Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/32
tarix19.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
m dissertatsiya


KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi Biz bilamizki ta’limning har qanaqa turi mamlakat va uning aholisi hayotida muhim o‘rin egallaydi. Dunyoning deyarli har bitta davlati o‘z aholisi uchun sifatli va zamon talablariga javob bera oladigan ta’lim xizmatlarini mamlakatlari aholisiga yetkazib berish nimaqsad qiladi. Bugungi kunda ayniqsa, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari, rivojlangan mamlakatlari ta’lim xizmatlari tizimini chuqur o‘rganib o‘z mamlakatlari ta’lim xizmatlariga bir qancha o‘zgartirishlar va yangilanishlar kiritishmoqda. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki bugungi kunda har bir talabgor o‘zi istagan yo‘nalishda va o‘zi istagan malakatda o‘qishim koniyati bor, va buning har bir mamlakat talabari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berishga e’tibor qaratmoqda. Shunga qaramasdan bugungi kundagi ta’lim muassassalari orasidagi kuchli raqobatga nisbatan raqobatbardosh bo‘lish juda katta e’tiborni ta’lab etiladi.
Ohirgi yillarda O‘zbekistonda ham oliy ta’lim tizimini boshqarish va uning xizmatlarini takomillashtirishga e’tibor yuqori darajada amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida 46,47,48,49 va 50- maqsadlarida mamalakatdagi oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish, 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash, qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish va 2026-yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish ka’bi yoshlar va ayniqsa talabalar uchun ustuvor vazifalar belgilab o‘tilgan1. Shu kabi ustuvor vazifalarning samarali va ijobiy ijrosi mamalakatimiz oliy ta’lim sohasining taraqqiyot tendensiyasini yetarlicha chuqur tahlil qilish, o‘rganib chiqish va ta’lim muassassalarida ayniqsa oliy ta’lim tizmida tajribali va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni boshqarish kabi asosiy va ustuvor vazifalar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishini ko‘rsatib o‘tadi.
So‘ngi yillarda respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, mamalkatimindagi ilm-fanni rivojlantirish, ta’limning zamonaviy shakli va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.O‘tgan davrda iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib, hududlarda aholiga ta’lim xizmatini ko‘rsatish maqsadida yangi oliy ta’lim muassassalari, jumladan, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi, ta’limning zamonaviy bosqichlari joriy etildi, kadrlar tayyorlash bakalavriat ta'lim va magistratura mutaxassisliklarining talab qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bir nechta yo‘nalishlar tashkil etilgan.Eslatib o‘tish joizki O‘zbekistob respublikasida ta’lim tizimini takomillashtirish davlat siyosati darajasida qaraladi. Bunga misol tariqasida ta’lim to‘g’risidagi qonun va bir nechta ta’limga aloqador qarorlarning qabul qilinishini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Ushbu qarorlar va qonunlar nafaqat ta’lim sfatini va uning xizmatini oshirish va yaxshilash, balki O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarning huquqini yanada kengaytirish maqsad qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiton prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23.09.2020 yildagi O‘RQ- 637 sonli, Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan, ta’lim to‘g’risidagi qonunda quyidagilar keltirib o‘tilgan.
“Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim olish huquqi:
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish;
oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.”2(5-sonli qonun).
Ta’lim tizimi sifati va xizmatlarini takomillashtirislishi uning marketing strategiyasini yaxshilanishiga turtki bo‘ladi. Marekting – bu bozor ya’ni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi va iste’molchi ya’ni xaridor o‘rtasida Tovar va xizmatlarni ayirboshlash, sotish kabi jarayonlarning o‘z ichiga oluvchi faoliyatdir. Shuni eslatib o‘tish joizki, marketinga aloqador kitoblar va maqolalarda, marketingga ikki mingdan ortiq ta’rif keltirib o‘tilgan. Marketingning asosiy tamoyillardan biri bu faqatgina tovarlarni ayirboshlash emas balki xizmat ko‘rsatish hamdir. Ta’lim tizmidagi xizmatlar ham shular jumlasidan. Dunyo miqyosida ta’lim xizmatlariga nisbatan o‘ziga hos qarashlar va ta’riflar mavjud. Eslatib o‘tish joizki aslida, oʻzining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga koʻra taʼlim davlat tovari boʻlib, fan, madaniyat va sogʻliqni saqlash bilan bir qatorda xalq xoʻjaligining aralash sektoriga kiradi.Ta’lim xizmati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: mamlakat mehnat resurslaridan foydalanishning umumiy samaradorligini oshirishga, ularning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.Hozirgi vaqtda ta'lim xizmatlarining mohiyatini muhokama qilish to‘xtamaydi. Ammo umumiy fikr hali ham ta'lim xizmati boshqa barcha turdagi xizmatlardan farq qiladigan o‘ziga xos mahsulot ekanligiga asoslanadi. Ushbu o‘ziga xoslikni ochib berish uchun umumiy "xizmat" tushunchasining mohiyatini qisqacha bayon qilaylik.
Marketin evolutsiyasiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri F.Kotler quyidagi ta'rifni taklif qiladi: "Xizmat - bu bir tomon boshqasiga taklif qilishi mumkin bo‘lgan va asosan nomoddiy bo‘lgan va hech qanday narsani tortib olishga olib kelmaydigan har qanday chora yoki foyda"3. Bundan kelib chiqadiki xizmatning har qanday turi shaffof va beg’araz bo‘lishi lozim, ta’lim xizmatlari ham shular jumlasidan. Ta’lim xizmatlari va uning marketing startegiyasini o‘rganilishi ushbu dissertatsiya maqsadi va vazifalari yo‘lida katta foyda keltiradi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin