Bob. Ertak personajlarning bolalar tasavvurini oshirishdagi ahamiyati



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə2/22
tarix02.01.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#42740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

III.BOB. TAJRIBANI TASHKIL ETISH........................................................


1.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish...........................................................

XULOSA VA TAVSIYALAR …………………………………….................…


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.........................................

Ilovalar..................................................................................................................


Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. SHu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Hozirgi yoshlarning har jihatdan mukammal barkamol, keng dunyoqarashga, ijodiy tafakkurga, intellektual salohiyatga ega bo’lgan shaxslar qilib tarbiyalashimiz zarur. Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizning bilimdonligi, ma’naviy kamoloti, g’oyaviy yetukligi davrimizning dolzarb vazifalaridandir.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, -“SHuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashayditn komil insonlar etib voyaga etkazish ta’lim -tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak.Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi”1.

O’zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo’lib, avlodlarga insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik birodarlik, mehr-oqibat kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o’yin bilan o’tadi. O’yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi. O’yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. O’yin o’zoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o’ziga qaratib kelgan.


1 Karimov I.A. YUksak ma’naviyat-engilmas kuch.-T.: O‘zbekiston, 2008.- 61 b

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu ta'lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi”,2- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning eng asosiy va yetakchi faoliyatlaridan biri o‘yindir. etakchi faoliyat deb bolaning ayni shu yoshida tez – tez ko‘zga tashlanib turadigan xatti – harakatiga aytamiz.

Etakchi faoliyat shunday faoliyatki, bu faoliyat tufayli bolaning psixik jihatdan o‘sishida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, mana shunday asosiy faoliyat jarayonida bolaning barcha psixik prosesslari anchagina o‘sadi. O‘yin bola hayotida mana shunday asosiy faoliyatlardan biridir. O‘yin shu qadar universial, shu qadar ko‘p qirrali va qudratli faoliyatdirki, barcha yoshdagi bolalarni o‘yindan boshqa kamolga yetkazishni tasavvur etish qiyin.

O‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni bilish vositasi bo’libgina qolmay balki, qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli rolli o‘yinlarda maktabgacha yoshdagi bolalarni barcha psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mana shu nuqtai nazardan o‘yin maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlarini yo’lga qo’yishda markaziy o’rinda turadi.

O‘yin jarayonida maktabgacha yoshdagi bolaning barcha psixik jarayonlari tarkib topishida imkon bo’ladi. CHunki o‘yin faoliyati bolalarni diqqat va xotirasi, nutqi, hayoli, hissiyoti, mehnatga oid malakalari va qobiliyatlari namoyon bo’ladi.

Bularning hammasi bolalarning aqliy rivojlanishlariga va maktabda o‘qishlarining muvoffaqiyatli kechishi imkoni beradi, bu esa mavzuning dalzarb ekanligini belgilaydi.
2 O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» qonuni. T., 1997.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə