Lisoniy ziddiyat va uning turlari



Yüklə 95,12 Kb.
səhifə1/12
tarix25.12.2023
ölçüsü95,12 Kb.
#195479
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI


LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM

  1. Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot.

  2. Lisoniy ziddiyat turlari.

  3. Lisoniy ziddiyat va uning asosiy turlari

  4. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
1. Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot. Ziddiyat (arabcha “qaramaqarshilik”; varianti: oppozitsiya) tilshunoslikda bir sistemadagi lisoniy birliklarning mazmuniy tomoni asosida o‘zaro u yoki bu darajada farqlanishini ifodalaydi. Ziddiyat, tafovut, farq, qarama-qarshilik, ixtilof bir turga kiruvchi har xil tushunchalardir.
Butun koinot, тabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunidir. Ziddiyat, qarama-qarshilik, ixtilof va tafovut bo‘lmas ekan, rivojlanish va taraqqiyot, harakat va o‘sish ham bo‘lmaydi. Hatto oyoqlarimiz bir-biriga qarama-qarshi harakatlanmasa, ilgarilay olmaymiz. Zid jinslar bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham, hayvonot va o‘simlik olami – tiriklik davom etmaydi.
Butun borliq qarama-qarshiliklar mahsuli bo‘lganligi kabi, bilim olish ham, borliq haqida ma’rifat hosil qilish ham ixtilof va tafovutlar evazigadir.

Mustaqil o‘qish uchun
Ma’rifat vodiysi
Ma’rifat vodiysin ondin so‘ngra bil, Dashti bepoyonlig‘in nazzora qil.
Kimki bu vodiyg‘a bo‘ldi muttasif, Topti onda hollarni muxtalif. Vodiyedur yuz tuman ming onda yo‘l, Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul.
Ixtilofi juzv ila kul mundadur-
Kim taraqqiy-u tanazzul mundadur. Pashsha onda rahnavard-u pil ham, Pashsha anda toyir-u Jibril ham.
Musi-yu Fir’avn onda rаhrav,
Bil yaqinkim, birdek ermas bul ikav. Da’b anda sayr etib yaxshi-yamon, Mo‘min onda soliku kofir hamon.

Munda solikka tafovut bo‘ldi fosh,


Anga mehrob-u munga but bo‘ldi fosh.
Bo‘ldi o‘z irfoni har kimga sifat,
Ko‘p tafovut qildi paydo ma’rifat.
Muxtalif bo‘lmay ne bo‘lsun munda ish, Chun bu yanglig‘ muxtalif bo‘ldi ravish. Mundin aytibdur nabiyi rahbar,
“Kim ulusqa haq sari bo‘lsa safar.
Istasang yo‘l kasratig‘a addu had,
Xalq anfosi bilan teng bil adad.”

Yüklə 95,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin