IJTIMOIY-Iqtisodiyot fakulteti
IQTISODIYOT KAFEDRASI
“Makroiqtisodiyot” fanidan
KURS ISHI Mavzu: Investisiyaga talab funksiyasi. Bank foiz stavkasi va kutilayotgan sof foyda normasi. Bajardi: Shamsiyev Diyorbek Abdurasul o'g'li Ilmiy rahbar: K.Raxmatov
Guliston – 2023
MUNDAREJA:
Kirish ……………………………………………………………………... 3 Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi. …………………....…... 3
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar.…...7
Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari…......…...…...…...…...11
Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi. …......…...….…...…...…...17
Xulosa………………………………………………………………………26
Foydalanilganadabiyotlar……………………………………………27
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Har bir mamlakat har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xarakatlami joriy etish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan maqsadi, aholi turmush darajasini oshirish, ulaming manfaatlarini ko‘zlash va oxir oqibat mamlakatda iqtisodiy o‘sishga erishishdir.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek: ―O‘tgan 2018-yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriyhuquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma‘lum, albatta‖1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat'iy nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi bo’lib yashashi - bizning bosh maqsadimizdir. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog’liq. Demak, aholining turmush darajasi jihatidan farqlanishini aniqlash maqsadida tirikchilik minimumi aniqlanadi. Tirikchilik minimumi-iste’mol savatiga asosan belgilanadi. Iste’mol savatini aniqlash uchun unga kiradigan eng zarur oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar guruhi belgilanadi hamda ularni jon boshiga iste’mol me’yori aniqlanadi.