1
Mundarija
Kirish
I – BOB. Musulmon uyg`onishi davrida Turkistonda ijtimoiy-madaniy hayot
1.1 IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg‘onish davrining
kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar………………………………………….
1.2 O‘rta Osiyoda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning
madaniy yuksalishga
ko‘rsatgan ta’siri…………………………………………………………………
II – BOB. IX - XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarida siyosiy ahvol
2.1 IX - XII asrlarda Movarounnahr va unga tutash о‘lkalardagi etnomadaniy
jarayonlar……………………………………………………………………………
2.2 O‘rta Osiyoda islom madaniyatini yuksalishiga katta hissa qo‘shgan buyuk
hadisshunos va fiqxshunos allomalar va
islom madaniyatining gullab-
yashnash…………………………………………………………………………
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
2
Kirish
Istiqlolimiz sharofati bilan «biz tariximiz, madaniyatimizni o‘zimiz va butun
dunyo uchun ham qayta tiklayotgan» hozirgi o‘tish bosqichida O‘zbekiston tarixi
fani va uning milliy istiqlol mafkurasi, milliy g‘oya ruhida tadqiq etish va o‘qitish
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida
O‘zbekiston tarixi o‘qitilmoqda. Bu fanni o‘qitish
va uni butun xalqlar ommasi
ongiga va qalbiga singdirish borasida birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov
respublikaga birinchi rahbar bo‘lib kelganidan boshlaboq tarix bilan qurollanish,
ajdodlar merosini o‘rganish va u bilan fahrlanish to‘g‘risida
quyidagilarni
ta’kidlaganlar: “Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan
sivilizatsiyalarni yuzaga keltirganlar, olamshumul kashfiyotlar qilganlar.
Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniylar, Ibn Sinolar ilm-fan rivojini belgilab bergan.
Bu haqiqatni hech kim inkor eta olmaydi”.
Xorazm Ma’mun akademiyasi ko‘p narsadan dalolat beradi. Uni butun dunyo
tan olgan, u erda ne-ne buyuk olim va mutafakkirlar ilm-fan bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Biz mustaqillik yillarida shu akademiyani yangi asosda qayta tiklaganimiz,
YUNESKO bilan hamkorlikda uning 1000 yilligini
xalqaro miqyosda keng
nishonlaganimiz Vatanimizning yangi tarixidagi unutilmas voqealardan biri bo‘ldi.
Bularning hammasini inobatga oladigan bo‘lsak, qani, aytinglar, bizning buyuk
millat, ulug‘ xalq ekanimizni isbotlash uchun yana qanday dalil kerak?
Bu bilan
g‘ururlanishga, faxrlanishga barchamiz haqlimiz, albatta. Ayni paytda
ajdodlarimizga munosib bo‘lish, bu hayotda hech qachon bir joyda to‘xtab
qolmasdan, oldimizga katta maqsadlarni qo‘yib, g‘urur bilan yashashimiz lozim.
Prezidentimiz SH. Mirziyoev o‘z nutqida “xalqimiz tarixida o‘chmas iz
qoldirgan
Abu Rayxon Beruniy, Muxammad Muso Xorzmiy, Maxmud
Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud va boshqa ko‘plab allomalar,
shoir va mutafakkirlarning nomlari jaxon sivilizatsiyasi tarixiga xaqli ravishda oltin
xarflar bilan bitilgan” deb bildirgan fikrlari allomalarimizning jaxon svilizatsiyasiga
qo‘shgan xissasi qanday teran ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston tarixi fanini
ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida va bosqichlarida o‘qitish borasida davlat va
hukumatning ko‘plab qaror va farmonlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti 2012 yil 27 yanvardagi qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha
jamoatchilik ilmiy Kengashi va Markazi tashkil etildi. Kengash va Markaz
O‘zbekistonning eng yangi tarixini yaratish, O‘zbekiston
tarixidan darslik,
qo‘llanmalar, xrestomatiyalar yaratish bo‘yicha tashkiliy va ilmiy ishlarni boshlab
yubordi, joylarda ilmiy seminarlar o‘tkazdi.