Mehnat sig'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish mundarija



Yüklə 195,22 Kb.
səhifə1/7
tarix16.06.2023
ölçüsü195,22 Kb.
#131104
  1   2   3   4   5   6   7
Mehnat sig\'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish.

Mehnat sig'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish


MUNDARIJA



Kirish. 2
I.Bob.Mehnat sig'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish 4
1.1.Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatini muhim o’lchov birligidir 4
1.2 Mehnat sig’imining tahlili. 7
II.Bob.Mehnat unumdorligi o'zgarishining omillari 10
2.1. Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni o’lchash uslublari. 10
2.2. Mehnat unumdorligi o'zgarishining omillari 18
Xulosa 25
Foydalanilgan adabiyotlar 27


Kirish.


Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi murakkab iqtisodiy munosabatlar sharoitida, mamlakatimizda chuqur iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni talab qiladi. Samarali tashkil etilgan iqtisodiyotga o’tish har tomonlama rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar miqdor va sifat ko’rsatkichlaridagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi. O’tgan yilga nisbatan yalpi ichki mahsulotning o’sish foizi 8 foizni tashkil etib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq mahsulotlarini yetishtirish 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi 14,8 foizga, pullik xizmat ko’rsatish 13,5 foizga o’sdi. Yalpi ichki mahsulot(YaIM)ni shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishning umumiy ulushi 24,2 foizga yetdi. Sanoat mahsuloti umumiy o’sishining qariyb 72 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sohalar tashkil etadi. Har bir tarmoqqa qaratilgan e’tibor eksport hajmini, uning tarkibiga, sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. YaIMda kichik biznesning ulushi 55,8 foizga yetdi. O’tgan yillar davomida sanoatda ham o’ziga yarasha o’zgarishlar bo’ldi. Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 2,7 milliard AQSH dollariga yaqin bo’lgan 150 ta ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Soliq to’lovi stavkasining kamaytirilishi korxonalarni texnik va texnologik qayta yangilash imkonini berdi. Bugungi kunda keng ma’noda qo’llanilayotgan modernizatsiyalash jarayoni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish,yangilash,taraqqiyotning ilg’or andozalarini tatbiq etish va takomillashtirishning bosh majmui sifatida talqin etilmoqda
Ayniqsa hodimlar ish unumdorligini, ya’ni mehnat unumdorligini oshirish mamlakat miqyosidagi katta iqtisodiy samarani ta’minlaydi. Bu ko’rsatkich davlat iqtisodiyotining qudrati, kishilar turmush farovonligi omillarining me’zoni bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlikni ifodalovchi ko’rsatkichlardan biri hisoblangan mehnat unumdorligiga korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi, ish vaqtidan foydalanish darajasi, ish haqining o’sish darajasi kabi ko’rsatkichlar ta’sir ko’rsatadi. Ushbu ko’rsatkichlar borasida to’liq e’tiborga olinmagan sabablar yoki holatlar imkoniyatlar hisoblanadi.Bu imkoniyatlarni o’z vaqtida aniqlagan holda ularni ishga solish bo’yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejasining asosiy vazifalaridan biridir. Chunki ularni ishga solish ortiqcha mablag’larning sarflanishini talab etmaydi. Bu esa mehnat unumdorligini oshirishning intensiv yo’llaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan tanlangan Kurs ishi dolzarb bo’lib, uni ishlab chiqish amaliy ahamiyat kasb etadi. Ishning asosiy maqsadini mehnat unumdorligini oshirishga
qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish tashkil etadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish belgilanadi:
-mehnat unumdorligining iqtisodiy mohiyatini va uning o’lchash uslublarini, uni ifodalovchi ko’rsatkichlarni nazariy jihatdan asoslash;
-mehnat unumdorligi ko’rsatkichini hamda unga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish; -mehnat unumdorligini oshirish yo’nalishlarini va chora tadbirlarini belgilash.
Kurs ish tarkibi “Kirish”, 3ta bob, “Xulosa” qismlaridan hamda
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



Yüklə 195,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin