www.pedagoglar.uz
40-son 2–to’plam yanvar 2023
Sahifa: 362
“BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FANLARARO BOG‘LANISH HAMDA
INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI:
AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI”
O’zbekiston tuman 2-son kasb-hunar
maktabi biologiya fani o’qituvchisi
Ergasheva Feruza Soyibjon qizi
Annotatsiya:
Biologiyani o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning
ahamiyati: afzalliklari va kamchiliklari, xamda fanlararo bog‘lab o‘qitish yo‘llari
ahamiyati tahlil qilingan
Kalit so‘zlar:
umummilliy dastur, fanlararo bog‘lanish, interfaol metodlar,
interfaol metodlarning afzalligi va kamchiliklari, taklif va tavsiyalar.
Yoshlarni zamon talablariga javob bera
oladigan mutaxassis qilib
etishtirishda milliy ta'limning shakli va mazmunining ahamiyati yuqori. Bu ta'lim
jarayonini mustaqil bilim olish asosida zamonaviy usullarda,
yangicha
ko‘rinishlarda tashkil qilishga undaydi. Umumilliy dasturida ta'lim-tarbiyani
tubdan isloh qilish: ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish; ta'lim berishning
ilg‘or pedagogik texnologiyalari, zamonaviy o‘quv-uslubiy
majmualarni yaratish
va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlashga bog‘liqligi ko‘rsatiladi.
Respublikamizda ta'lim-tarbiya muassasalarida innovatsion yondashish,
faol va
interfaol metodlarga hamda fanlararo bog‘lanishlarga tayangan holda zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalardan keng foydalanish o‘quvchi
shaxsiga
yo‘naltirilganiga alohida e'tibor qaratilgan. Ayniqsa, tabiiy fanlardagi uzviy
bog‘liqlik masalasi o‘qituvchining oldiga juda katta mas'uliyat yuklaydi.
Umumta'lim maktablarida biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarni
fanga
qiziqtirish, darslarni ko‘rsatmalilik asosida, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘lab,
biologik bilimlarni berishda fizik,
kimyoviy tushunchalar, fizik qonuniyatlardan
o‘rinli foydalanish yaxshi natija beradi. Tabiiy fanlar
katoridagi fizika va kimyo