qilishda, mazkur fiziologik tiplarning o`rgarishida turli ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning ta`siri masalalariga oydinlik kiritadi. Umuman olganda, bugungi kunda olimlar odamning paydo bo`lishini ilk paleolit davridan boshlab, so`nggi paleolitga kelib odamning antropologik va tarixiy rivojlanishi nihoyasiga yetib, zamonaviy qiyofadagi odamning (Homo Sapiens) qaror topishi bilan tugagan. Odamning paydo bo`lishi tarixiga qiziqish qadimdan, antik davrdan boshlanganligini ko`rish mumkin. Aristotel mazkur masalani yechishga harakat qilgan olimlardan biridir. Aynan “antropologiya” atamasini ham Aristotel ilk marta odamning kelib chiqishini o`rganuvchi fanga nisbatan ishlatgan.
Shu tariqa ilk marta hayvonot olamida odam o`ziga xos o`ringa ega bo`lib, “Homo sapiens” (aql-idrokli odam) atamasi paydo bo`lib, bugungi kunda ham fanda ilmiy termin sifatida ishlatib kelinmoqda.

Yüklə 126 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin