Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi



 
 
 



KIRISH 
Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy 
o‘limigacha bo‘lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Embriologiya fani zigotadan embrion rivojlanib tug‘ulguncha bo‘lgan davrda sodir 
bo‘ladigan biologik jarayonlarini o‘rganadi. Embriologiya grekcha embryo - kurtak, murtak, 
embrion, logos - fan, ta‘limot degan ma‘noni bildiradi. Zigota grekcha zygotes - birga 
qo‘shilgan, degan ma‘noni bildiradi. Jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilib, bitta hujayra 
hosil qilishi zigota hisoblanadi. Ontogenez zigota hosil bo‘lishidan tabiiy o‘limgacha 
bo‘lgan davrni o‘rganadi. 
Demak, embriologiya fani organizm rivojlanishining bir qismini, ya‘ni embrional 
rivojlanish qismini o‘rgansa, individual rivojlanish biologiyasi fani ontogenezning hamma 
qismini o‘rganadi. Shunga ko‘ra, individual rivojlanish biologiyasi fani embriologiya 
faniga nisbatan ancha keng ma‘nodagi fandir. 
Individual rivojlanish biologiyasi fani 1975 yildan boshlab unversitetlarning biologiya 
ixtisosligida alohida fan sifatida o‘qitila boshlandi. Bu nom esa yaqinda paydo bo‘ldi. 
Ilgarilari bu fan "Umumiy embriologiya", "Hayvonlar embriologiyasi", "Solishtirma 
embriologiya" deb nomlanar edi. 
Keyingi yillarda bu fanni "Ontogenez biologiyasi", "Ontogenetika", "Individual 
rivojlanish biologiyasi", "Rivojlanish fiziologiyasi", "Rivojlanish biologiyasi", "Taraqqiyot 
biologiyasi" nomlari bilan atash tavsiya etilmoqda. Bu nomlarning ko‘pchiligi individual 
rivojlanishning ayrim tomonlarini o‘z ichiga olganligi uchun hozircha "individual 
rivojlanish biologiyasi" atamasi ko‘pchilik o‘quvchilarga tushunarli bo‘lmoqda. 
Bu fan eksperimental embriologiya, molekulyar biologiya, genetika, sitologiya 
fanlarining yutuqlari asosida paydo bo‘ldi. Individual rivojlanish biologiyasi fanining 
vazifasi organizmlarda sodir bo‘ladigan morfologik, fiziologik, biokimyoviy, genetik 
jarayonlarni o‘rganish, taraqqiyotni boshqarish omillari va mexanizmlarini aniqlashdan 
iborat. Chunki bu fan sintetik xarakterga ega bo‘lib, ana shu fanlar yutuqlari asosida 
ontogenezning umumiy qonuniyatini yaratadi va uni boshqarish yo‘llarini ishlab chiqadi. 
Ontogenezni boshqarish veterinariya, tibbiyot fanlari uchun muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, yangi nav, zot va shtammlar yaratish uchun muhim manba hisoblanadi. Bundan 
tashqari, gen va hujayra injeneriyasi asosida irsiy - materialni o‘zgartirish va yangi formalar 
yaratish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin