Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari



Yüklə 85,87 Kb.
səhifə1/8
tarix18.05.2023
ölçüsü85,87 Kb.
#116591
  1   2   3   4   5   6   7   8
Fazo va fazoda mo\'ljal olish haqida tushuncha


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO`LIM
MAKTABGACHA TA’LIM YO`NALISHI
21-18-guruh talabasi
Majidova O`ktamxon Arabjon qizining
MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI”
fanidan tayyorlagan

KURS ISHI


Mavzu: Fazo va fazoda mo'ljal olish haqida tushuncha.


Topshirdi: Majidova O`ktamxon


Qabul qildi: _____________________


Farg`ona-2023


MUNDARIJA





KIRISH. 3
I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ELEMЕNTAR MATЕMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI VA METODIKASI KURSINING NAZARIY ASOSLARI. 6
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elemеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish asoslari kursining nazariy asoslari. 6
1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika faoliyatlarini tashkil etishning ahamiyat. 11
1.3. Matematik tasavvurlarni shakillantirish faoliyatlariga qo’yiladigan talablar. 13
II.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MATEMATIKA FAOLIYATLARINI TASHKIL ETISH USULARI. 19
2.1. Bolalarda elеmеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish usullari. 19
2.2. Tayyorlov gurux bolalarida fazoda mo’ljal olish haqida tushunchalarni shakllantirish. 27
2.3. Maktabga tayyorlov guruhida qog’oz varag’i sathida predmetlarning qanday joylashganligini aniqlashga o’rgatish usullari. 30
XULOSA. 34
Glossariy 36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 37


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: So`ngi yillarda bog’cha yoshidagi bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olishlik hamda maktabgacha ta’lim sohasida ishlayotgan tarbiyachi va pedagoglarni ng oliy ma’lumotli va har tomonlama malakali bo`lib borayotgani sezilmoqda. 2008 – 2017 yillarga mo`ljallanga “O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” davomida islohatlar va rivojlanishning asosiy mazmuni, maqsadi, vazifalari, yangilanish tamoyillari, amalga oshishining usul va modellari kiritilgan. Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi yoritilgan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va pedagogik texnologiyalarni uslubiy ta’minlanishi yoritilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablari ishlab chiqilib joriy qilindi. Unda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga 1. “Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo`linadi: yirik motorika; mayda motorika; sensomotorika; sog`lom turmush tarzi va xavfsizlik. 2. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo`linadi: “Men” konsepsiyasi; hissiyotlar va ularni boshqarish;ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot. 3. “Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo`linadi: nutq va til; o`qish malakasi; qo`l barmoqlari mayda motorikasi. 4. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo`linadi: intellektual-anglash malakalari; elementar matematik malakalar; tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat. 5. “Ijodiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo`linadi: dunyoni badiiy tasavvur etish; badiiy-ijodiy qobiliyatlar talablar belgilab qo’yilgan, qayd etilgan bo’limlar bo’yicha dasturlar ishlab chiqildi, ular asosida o’qitish uslubi nazariy asoslari adabiyotlar yaratilmoqda. Ushbu Davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari quyidagilarni o`z ichiga oladi: Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog`lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullari ni joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog`lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat. Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; o`quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to`laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga bo`lgan sanitariya-gigiyenik talablarni belgilash; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish me’yorlarini tartibga solish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o`yinlar, o`yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yong`in xavfsizligini ta’minlashga qo`yiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlash.

Yüklə 85,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin