Bikr va nobikr aerodrom qoplamlarini konstruksiyasi va ularni loyihalash Reja



Yüklə 436 Kb.
səhifə1/6
tarix21.12.2022
ölçüsü436 Kb.
#76962
  1   2   3   4   5   6
aerodrom2


Bikr va nobikr aerodrom qoplamlarini konstruksiyasi va ularni loyihalash


Reja:
1. Qattiq bo‘lmagan qoplamalar konstruksiyalarni tanlash tamoyillari.
2. Qattiq bo‘lmagan qoplamalarni loyihalashda ularni tarkibi va havo kemalaridan to‘shadigan og‘irlikni jadalligini hisoblash.
3.Qattiq aerodrom qoplamalari uchun ishlatiladigan materiallar.


Qattiq bo‘lmagan qoplamalar konstruksiyalarni tanlash tamoyillari.
1. Aerodrom qoplamalari aerodromning qimmat qismi hisoblanadi. SHuning uchun aerodromlarda qattiq bo‘lmagan qoplamalar qurilishida mahalliy tosh materiallar va sanoatning qo‘shimcha maxsulotlaridan foydalanish imkoniyatini inobatga olish zarur. Bunda ularni qoplama qonstruksiyasida shunday joylashtirish kerakki, uning mustahkamligi va ko‘pga chidamliligi uni qurishda va saqlashda eng kam baho, mehnat xarajatlari va mexanik quvvat sarflarida ta’minlansin.
Tuzilmaviy qatlamlarni qoplamada joylashtirishda XK turganida, uchishi va qo‘nishida yuzaga keladigan vertikal va gorizontal kuchlanishlar chuqurlik bo‘yicha o‘chib borishi,shuningdek to‘shalgan gruntda harorat va namlikni o‘zgarib turshi mumkinligi hisobga olinishi lozim. SHuning uchun qoplama materiallarining mustahkamligi va sovuqqa bardoshliligi chuqurlik bo‘yicha kamayishi mumkin. Qoplamalarning suv o‘tkazuvchanligi chuqurlik bo‘yicha bir muncha ortishi kerak, chunki qoplama tasodifiy kirgan suv turib qolmasligi va muzlaganda uni buzilishiga sabab bo‘lmasligi kerak.
Zarur xollarda qoplama tuzilmasida suvni chetlatish uchun qo‘shimcha qatlamlar ko‘zda tutilshi kerak. Qoplamadagi tuzilmaviy qatlamlar juda katta bo‘lmasligi kerak, sabab qurilish ishlarini tashkil eti shva ish yurgizish qiyinlashadi.
Qoplamalarni loyihalashda grunt xususiyatlarini barqarorligini ta’minlovchi va ularga tabiiy va ekspluatatsion omillar ta’sirini kamaytirish tadbirlari ko‘zda tutilishi lozim: qoplamada maxsus suvdan himoyalovchi kappilyar suvlarni to‘shvchi yoki issiblik o‘tkazmaydigan qatlamlar qurish; yuza suvlarini chetlatishni ta’minlash va suv oqizish-drenaj tizimlarini qurish yo‘li bilan gruntli asosning suvli tartibini barqarorligini ta’minlash; bo‘sh gruntlarni ustivor gruntlar bilan qisman yoki to‘liq almashtirish; gruntni mustahkamlash. Aerodrom qoplamalarini loyihalashda bir nechta variantlar ishlab chiqilishi lozim, bulardan qurilish va ekspluatatsiya xarajatlari solishtirilib, oqilonasi tanlab olinadi.

  1. Qattiq bo‘lmagan aerodrom qoplamalarini mustahkamlikka hisoblash chegaraviy holat uslubi bo‘yicha amalga oshiriladi.Qoplamaning ishlash mexanizmi qatlamli elastik chiziqli-shakli o‘zgaruvchi yarim fazoviy model deb qaraladi. XK ni ko‘p sildirakli tayanchli otsirligini kuch ta’siri yakka sildirakdan tushadigan otsirlikni ekvivalent ta’siriga keltiriladi.

Asfalqtbeton qoplamalar hisobi ikki mezon bo‘yicha olib boriladi: butun tuzilmani chegaraviy nisbiy egilishga va asfalqtbetonni egilishdan cho‘zilishga. Egilishdagi cho‘zilishga mustahkamlikni tekshirish faqat asfalqtbetonli qatlamlar uchun, ya’ni qoplama yuzasini yaxlitligini ta’minlovchi qatlamlarda bajariladi.Botslovchilar bilan ishlov berilagn asos qatlamlari uchun bunday tekshirish bajarilmaydi.
Engillashtirilgan turdagi qoplamalar faqat bir mezon-chegaraviy nisbiy egilish bo‘yicha hisoblanadi.
Qattiq bo‘lmagan tuzilmalarning chegaraviy nisbiy egilish qiymati gruntli asosni siljishga chegaraviy qarshiligi bilan shartlangan,shuning uchun qattiq bo‘lmagan qoplamalar uchinchi mezon bo‘yicha alohida hisoblanmaydi.
Tuzilmani chegaraviy nisbiy egilish bo‘yicha mustahkamlik sharti

Bu yerda -qoplamani otsirlikdan hisobiy nisbiy egilishi;
-ish sharoiti koeffitsienti;
-chegaraviy nisbiy egilish.
Asfalqtbetonni egilishdan cho‘zilishga mustahkamlik sharti



Bu yerda - qaralayotgan qatlamda hisobiy otsirlikdan yuzaga keladiga egilishdagi eng katta cho‘zuvchi kuchlanish;
Rd –asfalqtbetonni egilishdan cho‘zilishga hisobiy qarshiligi.
Asfalqtbeton qatlamidagi egilishdan eng katta cho‘zuvchi kuchlanish nomogrammadan aniqlanadigan cho‘zilishdagi solishtirma cho‘zuvchi kuchlanish
va pnevmashinadagi bosim Ra ga botsliq, ya’ni



3.Qattiq bo‘lmagan aerodrom qoplamlari qalinligini hisoblashda zamonaviy XK tayanchi odatda bir nechta sildirakdan iborat ekanligi, ular bir biriga nisban juda yaqin masofada , ba’zida bir necha o‘n santimetrda joylashganini inobatga olish zarur. SHuning uchun bita sildirakka to‘tsri keladigan otsirlikka hisoblanayotganda qo‘ni sildiraklar ta’siriga tuzatma kiritiladi.
Haqiqiy ko‘p sildirakli tayanchdan tushadigan otsirlikni ekvivalent bir sildirakliga keltirish IKAO ga a’zo davlatlarda qo‘llaniladigan uslubda amalga oshiriladi.
Oldindan pnevmashinani ellipsoidli izi orasidagi eng kichik masofa hisoblanadi
a=at -2

Berilgan aeroportda foydalanilayotgan turli XK ta’sirining keltirilgan jadallik oqimi hisobiy XK ekvivalent ta’siriga keltiriladi





Yüklə 436 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin