Mavzu: 1-sinfda o'tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish. 60+40, 90-50 ko'rinishidagi misol va masalalarni yechish,yog`indi va qoldiqni topishga doir soda misollar
Sana
Mavzu: 1-sinfda o'tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish . 60+40, 90-50 ko'rinishidagi misol va masalalarni yechish,yog`indi va qoldiqni topishga doir soda misollar.
Maqsad
Ta'limiy: O'quvchilarning 60+40, 90-50 ko'rinishidagi misol va masalalarni yechish hamda geometrik shakllar bo'yicha 1-sinfda olgan bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy: ularda bu fan orqali atrofdagi har bir narsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Metod: Suhbat, savol-javob.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.Yangi mavzu bayoni:
1-sinfda nimalar o'rganilganligi, endi 2-sinfda nimalar o'tilishi, 2- sinf «Matematika» darsligi bilan (muqovasi, mualliflari, undagi .hartli belgilar, 3-betdagi rasm) va u bilan qanday ishlash kerakligi yuzasidan o'quvchilar bilan suhbat o'tkaziladi.
1-misolni yechish (og'zaki).
10, 12, 14, 16, 18, 20 sonlaridan bitta oldin kelagan sonlar quyidagilar: 9, 11, 13, 15, 17, 19;
11, 13, 15, 17, 19 sonlaridan bitta keyin kelgan qo'shni sonlar quyidagilar: 10, 12,14, 16, 18, 20.
2-masalani yechish (yozma). Rasm asosida berilgan masalaning qisqacha yozuvi Qiz bolalar do'ppisi — 6 ta
O'g'il bolalar do'ppisi - ?, 4 ta ortiq.
Yechish: 6+4=10 ta Javob: O'g'il bolalar do'ppisi 10 ta.
3-masalani yechish (yozma). Masalaning qisqa yozuvi: Bor edi - 32 nafar o’quvchi
Qiz bolalar -12 nafar
O’g’il bolalar -?
Yechish: 32-12=20 ta Javob: O'g'il bolalar 20 ta.
III.Dam olish daqiqasi o 'tkaziladi. 4-misolni yechish (yozma):
20+20=40 80-40=40 50+10=60 60+40=100
40-10=30 30+20=50 70-20=50 90-50=40
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: «0'yla, izla, top!» o'yini o'tkaziladi ,sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linadi).
60 +40 -50 +27 -70 =? Yechilishi: 60 bilan 40 ning yig'indisi 100, 100 bilan 50 ning ayirmasi 50, 50 bilan 27 ning yig'inidsi 77, 77 bilan 70 ning ayirmasi 7 ga teng.
5- misol (og'zaki). Hamma shakllar bir so'z bilan qanday nomlanadi?
Yechilishi: 1-shakl - kvadrat, 2-shakl - to'g'ri to'rtburchak, 3-shakl uchburchak, 4-shakl - to'rtburchak. Bu shakllar bir so'z bilan geometrik shakllar deb nomlanadi.
V.Baholash. O`quvchilar darsdagi faolligiga qarab, 5 ballik reyting tizimida httholanadi.
VI. Uyga vazifa: 6, 7- misol.Ularni yechish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beriladi.
MRO`TIBO`____________________
Sana.
Mavzu: 67+3 ko'rinishidagi misol va masalalami yechish .
Maqsad
Ta'limiy: 67+3 ko'rinishidagi misol va masalarni yechish usullari bilan tanishtirish va geometrik shakllar ichidagi uchburchaklami topishga o'rgatish
Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali o'quvchilarda hayotiy ko'nikmalami shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mantiqiy fikrlash va hamkorlikda ishlash, o'zaro yordam ko'nikmalarini rivojlantirish.
Metod: Suhbat, savol-javob.
Jihoz: Tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.O'tilgan materiallarni so'rash va mustahkamlash
Uyga berilgan 6, 7-misollar tekshiriladi.
Matematik diktant o'tkaziladi.
1) 50 bilan 30 ning yig'indisini toping.
2)80 bilan 40 ning ayirmasini toping.
3)49 sonining orqa qo'shnisini toping.
4)61 sonining oldi qo'shnisini toping.
5) 90 bilan 50 ning ayirmasini toping.
6) 50 bilan 60 sonlarining oralig'idagi juft sonlarni toping.
III.Yangi mavzu bayoni. 1- misolning yechilishi tushuntiriladi.
67 + 3= 60 + (7 + 3) = 60+10=70
60 7 + 3 Yechilishi: 67 sonini xona qo'shiluvchilar yig'indisi ko'rinishida ifodalab, so'ng birliklarga birliklarni qo'shib, natija topiladi. 2- masalani yechish (yozma). 1- sinfdan - 27 nafar o'quvchi. 2- sinfdan - ?, 3 nafar ortiq o'quvchi. Yechish: 27+3=30 nafar o'quvchi.
Javob: 2-sinfdan 30 nafar o'quvchi hayvonot bog'iga borgan.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. 3- misolni namuna bo'yicha bajarish: 65=60+5
57 = 50 + 7 32 = 30+2 78 = 70+8
45=40+5 96 = 90+6 29=20+9 —
4- misol (og'zaki). Har bir shaklda nechtadan uchburchak borlgini toppish
Yechilishi: 1-shaklda 2 ta uchburchak bor, 2-shaklda 7 ta uchburchak 3-shakld 5 ta uchburchak bor.
5- masala. (og’zaki) .Rasm asosida masala tuzib yechish:
Bor edi - 10 ta va 7ta koptok Yechish : ( 10+7) + 3 =20 ta koptok
Yana sotib olindi – 3 Javob : 20 ta kaptok
Hammasi - ?
V.Baholash. O`quvchilarning reyting ballari izohlanib ,e`lon qilinadi.
VI.Uyga vazifa masala va: 6-7-misol
MRO`TIBO`____________________
Sana.
Mavzu: 38-30 ko'rinishidagi misollarni yechish. O'rganilgan turdagi misol va masalalarni yechish .
Maqsad.
Ta`limiy:38-30 ko`rinishidagi misollani yechish hamda ayirishning qulay usullai bilan tanishtirish.
Tabiyaviy: o'quvchilarning matematika faniga bo`lgan qiziqishini yanada otirib boorish, har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik bilan bajarishga o'rgatish.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilaning mustaqil vq mantiqiy fikrlash qobiliyatlaini rivojlantirish.
Metod: Suhbat, savol-javob, didaktik o'yin.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida kartochka, tarqatma materiallar
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
Uy vazifasini tekshirish: 6-misol.
47+3=50 68-60=8 36+4=40 87+3=
54+4-58 26-20=6 77-7=70 58+2=
O'rganilgan bilimlarini aniqlash maqsadida”Darchalarni to'ldir o'yinini” o'tkazish.
□□+20=100; □□+5=100; □□-6=60;
□□-40= 50; □□8= 50; □□+3=70.
III.Yangi mavzu bayoni.
1-misol. 38-30=□ko'rinishdagi misolning yechilishini tushuntiris 38 sonini xona qo'shiluvchilar yig'indisi ko'rinishida ifodalab, so'ng o'nliklardan o'nliklarni ayirib, natija topilishini tushuntirish.
38-30 =□
30 8
48+2=50 64+6=70
37+3=40 26+4=30
(30-30) + 8 = 0 + 8 = 8
2-misol. Yechish.
46-20=26 59-50=9
27-20= 7 63-60=3
3-masalani yechish (yozma). Randalashi kerak - 38 ta taxta.
Randaladi - 30 ta taxta. Yechish:
Yana randalashi kerak - ? ta taxta 38-30=8 ta taxta.
Javob: Duradgor yana 8 ta taxtani randalashi kerak.