MAVZU: OMMAVIY MADANIYAT VA AXBOROT XURUJI
Reja:
1. Ommaviy madaniyat tahdidi.
2. Globallashuv sharotida axborot xurujining namoyon bo`lish
shakllari.
3. YOshlarni axborot xurujlardan himoya qilishda ma’naviy
tarbiyaning o`rni.
Tayanch iboralar: axborot, ommaviy madaniyat, axborot xuruji,
ta’lim-tarbiya, madaniyat, yolg`on axborot tarqatish, milliy – ma’naviy
qadriyatlar, kiberterrorizm, o`rgimchak to`ri, axborot manbai, ijtimoy
ong, milliy, umuminsoniy, yoshlar, xuruj, informatsion, tahdid, internet,
ijtimoiy tarmoqlar.
1. Ommaviy madaniyat tahdidi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2017 yil 7
fevraldagi
PF-4947
sonli ―O`zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risidagi Farmonida
yurtimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo`nalishlari
aniq belgilab berildi. Mazkur Strategiyaning 4-5-yo`nalishlarida
―yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish hamda axborot
xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o`z vaqtida va munosib
qarshilik ko`rsatish dolzarb vazifa sifatida belgilangan.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda barkamol avlodni
tarbiyalash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri
sifatida e’tibor qaratilib, kelajak avlodni intellektual, jismoniy rivojlanishi
bilan bir qatorda ma’naviy va ahloqiy kamoloti yo`lida keng qamrovli
ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. YUrtimizda barkamol avlod tarbiyasi,
ularda xar tomonlama milliy va ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirish
borasida fikr yuritar ekanmiz, ommaviy madaniyat masalasiga alohida
e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot vositalari rivojlanib borgan sayin ulardan g`arazli maqsadlar
uchun foydalanayotganlar ham ko`payib bormoqda. Bunday maqsadlarni
ko`zlaganlar inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi ma’lumotlarni tarqatish,
avvallari insonlar qilishdan jirkanadigan ishlarni bemalol amalga
oshirishning uyat va ayb sanalmasligiga ishontirish orqali tahdid
solmoqdalar. Jamiyatning ma’naviy jihatdan zaif qatlami hisoblanuvchi
yoshlar ongi va shuuriga ta’sir etuvchi, ularni hayosizlik va axloqsizlik
ko`chasiga olib kiruvchi illatlarni tap tortmasdan qilaverishga undovchi bu
tahdid ommaviy madaniyat niqobi ostida kirib kela boshladi.
O`zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning ―Kamolot yoshlar
ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida - ―Ma’lumki, yosh avlod
tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega
bo`lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan
ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Tarbiya qancha
mukammal bo`lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi, deydi donishmandlar.
Tarbiya mukammal bo`lishi uchun esa bu masalada bo`shliq paydo
bo`lishiga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. E’tiqod, oilaviy qadriyatlarga
putur etkazayotgan xavflarni sanab o`tdi. Diniy ekstremizm, terrorizm,
giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, ommaviy madaniyat
kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib kelgan
e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda, - deb ta’kidlaganlar.
O`zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg`un qabul qilish, ma’naviy va
axloqiy fazilatlarga yangicha munosabatlar, an’analar shakllandi. Ayni
paytda, jamiyatni demokratlashtirish jarayonida turli ma’naviy va axloqiy
qadriyatlarga zid bo`lgan tahdidlar ham paydo bo`lib kelmoqda.
Bugungi butun dunyoda axborotlashuv va globallashuv jarayoni avj
olgan paytda turli kurashlar ham tobora kuchayib bormoqda. Ayrimlar
buni yigirma birinchi asrning yangiligi deb, ―madaniyatga
o`xshatayotgan bo`lsada, bu jarayonlar o`sib kelayotgan yosh avlod
qalbiga, ongu-shuuriga salbiy ta’sir ko`rsatayotganini aslo unutmasligimiz
kerak. Bugungi kunda hech bir xalkning milliy va ma’naviy an’anasi,
odatlariga to`g`ri kelmaydigan turli ―urf-odatlar ko`paymokda. Achinarli
jihati shundaki, ko`pchilik, xususan ayrim yoshlar uning ta’siriga tushib
qolmoqda. Bu narsa yoshlarimizning yurish-turishida, kiyinishida, o`zini
tutishi-yu boshqalar bilan bo`ladigan muomalasida ko`zga tashlanadi.
Bunday yot g`oyalar esa bizning milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga
aslo to`g`ri kelmaydi. Turli nayrang va xatarlardan ogoh, sergak va
hushyor bo`lishimiz lozim. So`nggi paytlarda ma’naviyatimizga zid
bo`lgan turli g`arazli kuchlar ommaviy madaniyat niqobi ostida
yoshlarimiz ongiga ta’sir o`tkazishga harakat qilmoqda. ommaviy
madaniyat g`arb dunyosida o`tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi.
Uni g`arbda ―populyar yoki qisqartirilgan holda, ―pop-kultura (ya’ni
ommaviy madaniyat) deb atashadi. Garchi ―madaniyat deb atalsa-da,
aslida, tub mazmun-ma’nosiga, maqsad-niyatiga ko`ra ommaviy
madaniyat chinakam madaniyatning kushandasidir.
Mutaxassislarning
fikrlaricha,
hali
ilm-fanda
―antikultura
(―g`ayrimadaniyat) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun
ommaviy madaniyat tushunchasi, nochorlikdan qo`llanilmoqda. CHunki,
ommaviy madaniyat, aslida madaniyatsizlik, ya’ni ma’naviyatsizlik va
axloqsizlikning sinonimidir.
Dostları ilə paylaş: |