Jizzax davlat pedagogika universiteti musiqa yo’nalishi 301 guruh talabasi raushanboyeva gulhayoning musiqa o’qitish texnologiyalari fanidan slayd taqdimoti
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI MUSIQA YO’NALISHI 301 GURUH TALABASI RAUSHANBOYEVA GULHAYONING MUSIQA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI FANIDAN SLAYD TAQDIMOTI
Didaktika (qadimgi yunoncha: διδακτικός, didaktikos — „oʻrgatuvchi“, „taʼlim beruvchi“) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. „Didaktika“ atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy oʻzining „Buyuk didaktika“ asarida (1657) bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi Adolph Diesterweg oʻzining „Nemis oʻqituvchilarini oʻqitish uchun yoʻriqnoma“ (1834—35) asarida didaktikaning pedagogikada taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin didaktikaga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-yuzyillikning soʻngi va 20-yuzyillikning boshlarida didaktikaga oid maxsus monografiyalar yaratila boshlandi.
.
Hozirgi zamon pedagogikasida didaktikaga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniqlash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish didaktikaning asosiy muammolaridir. Didaktikaning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt mobaynida koʻplab kommunistik davlatlarda marksizm-leninizm didaktikaning taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda koʻplab musulmon davlatlarida kalom falsafasiga milliy didaktikaning metodologik asosi sifatida qaralmoqda.