Mavzu: Xalq o`g`zaki poetik ijodi. Xalq o`g`zaki ijodi janrlari



Yüklə 60,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix18.06.2023
ölçüsü60,63 Kb.
#132131
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
,651320,



Mavzu: Xalq o`g`zaki poetik
ijodi. Xalq o`g`zaki ijodi janrlari.
Davlat talabi:
Xalq o`g`zaki ijodi
namunalarining badiiy- axloqiy
taraqiyotga
ahamiyati
haqidagi
bilimlarni boyitish.
REJA:
I
.Kirish:
Xalq og`zaki ijodi- folklor haqida
ma`lumot.
II.Asosiy qism:
a)xalq og`zaki ijodi janrlari.
b)xalq og`zaki ijodi oilada bolalarni
tarbiyalovchi vosita sifatida.
III.Xulosa:O`quvchilar
ma`yaviyatining yuksalishida xalq


2
og`zaki ijodi namunalarining
ahamiyati.
Badiiy adabiyotning eng qadimiy
shakli- xalq o`g`zaki ijodi (folklor)
hisoblanadi.
Muallifning
noma`lalumligi yillar mobaynida turli
aytimchilar tomonidan sayqallanib,
takomillashib,
mukammallashgan
shaklga ega bo`lish xalq o`g`zaki ijodi
namunalariga xos asosiy belgilaridir.
Og`zaki ijod har qanday yozma
adabiyotga tayanch vazifasini bajargan.
Yozma adabiyotning eng muhim
yutug`i shundaki, u unutilmaydi va
keyingi avlodlarga o`zgarmay, ya`ni
ijodkor qalamidan qanday chiqqan
bo`lsa shundayligicha, yetib boradi.Bu
ikkala adabiyot turi doimo yonma- yon
yashaydilar va bir- birining rivojiga
ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Xalq og`zaki


3
ijodi yozma adabiyotlardan ancha ilgari
paydo bo`lgan va yozma adabiyotning
bunyodga kelishi uchun zamin
hozirlagan. Og`zaki yaratilgan va
og`zaki tarqalgan, xalq shoirlari yoki
jamoa tomonidan yaratilib og`izdan-
og`izga, avloddan- avlodga o`tib kelgan
badiiy asarlar hozirda xalq og`zaki ijodi
yoki folklor ( inglizcha “folk” xalq,
“lore” donolik- xalq donoligi)
deb
yuritiladi. Xalq yaratgan asarlar
o`zining g`oyaviyligi, chuqur
xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi
bilan ajralib turadi. U xalqning
yengilmas irodasini, kelajakka bo`lgan
ishonchini, haqiqat, adolat, tinchlik va
baxt haqidagi tasavvurlarini yaqqol aks
ettiradi.
Ma`lumki, qadim zamonlarda ilk bor
yuzaga kelgan folklor asarlari jamoa
tomonidan ijod qilingan va ijro etilgan.


4
Keyinchalik esa iste`dodli kishilar
tomonidan yaratildi. Ular o`z ijodida
qabila va urug` odatlari, xoxishlari,
e`tiqodlari, tabiat bilan bo`lgan
munosabatlari hamda dunyoqarashlarini
hikoya qiladilar. Qabila va urug`
a`zolari ma`qul tushgan bu asarlari
og`izdan- og`izga o`tib jamoa ijodiga
aylangan. Demak, jamoa- ijodkor, ayni
paytda ijrochi hamdir. Ijodkor va
ijrochi asar yaratishda o`rgangan
tajribaga va an`analarga suyanadi, ijro
davomida o`zidan biror detal qo`shada
va uni sharoitga moslashtiradi, bu
asarlar shu tariqa takomillashib, xalq
mulkiga aylanadi. Demak, folklore
asarlarda jamoa ijodi tushunchasi hech
mahal individual ijod rolini inkor
etmaydi. Zotan, xalq kuychisi
(dostonchi, ertakchi, qo`shiqchi,
latifago`y, askiyachi. . .) jamoa


5
tomonidan yaratilgan asarlarni mexanik
tarzda boshdan oxirigacha so`zma- so`z
yod aymaydi, balki unga ijodiy
munosabatda bo`lib o`zidan nimadir
qo`shadi, boyitib boradi. Shuning
uchun ham u kuylayotgan asarni
xalqniki “ deb tan olgan.
Xalq og`zaki ijodiga quyidagi janrlar
kiradi:
Qo`shiq, maqol, metal, topishmoq,
afsona, rivoyat, asotir (mif), ertak,
latifa, lof, termalar, lapar, doston,
askiya, tez aytish, masal, alla, yor-
yorlar, aytimlar, kelin salomlar,
chandish va boshqalar kiradi.
Lapar, lof, askiya kabi janrlar tortishuv,
bahslashuv, aytishuv- hazil – mutoyiba,
mubolag`a, badihago`ylik asosida
ijro etiladi.

Yüklə 60,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin