Tadqiqot obyekti. Farg‘ona vodiysi ziyoratgohlarining vujudga kelishi islom dinining dastlabki davrlari bilan bog‘liqdir. Ko‘pincha bu mozorlar islom uchun shahid bo‘lgan kishilar yoki din yo‘lida katta xizmatlar qilgan ulamolar dafn etilgan joylar sifatida qadrlanadi. Bunday joylar Farg‘ona vodiysida o‘rta asrlardayoq ziyoratgoh sifatida muqaddaslashtirilgan.So’ngi yillarda yurtimizdagi tarixiy qadamjolar va ziyoratgohlarga bo’lgan yanada kuchaytirilmoqda .Shuning uchun,tadqiqot obyekti sifatida Farg’ona viloyatida joylashgan ziyoratgohlar tanlab olindi.
Tadqiqot predmeti. Fargo’na viloyatida joylashgan islom dini tarixi bilan bog’liq bo’lgan ziyoratgohlarning arxeologik va etnografik o’rgangan mutaxasislarning tadqiqot natijalari.
Bitiruv-malakaviy ishining davriy chegarasi sifatida Farg’ona viloyatidagi tarixiy ahamiyatga molik bo’lgan, tarixiy qadamjolar va ziyoratgohlarning Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalib borishi bilan bog’liqligi yetarlicha o’rganildi. VIII asrdan Fargo’na vodiysida islom dinining tarqalish davridan to hozirgacha bo’lgan tarixiy davri olingan.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Abdulahatov Nodirbek. Ashirov Adhamjon. Boqijon Matbaboyev. Gayupova Sh. Sarimsoqov Abdulatif. Erkin Xo’jayev. Abdujabbor Rahmonov. Muhammadjon Ahmedov. Mehrinisso Xolmirzayeva. M Hamidjonova . A Nuriddinov. M Umaraliyevlarning tadqiqotlarida atroflicha o’rganilgan.
Bitiruv-malakaviy ishining tarkibi: Tadqiqotning tarkibi kirish, uch bob, to’qqiz paragrif, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I.BOB:Farg’ona viloyatining qadamjolari va ziyoratgohlari tarixi.
1.1.Farg’ona viloyatidagi ziyoratgohlarining arxeologik va etnografik o’zgarishi.
Farg'ona vodiysining shaharlari to'g'risidagi ilk ma'lumotlar eramizgacha II-I asrlarga oid yozma yodgorliklarda tilga olinadi. Xitoy solnomalarida Da-Yuan davlatida (ya'ni Farg'onada) 70 ta katta va kichik shahar mavjud bo'lganligi qayd etilgan.
Qazish ishlari paytida ashyoviy qoldiqlar, shu jumladan maxsus bo'yoqlar bilan nafis gul solingan yuqori sifatli noyob sopol idish, shuningdek, toshdan yasalgan qo'lbola yanchish quroli, hovoncha, pardoz bo'yog'i – surma tayyorlash uchun atalgan vositalar, to'qish asbobi uchun toshlar, bino xarobalari, bir so'z bilan aytganda, majusiylik (butparastlik) dinining alomatlari topilgan. Tabiiyki, bularning barchasi alohida e'tiborga loyiqdir, qazilmalar esa barcha buyumlar mahoratli usta va hunarmandlar tomonidan yasalganligidan dalolat beradi. Marg'ilon to'g'risidagi yozma ma'lumotlar asosan X asrga oiddir.
“Boburnoma”da Z.M.Bobur Marg'ilon Farg'onaning 8 ta shaharlaridan biri ekanligini qayd etadi; shaharning obodligi haqida yozib, mevalarining, xususan, anorning donai kalon, o'rikning subhoniy navlarining shirin ta'miga tan beradi.
Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, shaharning 12 ta darvozasi bo'lgan. Tabiiy-geografik sharoitlarning maqbul ekanligi Marg'ilonning XI-XII asrlarda Buyuk ipak yo'lining shimoliy va janubiy tarmoqlari o'tgan yirik shaharga aylanishiga sabab bo'lgan. Aynan shu davrda butun islom dunyosi tan olgan fikhshunos olim Burhoniddin al-Marg'iloniy yashab, ijod qilgan.
Buyuk Temur va temuriylar hukmronligi davrida ham Marg'ilon Farg'ona vodiysidagi yirik shaharlardan biri deb hisoblangan.
Marg'ilon atlasi – tabiiy shoyidan to'qilgan tengi yo'q matosi bilan butun olamga dong taratgan. Shahar aholisi qadimdan to'qimachilik hamda do'ppido'zlik bilan shug'ullanib keladi, shu bilan birga hunarmandchilikning boshqa turlari, xususan, misgarlik, zargarlik ham keng tarqalgan.
