Jaxolatga qarshi ma’rifat Globallashuv jarayoni va uning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri



Yüklə 35,22 Kb.
səhifə1/3
tarix24.09.2023
ölçüsü35,22 Kb.
#148008
  1   2   3
Jaxolatga qarshi ma


Jaxolatga qarshi ma’rifat
1. Globallashuv jarayoni va uning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri
2. Ma’naviy tahdid, uning zamonaviy ko‘rinishlari
3. Yoshlarni yot g’oyalar: diniy fundamentalizm (aqidaparstlik), ekstremizm va terrorizmdan asrash
4. Korrupsiya tahdidi va unga qarshi kurash
5. Mafkuraviy immunitet – ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish omili

Ijtimoiy hayot shiddat bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv davrida yashayapmiz. O‘tgan asrning 70-80 yillarida tor doiradagi geosiyosiy, makroiqtisodiy va siyosiy-mafkuraviy adabiyotlarda paydo bo‘lgan bu atama bugun kishilar o‘rtasidagi oddiy muloqot mavzuiga aylanishga ulgurdi. Globallashuvning bu qadar shiddat bilan rivojlanishiga o‘tgan asrning 90-yillariga kelib “Sovuq urush”ning barham topishi, uning oqibatida xalqaro munosabatlarda kuchlar nisbatining butunlay o‘zgarishi, avvalgi “ikki qutbli dunyo”dan iborat jahon siyosiy haritasi asta-sekinlik bilan “ko‘p qutbli dunyo”ga aylana boshlaganligi faol ta’sir ko‘rsatdi.


Endilikda xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi manbalar sifatida davlatlarning harbiy bloklari emas, turli kuch markazlari tomonidan muttasil ko‘mak olib turuvchi “g‘ayriqonuniy” tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. U yoki bu davlatda yuz berayotgan ichki ziddiyatlar, davlatlararo mintaqaviy mojarolar esa, ba’zan o‘z-o‘zidan xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi manbaga aylanib ketsa, ba’zan sun’iy ravishda shunday manbaga “aylantirilmoqda”. O‘z navbatida, bularning barchasi globallashuvning keng quloch yozishi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganligini tushunish unchalik qiyin emas.
Mamlakatimiz globallashuv jarayonidan tashqarida emas. Bugun xalqaro munosabatlar tizimida o‘z o‘rniga, o‘z so‘ziga ega bo‘lgan, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, xalqaro hamjamiyatga tobora ko‘proq integratsiyalashish, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun globallashuv jarayonining qator ijobiy xususiyatlari mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi, lekin mazkur jarayonning salbiy xususiyatlari ham borligiga, ayniqsa, jahonda kuchlar nisbatini qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda stixiyali rivojlanib borayotgan globallashuv jarayoni uning tashabbuskorlari va homiylari qo‘lida taqqoslab bo‘lmaydigan kuchli qurol vazifasini bajarayotganligiga ham e’tiborsizlik bilan qarab bo‘lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz “YUksak ma’naviyat — engilmas kuch” asarida shunday degan edi: “Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar”.
Bu kabi salbiy holatlarning bosh omili esa, ayrim kuch markazlari tomonidan sharqona odamiylik falsafasiga ham, g‘arbning demokratik qarashlariga ham mutlaqo zid ravishda “maqsad vositani oqlaydi”, qabilida faoliyat yuritilayotganligidir. Zero, davlatimiz rahbarining yuqorida tilga olingan asarida qayd etilganidek, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘parishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”. Afsuski, go‘yo barcha millat va elatlar madaniyatlarining qorishmasi bo‘lishi va barcha tomonidan birdek qabul qilinishi lozim bo‘lgan “ommaviy madaniyat” qisqa vaqt ichida kishilik jamiyatini ichidan emirishga qodir kuchga aylanib ulgurdi. Asrlar osha etib kelayotgan milliy va umumbashariy qadriyatlarni mensimaslik, axloq va huquq normalariga nisbatan bepisandlik, kishini o‘z oilasidan, davlatidan, o‘zligidan mutlaqo begonalashib ketishiga olib keladigan individualizm, egotsentrizm g‘oyalari, ilm-fan, madaniyat yutuqlaridan voz kechish, faqat bugungi kuni bilan yashashga o‘rganish... afsus, “ommaviy madaniyat”ning bu kabi salbiy xususiyatlari bundan-da ko‘proq. Haqli savol paydo bo‘ladi: Xo‘sh, “ommaviy madaniyat” himoyachilari bu orqali nimaga erishishlari mumkin?
Avvalo, “ommaviy madaniyat” kishining ma’naviyatini buzadi, uni ma’naviy qadriyatlarga bepisand munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, hayotga engil-elpi munosabatda bo‘lish kayfiyatini shakllantiradi, bu esa, kishini o‘zligidan, milliyligidan mahrum qiladi, uning mafkuraviy immunitetini parchalab tashlaydi. Natijada bu toifadagi kishilarni birgina axborot makonining o‘zi bilan, ortiqcha kuch yoki mablag‘ sarflamasdan turib boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. “Ommaviy madaniyat” kishini oilasidan, o‘zi yashab turgan jamiyatdan, Vatanidan uzoqlashtiradi. Natijada uning ta’siri ostida qolgan kishi uchun hech qanday muqaddas narsaning o‘zi qolmaydi. U o‘zining tor manfaati yo‘lida istalgan narsadan — oilasidan, Vatanidan voz kechishi mumkin. “Ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari iqtidorli, bilimli yoshlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. “Aytaylik, “XXI asr liderlari” kabi mavzularda o‘tkaziladigan seminarlarda ular go‘yoki iqtidorli yoshlarni tanlab olishda hokimiyatga yordam beradi, biroq bunda eng avvalo, o‘z manfaatlarini ko‘zlashadi. So‘ngra chet ellarga muntazam safarlar uyushtiriladi, ularda turli simpozium va seminarlar davomida bu odamlarning ongiga g‘oyat ustalik bilan ta’sir o‘tkaziladi. Shu tariqa o‘zlarini “dunyo fuqarolari” deb ataydigan kishilar toifasi tayyorlanadi va ularga yaqin kelajakda er yuzida hech qanday chegara qolmaydi, degan fikr singdiriladi” (Karimov I.A. “Nezavisimaya gazeta”, 2005). Oradan yillar o‘tib ular o‘z davlatlarining “integratsiya o‘yinlari” qurboni bo‘lishiga sababchi bo‘ladilar.
“Ommaviy madaniyat”ning yana bir jihati shuki, u doimiy ravishda moliyalashtirib turishni talab qilmaydi, aksincha, axloqsizlik, madaniyatsizlik, kelajakka ishonchsizlik, huquqiy nigilizm, o‘z joniga qasd qilish, pornografiya, zo‘ravonlik, alkogolizm, giyohvandlik va shu kabi yot illatlarni targ‘ib qiluvchi foto, audio, video va boshqa ko‘rinishdagi materiallar, turli bosma nashrlar, global axborot tarmog‘iga joylashtirilgan millionlab saytlar ular uchun doimiy daromad manbai vazifasini ham bajaradi. Shunisi xavfliki, “ommaviy madaniyat”, asosan, yoshlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Chunki uning homiylari katta yoshdagi kishilarga nisbatan yoshlarning ongu shuurini egallab olish osonroq ekanligini yaxshi anglaydilar. Agar ular maqsadlariga u yoki bu darajada erishgudek bo‘lsalar, buning oqibatini bartaraf etish uchun bir necha o‘n yilliklar, hatto, asrlar kerak bo‘ladi, bu esa, butun insoniyat taqdiri juda katta xavf ostida qolishi mumkinligini anglatadi.
Bu kabi omillar bizning Vatanimiz, uning buguni va ertasi uchun ham ulkan xavf manbai ekanligini ko‘rsatadi. SHuning uchun yoshlar ongini egallashga urinayotgan mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish, xalqimizning milliy qadriyatlarini, ma’naviyatimizni asrab-avaylash davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida bo‘lishi tabiiydir. Bu borada ijtimoiy hayotning barcha sohalari singari, ta’lim, ma’naviyat, madaniyat va sport, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Globallashuv jarayonida tobora kuchayib borayotgan ma’naviy xurujlarga qarshi kurashish maqsadida amaldagi qonunchilikka qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, yangi qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, 2010 yil 17 mayda O‘zbekiston Respublikasi MKga qo‘shimchalar kiritilib, restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, internet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa ko‘ngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa mas’ul shaxslari tomonidan voyaga etmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz muassasalarda bo‘lishiga yo‘l qo‘yganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. 2010 yil 29 sentyabrdagi “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan esa, davlat organlari, muassasalari va jamoat tashkilotlarining voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir mas’uliyati yanada oshirildi. 2012 yil 12 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonunchilik tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik va Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik yanada kuchaytirildi. Voyaga etmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek, uni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga etmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb qilish mazkur jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat, deb kvalifikatsiya qilinishi belgilandi. SHuningdek, endilikda nafaqat pornografik, balki zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun ham yuridik javobgarlik belgilandi.
Tabiiyki, bu kabi huquqiy mexanizmlar “ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilarining g‘arazli maqsadlariga qarshi kuchli himoya vositasi vazifasini bajaradi. Lekin bu xotirjamlik yoki befarqlikka berilish uchun asos bo‘lmaydi. Bu jarayonda barchamizning ogoh bo‘lishimiz, Vatanimizning kelajagi, taraqqiyoti uchun qayg‘urishimiz juda muhim. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari globallashuv va “ommaviy madaniyat”ning salbiy xurujlariga qarshi turuvchi eng asosiy qalqon ekanliklarini unutmasliklari lozim. Zero, aynan ta’lim muassasalari yosh avlodning mafkuraviy immunitetini shakllantiruvchi, ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalovchi, yuksak bilimli, intellektual rivojlangan kadrlarni etkazib beruvchi markazlar hisoblanadi. 
Bu jihatdan ta’lim muassasalarini globallashuvning salbiy tahdidlariga qarshi turuvchi ichki himoya tizimi, deb ta’riflashimiz mumkin bo‘ladi.
“To‘rtinchi hokimiyat” vakillari esa, global axborot makonida tashqi mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashuvchi eng samarali vosita – mazkur jarayondagi tashqi himoya tizimi vazifasini bajaradi. Chunki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan mustaqil ommaviy axborot vositalarigina jahonning turli mintaqalaridagi mafkuraviy poligonlar tomonidan global axborot tarmoqlari orqali amalga oshirilayotgan axborot xurujlariga qarshi doimiy kurash olib borish imkoniyatiga ega.
Albatta, globallashuv jarayonida tashqi ma’naviy tahdidlarni, “ommaviy madaniyat”ning kishilik jamiyatiga qarshi qaratilgan salbiy ta’sirini butunlay bartaraf etish qiyin. Lekin bu holat hech narsa qilmaslik yoki lozim darajada harakat qilmaslik uchun asos bo‘la olmaydi. SHunday ekan, ushbu masala barkamol avlodni shakllantirish jarayonida eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Unga jiddiy yondashish, masalaning tub ildizlariga etib borish va uni hal etish esa, bugungi kunimizning eng asosiy talabidir.



Yüklə 35,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin