O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA KAFEDIRASI “Matematika analiz” fanidan KURS ISHI Mavzu: Funksiyani to’la tekshirish Bajardi:21_02-guruh talabasi Mamaroziqova Diyora Kafedira mudiri: K. Qodirov Ilmiy rahbar: Farg’ona -2023
Reja:
Kirish
1.Funksiya va uning berilish usullari.
2.Funksiyaning muhim sinflari va uning tatbiqlari.
3.Funksiya hosilasi va uning funksiyaga tatbiqi.
4.Fumksiya limiti va uning funksiyaga tatbiqi.
5.Funksiyani to’la tekshirish bo’yicha tavsiyalari.
Xulosa.
Foyalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish Matematik analiz fani bo’yicha yoziladigan bu kurs ishi, biz talabalarni ikki yil mobaynida mutaxassislik fanlaridan ( Geometriya, Matematik analiz va Aslgebra sonlar nazariyasi) olgan bilim, ko’nikma va malakalarimizni qay darajada ekanini ko’rsatishga yordam beradi. Hozirgi kunda, oily o’quv yurtini tugatayotgan kadrlarning saviyasi yuqori bo’lishida mana shunday topshiriqlar muhim hisoblanadi. Bunda talabalar topshirqlarni bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini erkin bayon qilib berolishi, o’ziga bo’lgan ma’suliyatini, sohasiga bo’lgan qiziqishini hamda o’z murabbiy va ustoz-o’qituvchilariga bo’lgan xurmatini ham belgilab beradi. Ko’pincha bunday topshiriqlarni bajarishda aksariyat talabalar oldin yozilgan turli xildagi manbaalardan foydalanishadi. Bu esa talabalarning ijodiy qobiliyatlariga to’sqinlik qilishi mumkin. Aynan mana shu holatga e’tibor berib, ijodiy yondashishni, ya’ni talaba ko’proq o’z fikri bilan topshiriqni bajarishi, bu kurs ishiga qo’yilgan asosiy maqsadlarga erishishga yordam beradi. Bu maqsadlardan biri mavzuni hayot bilan bog’lashdir. Chunki, hozirgi kuchli va tezkor rivojlanish davrida har bir soha juda muhim hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda har bir talaba berilgan topshiriqni mas’ulyat bilan to’liq bajarishga harakat qilish kerak.
Berilgan mavzu fanning muhim bo’limlardan biri hisoblanadi. Funksiyani to‘la tekshirishdagi turlicha yondashuvlar taxlil har qadamimizda duch kelamiz. Misol uchun bank sohasida, tibbiyot soha ishlarida va matematika fani darsliklarida funksiya bilan uchrashamiz. Bizga ma’lumki, Matematik analiz fanini qurishda funksiyani to’la tekshirish muhim ahamiyatga ega. Aynan mana shu kurs ishimda funksiyani to‘la tekshirishdagi turlicha yondashuvlar taxlil.,turli tatbiqlari haqida yoritilgan. Bunda ilmiy rabarim ko’rsatmasiga tayangan holda vazifa bajarildi. Bu vazifani bajarishda ko’proq amaliy hamda nazariy ma’lumotlardan foydalanib, mavzuni to’liq ochib berishga harakat qilinadi. Bunda mavzuning.