Buyuk ipak yo'li bo'ylab savdogarlar Bag'dod, Qashqar, Misr, Ruminiya va Eronga turli matolarni olib chiqib, sotganlar. XIX-XX asrlarda Marg'ilon O'zbekistonning ipakchilik mmrkaziga aylandi. Qo'qon – O'zbekistonning yirik shaharlaridan biri. Farg'ona viloyati, So'x daryosi etaklarida joylashgan. Temiryo'l tarmog'iga ega. Aholisi – 230 ming kishi (2012 yil ma'lumotlariga ko'ra). Yengil (paxta tozalash, shoyi to'qish va boshqa), kimyo, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish (to'qimachilik mashinasozligi, elektrtexnika sanoati va boshqa.) rivojlangan. Pedagogika instituti, teatr, Hamza uy-muzeyi,
o'lkashunoslik, adabiyot muzeylari bor. X asrdan ma'lum, 1740-1876 yillarda Qo'qon xonligi poytaxti. Shaharda XVIII-XIX asrlarga oid me'moriy yodgorliklar (Madrasai Mir, 1799 yil; Jome masjidi, 1816 yil; Modarixon maqbarasi, 1825 yil; Daxmai Shoxon ansambli, 1825 yil; Komol Qozi madrasasi, 1827 yil; Sohibzoda Miyon Hazrat madrasasi, 1860 yil; Xudoyorxon o'rdasi, 1873 yil) kabi diqqatga sazovor ob'ektlar joylashgan. Shahar - qadimiy xalq amaliy san'ati markazi hamdir.
XVIII asrdan e'tiboran, Qo'qon xonligining poytaxtida ko'plab masjid, madrasa, savdo rastalari, bozorlar, boshqa tarixiy obektlar bunyod etilgan. Ular orasida Xudoyorxon tomonidan 1873 yilda qurilgan O'rda yaxshi saqlangan. Bu binoni “Xudoyorxon saroyi”, deb ham ataydilar. Saroyning umumiy maydoni – 4 gektar, uning poydevori 3 metr balandlikka ko'tarilgan. Shu sababli ham saroyga bosh darvoza orqali kirish uchun sharqiy tomondan maxsus yo'l qurilgan.
Darvozaxonaning ustki qismiga arab harflari bilan “Buyuk Sayid Muhammad Xudoyorxon”, deb yozib qo'yilgan. Saroy qurib bitkazilganida, uning uzunligi 138 metr, kengligi 65 metrni tashkil etgan edi. Saroy 7 ta hovli va 119 ta xonadan iborat bo'lgan. O'sha paytda o'rda ichki va tashqi devorlar bilan o'rab olingandi. Devorlar saqlanib qolmagan, bizgacha faqat ikkita hovli va 19 ta xona etib kelgan, xolos. Bugun bu erda Qo'qon o'lkashunoslik muzeyi joylashgan.
Quva – Farg'ona viloyati Quva tumani markazi. Shaxarda mebel fabrikasi, konserva zavodi bor.
O'rta asrlarda bu erda X asrga oid arab manbalarida esga olingan Qubo shahri joylashgan bo'lib, uning xarobalarigina saqlanib kolgan. Shahar uch qism: qal'a, minorali darvozalari bo'lgan devorlar bilan o'ralgan shahriston hamda rabotdan iborat bo'lgan.
1956-1958 yillarda devorlar ortida o'tkazilgan qazish ishlari natijasida VII-VIII asrlarga oid Buddaning sopol haykallari hamda buddaviy daxmaning turli ilohlari qo'yilgan ibodatxona topilgan; qal'ada esa VII-X asrlarga oid uy-joy va xo'jalik bino-inshootlarining qoldiqlari, kundalik hayotda ishlatilgan narsalar va boshqalar topilgan.
Hozircha olimlar Quvaning haqiqiy yoshini o'rnatganlaricha yo'q, biroq ular ayrim topilmalarga qarab, bo'lajak bepoyon shahriston o'rnashgan joyda ilk aholi manzilgohlari eramizgacha IV-III asrlarda paydo bo'lgan, deb taxmin qilmoqdalar. Ilk O'rta asrlar davrida Kubo (ya'ni Quva) katta ahamiyatga ega bo'lib, shaharda hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilik, zargarlik, misgarlik, metallga ishlov berish kabi tarmoqlar rivojlangan. Qadimgi shahar hududidagi ibodatxonada mahobatli haykalning parchalari, shuningdek, vayron qilingan Budda haykali topilgan bo'lib, bu, Farg'onada buddizmning tarqalganligidan dalolat beradi. Ibodatxona arablar Markaziy Osiyoni istilo qilgan davrda vayron qilingan.
Muarrixlar Quvani O'rta asrlarda yashab o'tgan buyuk qomusiy olim – Ahmad al-Farg'oniyning ona yurti, deb hisoblaydilar. Zamonaviy shaharning deyarli markazidagi o'n besh gektarlik maydonda qal'ali shahriston joylashgan.
Bugungi Quva bog' va uzumzorlari, ayniqsa, shirin anorlari bilan dong taratgan go'zal va navqiron shahar hisoblanadi.
Shohimardon – O'zbekistonning eng go'zal go'shalaridan biri. Bu tog'li qishloq Farg'onaning janubidan 55 kilometr narida, dengiz sathidan 1550 m. balandlikda, Oloy tizmasi yonbag'rida joylashgan. Shohimardon hududidan tog'lardan ikki tomondan oqib keladigan soylar – Oqsuv va Ko'ksuv o'tib, ularning suvlari birlashib, Shohimardonsoyni tashkil etadi. Farg'onadan qishloqqa etib olish uchun yo'lda Shohimardonsoyni etti marta kesib o'tishga to'g'ri keladi.
Shohimardon (1934 yildan 1991 yilgacha Hamzaobod deb nomlangan) – qo'shni Qirg'iziston hududida joylashgan O'zbekistonga qarashli kichik anklavdagi tog'li kurort (1934 yildan)dir. Oqsuv va Ko'ksuv soylari tutashgan,
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida Bibi Ubayda ziyoratgohi bor. Bu ziyoratgohi o‘zining tarixiyligi va ijtimoiy salmog‘i jihatdan e’tiborga loyiqdir. Ziyoratgoh Buvayda qishlog‘idan 8 km sharqda, Markaziy Farg‘ona cho‘lining g‘arbiy poyonida joylashgan. Qishloq “Bibi Ubayda” (“Hazrat Bibi”, “Buvimmozor”) nomi bilan yuritiladi. Bu yerdagi qabristonga vodiyda musulmonlikni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan, birinchilardan bo‘lib haj ziyoratiga musharraf bo‘lgan, (Farg‘ona vodiysiga islom dinini yoygan arab sarkardasi Said ibn Usmonning zavjasi) Bibi Ubayda (r.a.) dafn etilgan. Bu joy keyinroq katta qabriston va ziyoratgohga aylanib ketgan, - deb yozilgan tarixchi olimlar Nodir Abduahatov, Abdujabbor Rahmonov, Muhammadjon Ahmedovning “Buvayda ziyoratgohlari” kitobida.
Bibi Ubaydo ziyoratgohi Fargʻona viloyati Buvayda tumani Buvyada qishlogʻida joylashgan muqaddas ziyoratgohlarda biri hisoblanadi. Bu ziyoratgoh majmuasi tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bibi Ubaydo xonim nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh 10-11 asrlardan buyon mavjud, Bibi Ubaydo xonim yashagan joylari ustida qurilan bu ziyoratgoh 2005 yili butunlay taʼmirdan chiqarilgan va uning tarkibida boʻlgan xar bir inshoot qayta qurildi va taʼmirlandi. Taʼmirdan chiqqan muqaddas maskan yilning har bir faslida ziyoratchilar bilan gavjum .3
Bibi Ubaydo ziyoratgoxi tarixi Buvayda tumani tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Buvayda soʻzining atalishi ham Bibi Ubaydo xonimning ismlaridan kerlib chiqqan deb hisoblandi.10 −11 asrlar oraligʻida Fargʻona voidiysi hududida hukumdorlik qilgan sulola malikasi boʻlgan Bibi Ubaydo xonim, hozirgi ziyoratgoh hududida koʻp yillar davomida yashgan. Koʻp yillar davomida nochor odamlarga yordam berib kelgan va ularning xolidan xabardor boʻlgan, xalq orasida katta xurmatga ega boʻlgan Bibi Ubaydo xonim keyinchalik shu ziyoratgoh xududida vafot etgan va dafn etilgan Ziyoratgox hududi 19-20 asrlarda juda haroba koʻrinishga kelib qolgan. Uning qayta taʼmirlanishi natijasida uning asl qiyofasi qayta tiklangan. Bumozor qishlogʻi hududida joylashgan maskan kuniga ikki yuzga yaqin ziyoratchilar, mehmonlar va sayyohlar tashrif buyuradiBibi-Buvayda rafiqasi Shohi Jalil bilan Madinaga yoʻl oldi, ammo Qoʻqonda vafot etib, qabrlari oʻsha yerda qolib, mozorga aylandi. Bibi-Buvaydani fargʻonalik ayollar alohida e’zozlashgan. Rivoyatlarga koʻra, u birinchi fargʻonalik ayollar qatorida islom dinini qabul qilgan. Har yili odamlar uning xotirasini sharaflash uchun bu erga kelishadi. Keyinchalik Bibi Buvayda mozori bilan bog'liq ba'zi xurofotlar paydo bo'ldi: «Bibi Buvayda mozoriga bormagan ayollarning taomlari mazali bo'lmaydi». Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida Bibi Ubayda ziyoratgohi bor. Bu ziyoratgohi o‘zining tarixiyligi va ijtimoiy salmog‘i jihatdan e’tiborga loyiqdir. Ziyoratgoh Buvayda qishlog‘idan 8 km sharqda, Markaziy Farg‘ona cho‘lining g‘arbiy poyonida joylashgan. Qishloq “Bibi Ubayda” (“Hazrat Bibi”, “Buvimmozor”) nomi bilan yuritiladi. Bu yerdagi qabristonga vodiyda musulmonlikni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan, birinchilardan bo‘lib haj ziyoratiga musharraf bo‘lgan, (Farg‘ona vodiysiga islom dinini yoygan arab sarkardasi Said ibn Usmonning zavjasi) Bibi Ubayda (r.a.) dafn etilgan. Bu joy keyinroq katta qabriston va ziyoratgohga aylanib ketgan, - deb yozilgan tarixchi olimlar Nodir Abduahatov, Abdujabbor Rahmonov, Muhammadjon Ahmedovning “Buvayda ziyoratgohlari” kitobida.
Farg‘ona vodiysi ziyoratgohlarining vujudga kelishi islom dinining dastlabki davrlari bilan bog‘liqdir. Ko‘pincha bu mozorlar islom uchun shahid bo‘lgan kishilar yoki din yo‘lida katta xizmatlar qilgan ulamolar dafn etilgan joylar sifatida qadrlanadi. Bunday joylar Farg‘ona vodiysida o‘rta asrlardayoq ziyoratgoh sifatida muqaddaslashtirilgan.4
Shunday qilib, o‘zbek mentalitetining muhim belgilaridan biri bo‘lmish muqaddas joylarni ziyorat qilish aslida islomdan oldingi diniy e’tiqodlar – animizm va fetishizm bilan bog‘liqdir. Islomiyat davrida bu qadimgi udum transformatsiyaga uchrab, ziyoratgohlar islom dini arboblarining nomi bilan bog‘landi. Shu yo‘l bilan islom targ‘ibotchilari oldingi diniy e’tiqodlarni bartaraf etish va yangi islom dinini qaror toptirishga uringanlar. Hozirgi kunda esa bu ziyoratgohlarni tavof qilish xalqimiz uchun o‘tganlar ruhini shod etish, o‘z ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqishiga umid bog‘lash kabi optimistik xislatlarini o‘zida namoyon etmoqda. Xalqimiz ayollar nomiga oid ziyoratgohlarga nisbatan ko‘p hollarda «Bibi», «Momo», «Ona» «Buvi» atamalarini qo‘shib aytish bilan ularni o‘zlariga eng yaqin mehribon insonlar sifatida qarab, «onajonimiz», «buvijonimiz», «momomiz», deya hurmat ma’nosida tilga oladilar. Shu sababdan “Bibi Ubayda” ziyoratgohi xalq tilida “Buvimmozor” deb yuritiladi.
Yakkayu yagona o‘g‘lidan judo bo‘lgan Bibi Ubayda o‘z yurtidan bosh olib, muqaddas shahar - Makkayu Madinaga ravona bo‘ladi. U bilan birga kelini va nabirasi Muhammad Jarir hamrohlik qiladilar. Farg‘ona cho‘llaridan o‘tish chog‘ida kuchli bo‘ron (Qo‘qon shamoli) ularni biri-biridan ajratib yuboradi. Odamlar ularni izlab topishgan chog‘da fursat qo‘ldan berilgan edi. Chunki ularning barchasi qum ostida qolib ketib, fojiali halok bo‘lgan edilar. Ularni qayerdan topishgan bo‘lsa, shu yerning o‘ziga dafn etadilar. Natijada bir-biridan 2-3 chaqirim uzoqlikda ikki mozor qad ko‘taradi...
Ziyoratgohga kirganingizda maqbara ichidagi bitta xonada katta va kichik qabrlar, qo‘shni xonada yana bitta qabr bor. Katta qabr Bibi Ubaydaning nabirasi Shoh Jarirniki bo‘lib, kichik qabr Bibi Ubaydaga tegishli. Qo‘shni xonadagi qabr esa Bibi Ubaydaning kelini Badi’abonu qabridir, — deydi bugungi kunda Buvayda tumani tarixini yozayotgan faxriy o‘qituvchi Erkin Xo‘jayev. — Hozirda Buvimozor qabristonidagi Bibi Ubaydaning maqbaralari ziyoratchi ayollar bilan hamisha gavjum. Keksalarni aytishiga ko‘ra, avvallari Bibi Ubayda mozori shu qadar mashhur bo‘lganidan «Bibi Ubaydani hayotida biror marta bo‘lsa ham ziyorat qilmagan ayolning oshi haromdir yoki bo‘yi yetgan qiz uch marta Bibi Ubaydani ziyorat qilmasa, pishirgan taomi halol emas», degan iboralar ham xalq orasida keng tarqalgan ekan. Bibi Ubayda mozori - bu ayollarga xos ziyoratgoh deyish mumkin. Zero, bu yerga asosan ayollar ziyoratga keladi.
Ziyoratchilarning biri bilan suhbatlashamiz:
Men Uchko‘prik tumanidagi Gul qishlog‘ida yashayman, — deydi o‘zini Oygul Tojiboyeva deb tanishtirgan ayol, — har yili ikki yoki uch marta bu yerni ziyorat qilib ketamiz. Negaki, bizning bolaligimizdanoq ayollar, qizlar, qizaloqlar bu yerga kelib, ko‘ngilidagi ezgu tilaklarni bildirib, o‘zining niyatlari amalga oshishi uchun “buvimiz (Bibi Ubayda nazarda tutilyapti)ning vasila qilib Allohdan so‘rash kerak deyishadi. Avval bizning bolaligimizda bu yer qarovsiz joy edi. Qabristonga yaqin uylardan biriga kirib, o‘sha yerda osh pishirib yeb ketardik. Mustaqillikdan keyin muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish, ziyoratgohlarni qayta tiklashga katta e’tibor berilganligi sababli, bu yerda ham ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi. Soya-salqin boqqa ayvonli so‘rilar qurildi, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Yildan-yil ziyoratgoh obod bo‘lib boryapti.Shu o‘rinda yana savol tug‘iladi? Bu yerga ziyoratga keluvchilar faqat islom diniga e’tiqod qiluvchilarmi? Yoki boshqa din vakillari ham bormi?
Qishlog‘imiz tuman markazidan 17-18 km. uzoqlikda joylashgan. Ziyoratgoh tumanimizning sayyohlik ob’ektlaridan biri. Bibi Ubayda onamiz haqidagi rivoyatlar sabab bu yerga tashrif buyuruvchilar yil sayin ortib bormoqda. Qishda odam siyraklashishi mumkin. Ammo erta bahordanoq bu yer gavjumlasha boshlaydi. To‘g‘risi, biz kelgan odamlardan qaysi millat vakilisiz, qaysi dinga e’tiqod qilasiz deb so‘ramaymiz. Hozirgi kunda tashrif buyurayotgan sayyohlar orasida turli millat vakillari bor. Ular kelib bu yerning tarixi haqida so‘rashadi, rasm va videolarga olishadi. Biz buvimiz (Bibi Ubayda nazarda tutilyapti) haqidagi rivoyatlarni so‘zlab bersak, ular yon daftarlariga yozib olishadi. Ba’zi sayyohlar o‘z tilida duo o‘qiydi, - deydi “Bibi Ubayda” ziyoratgohi xodimi Odinaxon Shermatova.
Yana, tarixchi olim Nodir Abdulahatovning kitobida bayon etilgan fikrlarga qaytamiz: “Aytishlaricha, Bibi Ubayda yetti mashhur bibilardan biri bo‘lib, ziyoratga ayollar yettita chalpak pishirib kelganlar. Haftaning har chorshanba kuni ziyoratdan tashqari «Buvimni sochini yuvish» marosimi ham bajarilgan. Unga ko‘ra, har bir ayol taroq va qatiq olib kelgan. Emishki, Bibi Ubayda kunlarning birida ziyoratga kelgan bir xasta qizga ko‘ringan va undan sochini yuvishga yordamlashishni iltimos qilgan. Bemor qiz Bibi Ubaydaning sochini har haftaning juma kuni kelib yuvishga yordam bergan. Shu tarzda u o‘z kasaliga davo topib, darddan forig‘ bo‘lgan ekan. Ziyoratga kelgan ayollar Bibi Ubayda oq libos kiyib yuradi deb tasavvur qilganlar va shuning uchun ham Bibi Ubayda mozori oldiga oq surpni yoyib, o‘z tilaklarini aytganlar.Shu o‘rinda yana bir gapni aytib o‘tish lozim. Erkaklar va ayollarning ziyorat odobi ham o‘ziga o‘ziga xos bo‘ladi. Bu yerda ayollar guruh-guruh bo‘lib kelishadi. Osh-ovqat pishirib, ba’zida o‘yin-kulgu qilishadi, childirma chalib, xalq laparlari va qo‘shiqlarini kuylab hordiq chiqarishadi. Qabr yoniga oq surp, oq ro‘mol, turli pishriqlar, pul qo‘yib ketishadi. Bu yerda tilagan niyatlari amalga oshgach, yana kelib boshqadan ziyorat qilib ketishadi.
Keyingi yillarda mustaqilligimiz sharofati bilan oʻtmish tarixga, boy madaniy merosga boʻlgan qiziqish ortdi. Tariximizni birlamchi manbalar asosida oʻrganmay turib, kelajakni qurish, madaniy-maʼrifiy va milliy oʻzligimizni anglash qiyin, degan fikrni prezident I.A. Karimov bir guruh tarixchilar va jurnalistlar bilan uchrashuvlarida taʼkidlab oʻtgan edi. Bu uchrashuvlarda milliy oʻzligimizni sarchashmasi tarix va madaniy meros ekanligi alohida taʼkidlanib, ularga munosabat davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Vazirlar Mahkamasining 7-iyul 1998-yildagi “Oʻzbekiston respublikasi FA Tarix Instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” chiqargan qarori bunga misol boʻla oladi. I.A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” nomli asarida olgʻa surilgan gʻoyalar oʻzbek xalqi va uning davlatchilik tarixining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda. “Oʻzlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi... Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa oʻzlikni anglash mumkin emas... Davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun gʻoyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim” (Islom Karimov., 1999. № 1). Taʼkid etilgan hujjatlarning muhim tomonlaridan biri - ularda mamlakatimiz xududida eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha boʻlgan davlatchilik tarixi va uning bosqichlarini, shu xududda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy hayotini keng va chuqur oʻrganish uchun qulay shart- sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berildi. Jumladan, oʻzbek xalqining koʻhna dehqonchilik madaniyati, uning ilk markazlaridan biri boʻlmish Fargʻona vodiysi tarixini oʻrganishga ham katta ahamiyat berildi. Kishilik jamiyatining daholaridan biri Arnold Toynbi vodiyga “Qadimgi Fargʻona – jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biridir” deb taʼrif berishi bejiz emas.Qadimgi Fargʻona Baqtriya, Soʻgʻd, Xorazm kabi Turon zaminning yirik tarixiy-madaniy oʻchoqlaridan biri hisoblanib, umumbashariyat madaniyatiga qoʻshgan munosib hissasi tufayli “Fargʻona sivilizatsiyasi” degan nom ostida jahon tarixiga kirgan. Adabiyotlarda “Oʻrta Osiyo javohiri” deb nom olgan Fargʻona vodiysi suv manbalariga boy, iqlimi moʻtadil, tuprogʻi unumdor boʻlib, bu zaminda insonni yashab mehnat qilishi uchun juda qulay tabiiy shart-sharoitlar mavjud boʻlgan. U insoniyat tarixining ibtidosidayoq eng qadimgi odamzot ajdodlarining makonlaridan biri boʻlgan. Jumladan, Janubiy Fargʻonadan topilgan tosh qurollari va odam suyaklariga qaraganda, bu oʻlka Markaziy Osiyoda insoniyatning eng qadimgi vakillari paydo boʻlgan, shakllangan mintaqalar qatoriga kiradi Afsuski, vodiydagi mavjud koʻp sonli arxeologiya yodgorliklarining aksariyati XX asrning 40-yillaridan boshlab qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish ishlari davrida buzilib ketgan. Buning ustiga ularning oʻrganilishi ham boshqa tarixiy madaniy oʻlkalariga nisbatan kechroq boshlangan. Natijada, tarix fanida Fargʻona vodiysi yuksak rivojlangan sivilizatsiya markazlaridan orqada qolgan chekka oʻlka, degan notoʻgʻri tasavvurlar paydo boʻldi. Shunday qarashlar oqibatida qadimgi Fargʻona ilk dehqonchilik madaniyatining asosi hisoblangan, soʻnggi bronza davriga mansub Chust madaniyati yodgorliklari mil.avv. VIII-VII asrlarga oid deb, yoki Dalvarzin yodgorligini vodiyda oʻrganilgan ilk shahar ekanligiga shubha bilan qaraldi Fargʻonaning soʻnggi bronza davri yodgorliklarini har tomonlama oʻrganish natijasida, aniqlanishicha, dastlab dehqonlar qarorgohi, keyin shaharmonand qalʼa-qoʻrgʻonlar, soʻngra esa ilk shaharlar paydo boʻladi. Dalvarzin oʻzining tarixiy topografiyasi va oʻziga xos moddiy madaniyati bilan nafaqat vodiyda, balki Oʻzbekistondagi ilk shaharlar qatorga kiradi. Qolaversa, uning vodiyning eng qadimgi oʻtroq dehqonchilik va hunarmandchilik markazi boʻlgani endilikda haqiqatga yaqindir Yana bir necha arxeologik yodgorliklar Chust, Ashqoltepa, Dehqon, Xoʻjambogʻ (maydoni 4-13 ga) kabilar ham oʻz navbatida qadimgi voha dehqonchiligi markazlari boʻlgan. Demak, mil. avv. II mingginchi yillikning oxirgi choragidan vodiyda ilk shaharlar, shaharmonand qalʼa- qoʻrgʻonlar tarkib topgan. Ilk shaharlar shubhasiz, dastlabki irrigatsiya inshootlari asosida yuzaga kelgan. Irrigatsiya tarmoqlarining mavjudligi va hunarmandchilikning rivojlangani, shubhasiz, dastlabki davlatchilikning asosiy belgilaridandir. Ilk temir va antik davrlarda ham Fargʻonada (mil. avv. VI-IV va milodiy IV asrigacha) dehqonchilik madaniyati anʼanalari davom etadi.5
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining, jumladan oʻzbeklarning etnogenezi, ularning davlatchilik tarixi,atrofidagi xalqlar va davlatlar bilan munosabatlari, bu munosabatlarga taʼsir koʻrsatgan tashqi omillar, madaniy va xalqaro savdo aloqalarda tutgan oʻrni kabi masalalar hali toʻla yoritilmagan masalalardan hisob- lanadi. Bular kabi yechimini topmagan muammolarning va aniqlik kiritilishiga muhtoj mavzularning dolzarb- ligi hech kimda shubha uygʻotmaydi, zero har bir xalq tarixining mukammal va toʻliq boʻlishi nafaqat fan uchun, balki barkamol yosh avlodni munosib tarbiya- lashda, ularning ongida milliy gʻoyani, vatanparvarlik ruhini shakllantirish hamda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi zamon tariximizdagi boʻsh sahifalarni toʻldirishda dunyo tarixidagi turli xalq va millat-larning tillarida bitilgan yozma manbalarni, yirik tarixchi olimlarning ular ustida olib borgan tadqi-qotlarini, xususan Markaziy Osiyo tarixiga bevosita bogʻliq boʻlgan Xitoy xalqining qadimgi yozma manbalarini chuqur va atroflicha oʻrganish, ulardagi maʼlumotlarni ilmiy muomalaga kiritish bu maqsad sari qoʻyilgan toʻgʻri qadamlarning biridir. Qadimgi zamon tariximizga oid mahalliy yozma manbalarning yoʻqligi xitoy tilida saqlanib qolgan maʼlumotlarni oʻrganish masalasini yanada dolzarblashtiradi.
Tarixdan maʼlumki, miloddan avvalgi birinchi mingyillikning birinchi yarmi davomida Xitoy mayda xonliklarga boʻlinib yashagan. Shu davrda bir qator geografik, tarixiy va falsafiy asarlar bitilgan. Ular orasida “Shanxay jing” (山海经 – “Togʻlar va dengizlar bayoni”) va “Erʼya” (尔雅 – “Sharhlar” yoki “Sharhlar
toʻplami”) kabi ikki asar alohida oʻrin tutadi. Birinchi asarning muallifi nomaʼlum, lekin uning bitilgan vaqti mil. av. 475-221-yillarga toʻgʻri keladi. Ikkinchisi – mil. av. XI asrdan mil. III asrgacha boʻlgan davr davomida Xitoyda turli nomaʼlum mualliflar tomonidan yozilgan sharhlar toʻplami. Mazmunan u 3 qismdan iborat boʻlib, ularning birinchisi koʻhna bitiklar va turli asarlar matnini, ikkinchisi qadim zamonda ishlatilgan soʻzlarni va uchinchisi bilimdonlar nasihatlarini sharhlashga bagʻishlangan.Tarixiy asarlar ichida “Shangshu” (尚書 – “Qadimiy kitob” yoki “Qadimiy tarix”)8 , “Shyashu” (夏書 – “Shya kitobi” yoki “Shya [sulolasi] tarixi”), “Szochjuan” (左 转– “Szuo bayoni”) kabi manbalar ham eʼtiborga molik- dir. Birinchi asar mil. av. 475-221-yillarda yozilgan boʻlib, u ilgari bitilgan bir qator asarlarning majmuasi hisoblanadi. Unda keltirilgan voqealar bayoni mil. av. XVI-XI asrlarda mavjud boʻlgan Shang va mil. av. 1066-771-yillarda hukmronlik qilgan Gʻarbiy Chjou (“Shi-Chjou” 西周) sulolalari hayotiga tegishlidir.
Xizr alayhissalom Rishtonda dafn etilganmi?
Yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish orqali hududlarning obodligini oshirishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Xususan, Fargʻona viloyatining Rishton tumani “Boʻston” mahallasi hududida joylashgan Xizrbuva ziyoratgohi ham yilning toʻrt faslida respublikamizning turli mintaqalari, hatto, qoʻshni davlatlardan kelgan duotalablar bilan gavjum.Mahalliy aholining taʼkidlashicha, bu yerga Xizr alayhissalom dafn etilgan. Ziyoratchilar sonining keskin oshganiga 15-20 yilcha boʻldi. Buning natijasida oʻtgan vaqt mobaynida hudud tanib boʻlmas darajada oʻzgardi. Mahallada kulolchilik va boshqa milliy hunarmandchilik ustaxonalari, hashamatli doʻkonlar qad rostladi. Ziyoratgoh atrofida milliy oʻyinlar — kurash, dor namoyishi boshlanadi. Aholining daromadlari oshib, bugun yigʻinda kam taʼminlangan oilaning oʻzi qolmadi. Mahalla borgan sari obodlashib, kichik shaharcha koʻrinishini olmoqda.6
Tanganing ikkinchi tomoni
Biroq masalaning boshqa tomoni ham bor. Muqaddas dinimizda sehrgarlik, fol ochish katta gunoh hisoblanadi. Ziyoratgohda esa aynan shu kabi amallar bajarilmoqda. Bu yerda “bashoratchilik”, qoʻrgʻoshin eritib qandaydir “jodu” qilish, boshqa “sehrgarlik” xizmatlarini joriy etgan “kompaniya”lar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Albatta, buning uchun yaxshigina “nazr” ham undiriladi. Xizrbuva ziyoratgohi mahalliy aholi eng koʻp boradigan maskanlardan biri, — deydi Bogʻdod tumanidan mehnat faxriysi Mehriniso Xolmirzayeva. — Odamlarning Hizr alayhissalomga boʻlgan ixlosidan bir guruh firibgarlar daromad orttirish maqsadida foydalanishayotgani ayanchli holat. Chekkadan bir folbinni kuzatdim. Yarim soatda 3 nafar mijozdan 100 ming soʻmdan ortiq pul ishlab oldi. Bundan tashqari, u mijozlarga fol uchun zarur, deya, “balo-qazoni bartaraf qiladigan” narsalar xarid qilishni buyurib, sheriklarining ham boyishiga koʻmaklashib yubordi.Haqiqatan ham, Xizr nazar solganmi?Ziyoratgoh qachon barpo etilgani toʻgʻrisida mahalliy rivoyatlar, ilmiy manbalarda biror eslatma yoʻq. Maskanning xislatlari bilan bogʻliq el ogʻzidagi aksariyat fikrlarning tarixi 30-40 yildan nariga oʻtmaydi. Ammo hududda istiqomat qiladigan ziyolilar ziyoratgoh qadimdan mavjud boʻlganini taʼkidlashadi. Yoshim oltmishdan oshgan, — deydi “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Adhamjon Sobirov. — Esimni taniganimdan buyon shu yerda Xizr boboning maqbarasi borligi toʻgʻrisida rivoyatlarni eshitib kelaman. Toʻgʻri, bu rivoyatlar faqat mahalliy aholi orasida tarqalgandi. Shohimardon pirim va boshqa chegaralarimizdan tashqaridagi ziyoratgohlarga borish ogʻirlashgach, maskanning mashhurligi oshib ketdi. Ilgari maqbara bir tup sada daraxti ostidagi supa tarzida boʻlardi. Oʻshanda ham mahalliy aholi, ayollar shu yerdan farzand, turmush oʻrtoqlarining ishlarini yurgizishni soʻrab kelishgan.
Mahallamizdagi 60 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlik asosida bejirim milliy kulolchilik buyumlari, esdaliklar, haykalchalar yasaladi. Umuman aholining uchdan ikki qismining roʻzgʻori Xizr bobo ziyoratgohi tufayli but. Oʻtgan yili Respublika ishchi guruhi kelib hududimizdagi ahvolni oʻrgandi. Bu yerdagi tadbirkorlarga qulayroq sharoitlar yaratib berish borasida taklif va tavsiyalar berishdi. Natijada mahallamiz “Obod qishloq” dasturiga kiritilib, katta taʼmir ishlari olib borildi.Jumladan, ziyoratchilar koʻpligidan yoʻllarimizda tirbandlik kuzatilayotgandi. Katta koʻchaning kengligi 47 metrgacha kengaytirildi. Ichki yoʻllar toʻliq taʼmirdan chiqarildi. Toza ichimlik suvi tortib kelindi. Barcha simyogʻochlar, elektr simlari, transformatorlar almashtirildi. Doʻkondorlar doʻkon va ustaxonalarni ikki qavatli qilib qayta qurish, binolarni milliy meʼmorchilik anʼanalariga moslashtirish uchun kredit oldilar. Hududimizga, rostdan ham, Xizr nazar qilganining isboti shu emasmi?Ulamolar nima deydi? Diniy ulamolar Xizr alayhissalomning bu yerda dafn etilgani toʻgʻrisida biror-bir manba yoʻqligini taʼkidlashadi. Mazkur maqbara atrofidagi “sehrgarlik” bilan bogʻliq voqealarni katta gunoh, diniy savodsizlik va firib yoʻli bilan daromad qilish deb hisoblashadi.
Toʻgʻrisini aytganda, ushbu jamoani gunohdan qaytarishga urinishlar koʻp boʻldi, deydi Rishton tumani imom-xatibi noibi Bozorjon qori Mamajonov. — Deyarli har juma namozida shu mavzu koʻtariladi. Ammo loʻttibozlarga ixlos qilayotganlar soni tobora ortib bormoqda. Bu yerga kelayotganlarning son-sanogʻi yoʻq. Odam koʻpligidan yoʻllarda qadam bosishga joy qolmaydi. Mahalliy aholi bu joyni “Baraka mozor” deb ataydi. Goʻyoki ziyoratchilarning kasb-koriga, roʻzgʻoriga baraka kirarmish. Keyingi paytlarda qoʻshni viloyatlar, respublikamizning boshqa hududlaridan ham odamlar kelib, goʻyoki “omad tumori” yasatishyapti, qoʻrgʻoshin quydirib fol ochirishyapti.Tuprogʻidan xastalik bor joylarga surtish shifobaxsh deb hisoblashyapti. Qandaydir duoni pichirlab oʻqib, piyolaga eritilgan qoʻrgʻoshin quyib qilinadigan “bashorat”larga odamlar ishonishyapti. Maqbaraning diniy-madaniy yoki tarixiy ahamiyati toʻgʻrisida biror narsa aytolmayman. Diniy manbalarda bu haqda hech qanday maʼlumot yoʻq. Bizningcha, duotalablar ishlari rivojini Yaratganning oʻzidan soʻragani, savobli amallarni koʻproq bajargani Allohga xush kelardi.
Dostları ilə paylaş: |