Buxgalteriya hisobi va audit Fanidan mustaqil ish



Yüklə 314,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü314,81 Kb.
#166292
  1   2   3   4   5   6
xususiy kapital to‘G‘risidagi hisobot reja Xususiy kap (2)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON 
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
 
 
 
Buxgalteriya hisobi va audit
Fanidan 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu:
XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT
BAJARDI: Uzoqov Shohjahon 
Jizzax_2023 


XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT
 
Reja: 
1. Xususiy kapital tarkibi 
2. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning uslubiy asoslari 
3. «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot»ni tuzish va to‘ldirish tartibi 
 
 
1. Xususiy kapital tarkibi 
Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aktsiyadorlashtirish 
jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka 
asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni salohiyatini ularni xususiy kapital 
ko‘rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga etarli darajada ega bo‘lmagan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt, faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga 
keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo‘ladi. Shuning uchun ham 
xususiy kapitalga ega bo‘lish, uni doimiy tarzda ko‘paytirib borish bozor iqtisodiyoti 
sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektni, shu jumladan aktsionerlik 
jamiyatlarini rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo‘lib hisoblanadi. 
«Xususiy kapital» yoki «kapital» tushunchasi iqtisodiy toifalar tarkibiga kirib, 
uning mazmunini mablag‘ qo‘yish, joylashtirish tashkil etadi. U daromad keltiruvchi 
manbadir.
 
Bozor munosabatlari bu atamaga yangicha yondoshishni talab qilmoqda. Bu 
esa korxonalarni, shu jumladan aktsiyadorlik jamiyatlarini, rivojlanishining muhim 
garovi va vositasi bo‘lgan xususiy kapital tushunchasining moxiyatiga to‘xtalishni 
taqozo qiladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari 
buxgalteriya hisobining ob’ekti bo‘lib, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini 
shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda 
aktsiyadorlik jamiyatlarida shu mulk shaklining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib 
chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo‘lgan ob’ektlar ham 
mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob’ektlaridan biri aktsiyadorlik 
jamiyatlarida mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli yordamida 
liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aktsiya chiqarish va uning muomalasi bilan 
bog‘liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog‘ozlar, daromad (foyda), 
dividend to‘lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi 


jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi aktsiyadorlik jamiyatlarida 
buxgalteriya hisobining o‘ziga xos bo‘lgan hisob ob’ektlardir. 
Ushbu ob’ektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim 
fundamental tamoyillaridan biri bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslanildi. 
Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi: 

Yüklə 314,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin