Tuzuvchi :
M.G. Olimova
Samarqand shahar Xalq ta’limi
bo‘limi
tasarrufidagi
36-
umumiy o‘rta ta’lim
maktabi
oliy
toifali
ingliz
tili
o’qituvchisi
Mas’ul muharrir :
U.M. Narkulov
Samarqand shahar Xalq
ta’limi bo‘limi xorijiy tillar
fani uslubchisi.
Taqrizchi:
M.R. Vafoyeva
Samarqand shahar Xalq
ta’limi bo’limi tasarrufidagi 1-
IDUM
oliy toifali ingliz tili
o’qituvchisi
Mazkur qo‘llanma barcha toifadagi ingliz tilini o’rganuvchi shaxslar
uchun mo‘ljallangan.
Samarqand shahar Xalq ta’limi bo‘limi “Rus tili va xorijiy tillar”
metodik kengashi tomonidan 2022-yil «___» ______________dagi
__-sonli yig‘ilishining qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
OLIMOVA MUTABAR GAYBULLAYEVNA
3
LETTER WRITING EXERCISES
Samarqand shahar 36-sonli umumta`lim maktab ingliz tili o`qituvchisi Olimova
Mo’tabar tomonidan tuzilgan “Letter writing exercises ” nomli metodik
qo`llanmaga
TAQRIZ
Ushbu qo`llanma ingliz tili fanidan yangi dasturga asoslangan, xalqaro ingliz
tilini bilish darajasiga o`quvchilarni tayyorlash uchun juda qulay qo`llanma bo`lib, xat
yozish tartibi,
uning turlari, tarkibiy qismi, ketme-ketligi, muhim fraza va iboralarni
qamrab olgan.
Har bir xat yozish turiga tushuncha berilgandan so`ng,
unga mos ravishda
mashqlar, misollar bilan boyitilgan. Nafaqat o`quvchilar, ayni kunlarda yosh va
tajribasi kamroq o`qituvchilar tomonidan muhim qo`llanma sifatida ishlatilsa bo`ladi.
Qo`llanma juda ixcham va tushunish uchun oson tuzilgan bo`lib, birinchi
navbatda xat yozish tartibi, tayyor xatning so`zlarini to`g`ri joylashtirish, xatboshilar
ketma-ketligini joylashtirish, xatni kerakli so`z va iboralar bilan to`ldirish kabi
mashqlardan iborat.
Shuningdek, har bir topshiriq oxirida uning javobi ham
ko`rsatilgan.
Kitobxonlar ingliz tili fanidan xat yozish ko`nikmasini rivojlantirish maqsadida
ushbu qo`llanmadan foydalanib, yuqori natijalarga erishishi mumkinligini inobatga
olib, chop etishga tavsiya qilaman.
Vafoyeva Mavluda (oliy toifali ingliz tili o`qituvchisi)
OLIMOVA MUTABAR GAYBULLAYEVNA
4
LETTER WRITING EXERCISES
So’zboshi
Hozirgi kunda xorijiy tillarni o’rganish barcha toifadagi insonlar uchun muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda dunyoda ro’y
berayotgan muhim yangiliklardan xabardor bo’lish kishidan biror xorijiy tilni bilishni
talab qiladi. Yurtimizda ham aholi orasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish
va ularni mukkammal o’zlashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan bir
qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xorijiy tillar va boshqa fan o’qituvchilari
hamda xorijiy tilning belgilangan darajasiga ega bo’lgan boshqa soha mutaxassislari
uchun bir qancha rag’batlantirishlar joriy etilgani, yoshlarimiz
xalqaro til bilish
sertifikatlarining belgilangan darajasiga ega bo’lganda ularning barcha imtihon
xarajatlari davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplab berilayotgani shular
jumlasidandir. Buning natijasi o’laroq yurtimizda xorijiy tillarni, jumladan ingliz tilini
o’rganishga qiziquvchilar soni kundan-kunga ko’paymoqda. Ushbu qo’llanma ingliz
tilini o’rganishga qiziquvchi barcha toifadagi shaxslar uchun mo’ljallangan.
Mazkur qo’llanma ingliz tilida xat yozish ko’nikmalarini
rivojlantirishga
mo’ljallangan. Unda 7 ta xat turiga oid mashqlar jamlangan. Dastlab har bir xat turiga
oid qisqacha ma’lumotlar, shu turdagi xat yozishda qo’llash mumkin bo’lgan so’z
birikmalari va gaplar berilgan. Har bir xat uchun 5 tadan topshiriqlar berilgan. 1-
topshiriq so’zlarni joy-joyiga qo’yib xat yozishda qo’llaniladigan gaplar tuzish, 2-
topshiriq berilgan mavzuga doir namunaviy xatning gaplarini tartib bilan to’g’ri
joylashtirish, 3-5 topshiriqlar matn orasida ajratib olingan so’zlar va predloglarni
kerakli joyga qo’yib chiqishdan iborat. Ushbu qo’llanma foydalanuvchilari nafaqat xat
yozish ko’nikmalarini shakllantirishi, balki, so’zlarni va predloglarni to’g’ri qo’llay
olishga doir bilimlarini ham rivojlantirishlari mumkin. Ishonamanki, mazkur qo’llanma
ko’pgina insonlarga ingliz tiliga oid bilimlarini rivojlantirishda
foydali yordamchi
manba bo’lib xizmat qiladi.