Mavzu: Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish va ulardan foydalanish Reja: kirish



Yüklə 48,06 Kb.
səhifə1/8
tarix04.11.2022
ölçüsü48,06 Kb.
#67342
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni


Mavzu:
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish va ulardan foydalanish
Reja:
KIRISH
1.Budjet tashkilotlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag’larning o`rni
2. Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish manbalari va unda budjetdan tashqari manbalarning ahamiyati
3.Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirishni kengaytirish yo‘nalishlari
XULOSA
FOYDANANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Budjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida Davlat budjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me‘yoriy huquqiy hamda tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, ―Buxgalteriya hisobi to’grisidagi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Budjet muassasalarini mablag bilan ta‘minlashni takomillashtirish to’grisidagi Qarori, Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida‖gi Nizom, ―Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi Yo’riqnoma, ―O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag’ bilan ta‘minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar va boshqa shu kabi me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat budjeti ijrosining ushbu me‘yoriy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi budjet daromadlari va xarajatlari o’zaro muvofiqligini ta‘minlab kelmoqda. Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uyjoylar, sifatli ta‘lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki budjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi subyektlarda ham o’rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish e‘tiborimiz markazida bo’ladi - deydilar Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev o’z ma‘ruzalarida1 . Budjet mablaglaridan oqilona va samarali foydalanish, budjet taqchilligini oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. ―Albatta, Davlat budjeti o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni 1-Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruzasi. 07.12.2016 yil. www.uza.uz- internet sayti ma‘lumotlari asosida 5 ta‘minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‗lmaydigan haqiqat‖ –deydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o’z nutqlarida 2 . Budjet tashkilotlari budjet mablag‗larining asosiy iste‘molchisi hisoblanib, Davlat budjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida budjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek, budjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq budjetdan tashqari mablaglar yuzasidan tashkil bo’lish manbalari va foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so’nggi natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o’rta muddatli byudjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat budjetining gazna ijrosiga o’tilishi hamda budjet siyosatidagi boshqa o’zgarishlarning amalga oshirilishi budjet tashkilotlarida o’z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, budjetdan tashqari mablaglarni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda.



Yüklə 48,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin