Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olayotganlar soni 200 ming nafardan ortdi



Yüklə 486,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.04.2023
ölçüsü486,2 Kb.
#94639
  1   2
Maqolaga sharx - Ibrohimov H



Bir million dasturchi‖ loyihasi doirasida ta‘lim olayotganlar soni 200 ming nafardan ortdi 
23.04.2021 
―Yangi O‘zbekiston‖ gazetasining 2021-yil 23-
aprel81-sonida ―Bir million dasturchi” loyihasi 
doirasida ta’lim olayotganlar soni 200 ming 
nafardan ortdi‖ nomli maqola chop etildi.
Mazkur maqolada yoshlar bandligini ta‘minlashda IT 
markazlari va ―Bir million dasturchi‖ loyihasining
samaradorligi, minglab startap g‘oyalar ustida ish 
olib borayotgan
"Bir million dasturchi‖ loyihasi doirasida ta‘lim olayotganlar soni 
200 ming nafardan ortdi 
23.04.2021 
Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olayotganlar soni 
200 ming nafardan ortdi 
Hududlarda 
IT 
parklar, 
axborot 
texnologiyalarini 
o‗qitishga 
ixtisoslashtirilgan maktablar hamda o‗quv markazlarining tashkil etilishi, 
startapg‗oyalarning ilgari surilishi aholi turmush tarzi va farovonligini oshirishga 
olib keladi, mahalliy rivojlanish darajasiga ijobiy ta‗sir qiladi. Shu bilan 
birga,yoshlarning o‗z ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishi, intellektual bilimini 
namoyon qilishi, tahliliy fikrlashi, iqtidori va ijtimoiy moslashuvi uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yoshlar bandligini ta‗minlashda IT markazlar va 
―Bir million dasturchi‖ loyihasi katta samara beryapti. 
Shu yilning 13-aprel kuni Prezidentimiz raisligida yoshlar bandligi va 
ularning bo‗sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‗yicha ilgari berilgan topshiriqlar 
ijrosi yuzasidan o‗tkazilgan video selektor yig‗ilishida ta‗kidlaganidek, bugungi 
kunda respublika bo‗yicha 120 ta IT markazni to‗rt mingga yaqin ―Yoshlar 
daftari‖ga kirganlar tamomlagan. Kelgusida biznes boshlashi uchun bunday yigit-


qizlar kompyuter bilan ta‗minlanadi. Buning uchun ―Bir million dasturchi‖ 
loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun kreditlar 
ajratiladi. Ularning foiz xarajatlari to‗liq byudjetdan qoplab beriladi. 
2019-yil 20-noyabrda davlatimiz rahbari yangi bosqich qurilishiga ramziy 
tamal toshi qo‗ygan va Toshkentda mamlakatimizdagi birinchi Dasturiy 
mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki ochilgandi. Shundan 
buyon o‗tgan davr mobaynida axborot texnologiyalari sohasida o‗nlab yangi 
loyihalar yo‗lga qo‗yildi. Yoshlarning sohaga oid qiziqish va intilishlarini 
rag‗batlantirish, aholining kompyuter savodxonligini oshirish borasida sezilarli 
qadamlar tashlandi. 
―Iqtisodiyotimiz barqarorligi, har bir sohaning sifati va samaradorligi, 
aholiga qulayliklar yaratish axborot texnologiyalari bilan bog‗liq.Shuning uchun 
bu sohaga yanada keng imkoniyat, zarur infratuzilma yaratish, mutaxassislarni har 
tomonlama rag‗batlantirish, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash kerak‖, degan edi 
Prezidentimiz. 
IT parklar esa mana shunday maqsadlarni o‗zida mujassam etib, o‗qish va 
istiqbolli loyihalar ustida ishlash, dasturiy mahsulotlar bozoriga chiqishga 
ko‗maklashish, sohaga ilg‗or yoshlarni keng jalb qilish, ularni yuksak salohiyatli 
qilib tarbiyalash uchun zamonaviy makon vazifasini o‗tayotir. 
Bug
ungi kunda 
buyerda minglab standartlar ustida ishlanyapti, millionlab dasturchilar 
tayyorlanyapti. Jumladan, ―Bir million dasturchi‖ (One million uzbek coders) 
loyihasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
va Birlashgan Arab Amirliklarining ―Dubai Future Foundation‖ jamg‗armasi 
tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Xalq ta‗limi vazirligi 
bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 
Mart oyining yakuniy holati bo‗yicha respublika miqyosida uzbekcoders.uz 
portali orqali ro‗yxatdan o‗tib, ―Bir million dasturchi‖ loyihasi doirasida ta‗lim 
olayotganlar soni 200 ming nafardan ziyodni tashkil etdi. Yaqinda ―Bir million 
dasturchi‖ loyihasi doirasida bitiruvchilar salmog‗i bo‗yicha yuqori natijalarni 
ko‗rsatgan Karmana tumanidagi 2-maktab hamda Qo‗ng‗irot tumanidagi 39-
maktabga O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‗asi — ―Spark‖ avtomobili 
topshirildi. Aytish joizki, dasturiy mahsulot va raqamli xizmatlarni taqdim etish 
uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularni ichki hamda tashqi bozorga olib chiqish, 
innovatsion 
ishlanmalarni 
rag‗batlantirish 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. Shu ma‗noda, 


O‗zbekiston Hindistonning axborot va texnologiya kompaniyalari bilan birgalikda 
dasturiy ta‗minotni ishlab chiqish, standartlarni jadallashtirish bo‗yicha qator 
loyihalarni yo‗lga qo‗ydi. 
Mamlakatimiz bo‗ylab besh tashabbus doirasida 120 ta raqamli 
texnologiyalar o‗quv markazi faoliyat boshladi. Hozir IT sohasi bo‗yicha uchta 
texnikum faoliyati yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, ularda yetti yuzga yaqin yigit-qiz 
ta‗lim olmoqda. Yangi o‗quv yiliga qadar qolgan hududlarda ham 11 ta texnikum 
tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ma‗lumotlarga ko‗ra, axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasi bo‗yicha mamlakatimizda yiliga o‗rtacha besh ming 
nafardan ortiq oliy ma‗lumotli kadr yetishib chiqadi. Shundan 3 ming 300 nafari 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hissasiga to‗g‗ri kelmoqda. O‗tgan 
yili Andijon, Farg‗ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki filiallari tashkil 
etildi. Ularda faoliyat yuritayotgan 440 dan ziyod rezident tomonidan mingga 
yaqin yangi ish o‗rni tashkil etildi. Ishlab chiqarilayotgan dasturiy mahsulot va 
xizmatlar hajmi bir trillion so‗mlikdan ortdi. 
Ayni paytda Toshkent shahridagi Dasturiy mahsulotlar va axborot 
texnologiyalari texnologik parki rezidentlarini ko‗paytirish va ularga yetarli 
imkoniyatlar yaratish vazirlik diqqat markazida turibdi. Shu maqsadda xorijdan 
jalb qilingan ekspert bilan hamkorlikda umumiy maydoni 408 ming kvadrat 
metrga teng hududda infratuzilma obyektlarini bunyod etish konsepsiyasi ishlab 
chiqilib, qurilish ishlari bajarilmoqda. Dasturiy mahsulotlar va axborot 
texnologiyalari texnologik parkida rezidentlarga moliyaviy, marketing, yuridik va 
boshqa konsalting xizmatlar ko‗rsatiladi. Ular uchun moliyaviy imtiyozlar ko‗zda 
tutilgan. 
Tadbirkorlar, kompaniya hamda tashkilotlar malakali xodim uchun yuqori 
maosh to‗lashga doimo tayyor. Respublikamizda bunday markazlar ochilayotgani 
ham bejiz emas. Bu har bir inson o‗qib o‗rganishi, IT dunyosiga qo‗shilishi 
uchun amalga oshirilmoqda. 
Shu qatori, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik 
parki tomonidan mobil robototexnika bo‗yicha milliy terma jamoa shakllantirish 
jarayoni boshlandi. Park filiallarida startap loyihalarni amalga oshirish, yoshlarni 
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga keng jalb qilish bo‗yicha tizimli ishlar 
bajarilmoqda.

Yüklə 486,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin