Guliston davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisod fakulteti



Yüklə 109,18 Kb.
səhifə1/10
tarix19.02.2023
ölçüsü109,18 Kb.
#84969
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xudoynazarova Suxdiyona



Guliston davlat Universiteti
Ijtimoiy-iqtisod fakulteti
Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari kafedrasi
Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish fanidan Xudoynazarova Suxdiyona Alikul qizi

KURS ISHI
Mavzu: Integrativ va inklyuzif ta‘lim (qiyosiy tahlil)


Kurs ishi rahbari: Jabborov Jahongir

GULISTON-2022

MUNDARIJA:
KIRISH....................................................................................................................2
I.BOB. TA’LIMNING XOZIRGI ZAMON NOANANAVIY VA INTEGRATIV USULLARINI NAZARIY ASOSLARI…….………….….12-28
1.1. Ilg’or pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribalar…….......….12-28
1.2. Xozirgi zamon noan’anaviy ta’limi……………………………….......…..28-32
II.BOB. MAKTAB GEOGRAFIYA DARSLARIDA NOANANAVIY VA INTERFAOL USULLARIDAN FOYDALANISHNING USLUBIY ASOSLARI …………………………………………………………….…….32-38
2.1.Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish. Geografiya darslarida test texnalogiyasi……………………………………………………………...........32-38
2.2. Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish..……………..............38-60
XULOSA………………………………………………………………….......60-66
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………......... 66
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi; Ma’lumki, har bir millat tarix va zamon voqealarining faol ishtirokchisiga aylanar ekan, uning jahon tsivilizatsiyasi yoki mamlakatdagi mavqei va obro’– e’tibori doimo shu millatning salohiyati- aqliy, ma’naviy potentsialiga bog’liq bo’lib qoladi. Shuning uchun ham, mamlakat kelajagi uning ta’lim tizimining rivojlanganligi darajasi bilan belgilanadi.
“Tarbiyasi og’ir” bolalar bilam tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni o’tkazish jarayonida ularni ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatlarga tayanib, u tashkil etilayotgan mintaqaning xususiyatlarini hisobga olish lozim. Albatta, yuqorida sanab o’tilgan talablar umumiydir, ammo “tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlayotgan vaqtda ularga psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish uchun bir qator uslub va amallardan foydalanishni bilish lozim.
Tarbiyada ta’sir ko’rsatish usullariga ya’ni taqdirlash va jazolash yo’llariga alohBarcha bolalalar mehr muhabbatga, kimgadir yaqin bo’lmoq, xotirjamlik, yaxshi ovqat, sog’lom muhit va yashash joyi kabi asosiy ehtiyojlarga muhtoj. Agar shu ehtiyojlarning birortasi bo’lmasa, yoki to’kis bo’lmasa, bolalarning o’sib ulg’ayishi sustlashishi mumkin. Oddiy misol tariqasida ularning bilim olish qobiliyatining pasayib ketishini ham aytish mumkin. SHuning uchun ham o’qituvchilar va maktablar o’z o’quvchilarining asosiy ehtiyojlari to’liq bo’lmagani sababli, ularning o’sish va rivajalanishlari sustlashib ketmasliklariga ishonch hosil qilmoqlari darkor.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikka ko‘ra, “Nogironligi bo‘lgan shaxs— ijtimoiy yordam va himoyaga, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida boshqalar bilan birga teng to‘liq va samarali ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga muhtoj barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxsdir”1.
Nogiron bolalarning ko’p qismida asosiy ehtiyojlari to’kis emas. Ularga o’zlari so’ramaganlari uchun ovqat etorlicha berilmasligi mumkin; ularinng sog’ligidagi boshqa biror o’zgarishlar ulardagi majruhlikning hisobidan degan fikr nuqtai nazaridan etorlicha e`tibor berilmaydi yoki boshqacha bo’lganlari uchun ularga etarlicha qlehr muhabbot, muruvvat ko’rsatilmaydi.
Bolaning noto’kislik illatlarini uning atrof muhitidan qanday qilib olib tashlaymiz?
Bu savolga javob aniq - yaxshi ovqat, bexovatir yashash joyi, tozo suv, sog’ligini asraguvchi va mehribon, dava beruvchi insonlar zarur. Maktablar yakka holda bu muammoni echa olmaydilar, lekin shu bilan mumkin. Agar bolalarning ma`naviy ehtiyojlariga etarli e`tibor berilmasa, ularning bilim olib qobiliyati sustlashib ketadi.
1. O’zini bexavatir va xavfsiz his etish zaruriyati
Barcha bolalar yoshi kattalar yoki ularni davalovchi yoshi kattalar bilan yaqin, samimiy va mehr-muhabbatga to’la bo’lgan munosabatga muhtojdirlar, bu esa boladagi xavfsizlik, o’ziga ishonch va boshqa odamlar, umuman butun olam bilan muloqot qila olish qobiliyatini rivajlantirishning asosiy zaminidir.
Bolalar bilan shug’ullanuvchi odamlar o’z harakat va so’zlarida muhim bo’lsalar, ular bexavatirlik his-tuyg’usiga ega bo’ladilar. SHuningdek, ular insonlararo munosabatlarni anglab, to’g’ri va noto’g’ri narsalarni ajratish ko’nikmalarini rivajlantiradilar. Ma`lum qoida va cheklanishlar bolaga aniq - ravshan tushuntirilishi va izohlanishi zarur. Bola bilan shug’ullanuvchi shaxslar bolaning hulqidan ko’zlagan natijalarida juda sabrli bo’lmoqlari dorkor.
Oiladagi g’azab va kamsitish bolaning ichki dunyosi shakllanishiga salbiy ta`sirini ko’rsatadi. SHunisi muhimki, bola g’azab va norozilikni muvafiq tarzda izohlay olishni o’rganadi.
2. O’zaro muloqot va rag’batlantirish
Bola ongining tanasiga monand o’sishi uchun yordam berish zarurdir. Ong o’sishi uchun eng muhim uchta «ozuqa» mavjuddir bu- til, o’yin va mehr-muhabbatdir1.
Bola dunyoga kelgan ilk oylaridanoq yaxshi so’zga muhtoj, uni bag’ringizga olishni, unga jilmayishni, uni tinglashni, ovaz yoki harakat orqali javab berishga undashingizni yoqtiradi. Barcha bolalar boshqa odamlar bilan muloqot qilishlari kerak. Ular odamlarni jajji qo’llari bilan ushlab his etishlari, ular bilan so’zlashishlari, birga kulishlari, ularga jilmoyishlari, javab berishlari va ulardan javab olishlari zorur.
E`tiborning kam bo’lishi bolani baxtsiz qiladi. e`tiborsiz qolgan bola hayotda qiziqishni yo’qotadi, ishtahasi bo’g’iladi, ongi yoki tanasi normol holatda rivajlanmaydi.
Bolalar faoliyat ko’rsatish orqali o’rganadilar. Bola o’sar ekan, u izlanishi va o’ynashi zarur. O’yin maqsadsiz bo’lmaydi. U o’sishning eng muhim qismlaridan biri bo’lib, gapirish va yurishni o’z ichiga olgan aqliy, ijtimoiy va jismoniy ko’nikmalarni rivajlanishiga yordam beradi. U bolalarga qiziquvchan, bilarmon va ishonchli bo’lib o’sishga yordam beradi. U maktab fooliyati va kelajakdagi zarur ko’nikmalarni o’rganish uchun zamin yaratadi.
O’yin har doim ham muommolarni echish yoki ko’zlagan katta maqsadga erishishga vasita bo’la oladi degan ma`noni anglatmaydi. Ota-onalar va bola bilan shug’ullanuvchilar o’yinni turli materiallar va fikrlar bilan boyitib, yo’naltira olishlari zarur. O’yin materiallari qimmat bo’lishi shart emas. Bo’sh qutilar yoki uydagi ba`zi buyumlar qimmatli o’yinchoqlar kabi yaxshidir. Tasavvurli o’yin, masalan, bolalar katta yoshdagilarga o’xshamoqchi bo’lganlarida, ularning rivajlanishida juda muhimdir2.
Bolalarning ijodiy rivojlanishlariga yordam berish zarur. Bolalar muammolar echimini topishda va qaysi echim eng yaxshi ekanligi haqida bir qarorga kelishda aynan ularni tanloshlariga muxojdirlar. Bola o’zining fikr va qarorlarini amalga oshirishni va xavfsizlikda nima bo’lishini ko’rishi zarur.
Qo’shiqlar aytish va she`rlar yodlash, rasmlar chizish va baland ovaz bilan himoya so’zlab berish bola ongining o’sishga yordam berib, ularni o’qish va yozishga tayyorlaydi.
Barcha bolalar kundalik oilaviy va uy ishlarida ishtirok etish orqali o’rganadilar. Maxsus ehtiyojlari bo’lgan bolalar ham bunday ishlarga o’z hissalarini qo’shishlari zarur. Agar oila bu ishlarni engillashtirib, kundalik hayotning ijtimoiy mazmunini ularga ijodiy yondashgan holda etkazib bera olishning uddasidan chiqa olsa, albatta.
Sog’lom o’sish uchun barcha bolalarning harakatlarini maqtash va ularni tan olish zarurdir.
Bolalar o’zlarini bexavatir va xavfsiz his etishlari, ulariing o’zaro harakat va rag’batlantirishlarga bo’lgan ehtiyojlari bilan ta`minlash uchun maktablar nimalarga qodir?
Bu xususda maktablar kim bilan ishlashlari mumkin? O’qituvchilar bolalarning harakatlarini maqtashlari lozim. Siz biror boshqa fikr qo’sha olasizmi?
Suhbatlashish, o’ynash va mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish bolaning jismoniy, aqliy va ma`naviy o’sish jarayonida ahamiyati bebahodir.
Nima uchun biz noto’kislikni kamaytirishga harakat qilishimiz lozim yoki nima sababdan 6u xususda bezovtalik bor?
Nima uchun ba`zi bolalar kechirayotgan noto’kislik yoki nogironlikni kamaytirishga biz harakat qilishimiz lozim? Bu qismda biz bu savalga bir necha javablarni taqdim etamiz. e`tibor bering, biz «kamaytirishga harakat qilamiz» degan iborani ishlatamiz. Biz shu narsani aniqladikki, ba`zi bolalardagi nogironlik yoki noto’kisliklarni kamaytirish imkoniyati bo’lmas ekan1.

  • Ehtimol, muommolar haddan ziyod murakkabdir- boladagi shikastlanish juda ayanchli yoki ular juda kambag’aldir.

  • Ehtimol, ish uchun vaqt va manbalarni topish juda qiyindir.

  • Ehtimol, yordam berishni istagan insonlar yo’rdir.

Bu ishni qila olmasligimizga ko’p sabablar mavjud. Lekin bu harakatni to’xtatib qo’yish kerak degani emas! Harakat qilish uchun sabablar ustunlik qiladi2.
Ishtirok etish huquqi
Jahondagi barcha mamlakatlarda nogironlarga ko’pincha oddiy insonlardan pastroq pog’onada deb munosabat bildirilgan va ular jamiyatda katta mavqega sazovar emaslar deb hisoblanib kelgan. Bugungi kunda bu munosabat bunday shaxslarni hurmat qilish bilan o’zgardi. Birlashgan Millatlarning Nogiron SHaxslar huquqlari to’g’risidagi Deklaratsiyasida (1975) ta`kidlanadi:
Yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil xuquqlarga egadirlarkim, shu bilan birga ular mumkin qadar to’laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga ham egadirlar3.
yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil xuquqlarga egadirlarkim, shu bilan birga ular mumkin qadar to’laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga ham egadirlar4.
Shogirdlik odobi bo’yicha quyidagicha mezonlar qayd qilinadi: «Agar sendan shogirdik odobi nechta, deb so’rasalar, yettita degin», 1) avvalo: o’z ishiga yaxshi munosabatda bo’lish, ya’ni o’z kasbini sevish; 2) o’z ishiga e’tiqod qo’yish va unga ishonish; 3) ustoz oldida hokisor bo’lish, o’z nojo’ya odatlarini tark etish; 4) ko’rish (nojoyiz) lozim bo’lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish; 5) eshitish mumkin bo’lmagan barcha narsa larga quloq solmaslik; 6) barcha noloyiq ishlardan qo’l tortish; 7) ustoziga qarshi bo’lgan kishilar bilan muomala qilmaslik. Ana shu kesimlarda o’qituvchi va o’quvchi orasidagi dialektik munosabat to’laqonli amalga oshiriladi.
Kurs ishida birinchi navbatda quyidagilar talab qilinadi:
1. Jismoniy va aqliy salomatlik.
2. Yuksak axloqiy va insoniy fazilatlar.
3. Kuchli va keng qamrovli poydevor bilim.
4. Metodik mukammallik va sayqallangan kasbiy mahorat.
5. Nutq madaniyati, notiqlik san’ati va imlo savodxonligi.
6. Mustaqil o’z ustida ishlash va malakasini oshirish va boshqalar.
Nogironlar zamonaviy jamiyatda ijtimoiy ish ob'ekti sifatida "Nogiron" atamasi lotin ildiziga qaytadi (volid - "samarali, to'laqonli, qodir") va so'zma-so'z tarjimada "yaroqsiz", "nuqsonli"degan ma'noni anglatishi mumkin1.

O‘rganilganlik darajasi. Inlyuvi ta'lim sohasidagi faoliyatimiz UNICEF inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.


Yüklə 109,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin