«biologiya» kafеdrasi



Yüklə 331,34 Kb.
səhifə1/39
tarix24.10.2023
ölçüsü331,34 Kb.
#160571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
«biologiya» kafеdrasi-fayllar.org


«biologiya» kafеdrasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITЕTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI

«BIOLOGIYA» KAFЕDRASI



«TASDIQLAYMAN»
Urganch davlat universiteti
O’quv ishlari bo’yicha prorektori:
_____________dots. S. Xodjaniyazov
___._____.2022 yil

« EVOLYUTSIYA NAZARIYASI » FANIDAN
SEMINAR MASHG’ULOTLARI



Bilim sohasi:

100000- Gumanitar soha




Ta’lim sohalari:

140000-Tabiiy fanlar




Bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5140100-Biologiya (Umumiy biologiya)




S emestr


Mashg’ulotlar

2

Jami



Ma’ruza

30

30



Seminar

30

30



Mustaqil


60

60



Jami:

120

120





Urganch – 2022 y.
Mazkur o’quv mashg’uloti ishlanmasi Oliy va o’rta-maxsus, kasb-hunar ta`limi yo`nalishlari bo`yicha O`quv uslubiy birlashma faoliyatini Muvafiqlashtiruvchi Kengashining 2022 yil “__” _dagi “__” sonli bayoni bilan tasdiqlangan Evolyutsya nazariyasi fan dasturi asosida tayyorlangan.
«Biologiya» kafedrasining _­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­___________ 2022 yildagi yig`ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.

Tuzuvchilar: Bekchanova M.K UrDU “Biologiya” kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchi: Allaberganova Z.B UrDU “Biologiya” kafedrasi dotsenti
« Biologiya » kafedrasi mudiri: ____________ dots. Tajiyev Z.R
O’quv mashg’uloti ishlanmasi Tabiiy fanlar fakulteti Kengashining 2022 yil ____-_______dagi majlisida ko`rib chiqildi (Bayonnoma №1 ) va tasdiqlandi.

Kengash raisi : dots. X.Q.Polvonov
MUNDARIJA











I.


SEMINAR MASHG’ULOTLARI UCHUN MATERIALLAR




II.


MUSTAQIL TA’LIM MATERIALLARI




III.


GLOSSARIY




IV.


ILOVALAR




1.


FAN DASTURI




2.


FAN ISHCHI DASTURI




3.


KALENDAR REJA




4.


TEST SAVOLLARI




5.


UMUMIY SAVOLLAR




V .


REYTING BAHOLASH




VI .


O’QUV USLUBIY MAJMUANING ELEKTRON VARIANTI




SEMINAR MASHG’ULOTLARI

1-seminar mashg’uloti
Mavzu: Yerning geologik evolutsiyasi. Yerning tarixi va uni o`rganilish metodlari
Mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Yerning geologik evolutsiyasi to’g’risida bilimlar berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Organik olam evalutsiyasini isbotlashda tarixiy, dolzarblik prinsiplari asosli ekanligiga talabalarni ishontirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning bilimlarni kengaytirish va ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Jixozlar: Yerning geologik evolutsiyasiga oid rasmlar va multimediyani noutbuk, proyektor orqali ko’rsatish.
Mashg’ulotda foydalanadigan texnalogiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi, Klaster
Xususiy metodik daraja Hamkorlikda o’qitish texnalogiyasi ( ”arra”).
Mashg’ulotning borishi:
1.Tashkiliy qism. 2.Talabalarni mashg’ulot mavzusi. 3.Yangi mavzuni o’rganish.
Mavzu 4 qismga ajratiladi.
1. Yer taraqqiyotining astronomik bosqichi
2. Yer taraqqiyotining geologik bosqichi
3. Yer taraqqiyotining biologik bosqichi.
4. Yer taraqqiyotining antropogen bosqichi.
Ushbu qismlar bo’yicha talabalar 4 kichik guruhga bo’inadilar.
V. Yangi mavzu yuzasidan talabalar o’rtasida savol-javob uyushtirish.
VI. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ular tomonidan tuzilgan. Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi, Klaster orqali amalga oshiriladi.
VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
Mavzu mazmuni:Yerning paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi zamon nazariyalariga ko‘ra, Yer murakkab taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan kechirgan. So‘nggi yillardagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Yer taraqqiyotining astronomik, geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin.Astronomik bosqich 5–4,6 mlrd yillar oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Bundan 5 mlrd yil oldin koinotdagi disksimon gaz va chang massasining gravitatsion mexanik quyuqlashuvi oqibatida Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar singari Yer ham sharsimon shaklga ega bo‘lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga, uning ichki qismi asta-sekin qizib, moddalarning saralanishiga olib kelgan. Oqibatda Yerning turli qatlamlari hosil bo‘la boshlagan, vulqonlar harakatlanishi kuzatilgan.Vulqon va tektonik harakatlarning boshlanish paytidan Yerning geologik bosqichi boshlangan. Yer po‘sti yuzlab million yillar davomida doimiy ravishda o‘zgarib turgan, materiklar goh shakllanib, goh parchalangan. Materiklar doimiy harakatda bo‘lgan va ba’zida birlashib yirik materiklarni hosil qilgan. Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo‘lishi bilan Yer taraqqiyotiningbiologik bosqichi boshlangan. Yerda dastlabki odamlarning paydo bo‘lishi (3–1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan.Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivojlanish bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar. Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan. Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi.Tog‘ jinslarining yoshini aniqlashda paleontologik metod ham ishlatiladi. Bu metod hayvon va o‘simliklarning tog‘ jinslaridagi toshqotgan qoldiqlarini o‘rganishga asoslangan. Har qaysi davr uchun o‘ziga xos hayvon va o‘simliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud.Geologlar ko‘p yillik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, yer po‘stida qat lamlar yo‘nalishining umumiy ketma-ketligini aniqlaganlar. Keyinchalik bu stratigrafi ya shkalasi nomini oldi. Stratigrafik shkala geoxronologiya shkalasini tuzish uchun asos hisoblanadi.
  • Yerning geoxronologiyasi. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, odatda, radioaktiv element larning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. Olib borilgan hisoblarga ko‘ra, 1 kg uran har 1oo million yil ichida parchalanib, undan 985 g uran qoladi. 13 g qo‘rg‘oshin va 2 g geliy hosil bo‘ladi. Yerning turli qatlamlarida uchraydigan qo‘rg‘oshin va geliyning bir-biriga nisbatiga qarab, uning ge- ologik yoshi aniqlanadi. Radioaktiv usul natijalariga ko‘ra, yer taxminan bundan 4,7 mlrd yil ilgari paydo bo‘lgan.





Yüklə 331,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin