Kapital qoʻyilmalar va kapital bozori reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 65,33 Kb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü65,33 Kb.
#185233
  1   2   3   4   5   6   7   8
Kapital qoʻyilmalar va kapital bozori reja Kirish Asosiy qism-fayllar.org


Kapital qoʻyilmalar va kapital bozori reja: Kirish Asosiy qism

KAPITAL QOʻYILMALAR VA KAPITAL BOZORI
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Kapital bozor va kapital qoʻyilmalari
2. Kapital qo'yilmalar haqida tushuncha, ularning ijtimoiy- iqtisodiy zarurligi va ahamiyati
3. Kapital qo'yilmalarning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar, ularni aniqlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Hozirgi davrda investitsion mablag'lar yangi, samarali texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga ham sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu muammoning to'g'ri, samarali hal etilishi ma'lum miqdordagi investitsiyalar sarflanishini ob'ektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablag'lari tarmoqda doimiy va o'zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa muddatlarga mo'ljallab sarflanishi mumkin. Agarda qishloq xo'jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ularni kapital ta'mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga mo'ljallangandir. Ularni asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb atashadi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar qishloq xo'jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi. Ular qisqa muddatga sarflangan hisoblanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag'lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo'jaligi (korxonalar)ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, irrigatsiya-melioratsiyalashtirish natijasida xarajatlarni kamaytirib, etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko'payishi va sifati yaxshilanishini, olinadigan daromad (foyda) summasi oshishishni ta'minlaydi.
Investitsiyalar har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda amalga oshiriladi. Chunki ular davlatni, tarmoq, korxonalar, va nihoyat, aholining iqtisodiy negizini mustahkamlashga sarflanadi. Erkin bozor iqtisodi bosqichma-bosqich shakllantirilayotgan O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar sarflanishi ob'ektiv zaruriyat hisoblanadi. Chunki tarmoqni ustuvor shaklda rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo etish zarur.



Yüklə 65,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin