Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimidagi yangicha yondashuvlar
Mustaqillik yillarida ta`lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi darajasiga ko`tarilgani natijasida mamlakatimizda noyob, uzluksiz ta`lim tizimi barpo etilmoqda. Biz shunday sharoitda zamonaviy, teran fikrlaydigan intellectual va madaniy-estetik qadriyatlarga o`zining mukammal bilimi va tajribasi nuqtai nazaridan yondasha oladigan barkamol avlodni tarbiyalashni bosh maqsadimiz deb bilar ekanmiz, buning mas`uliyatini astoydil his qilish bizning oldimizda turgan ham murakkab, o`z o`rnida sharafli vazifa ekanligini unitmasligimiz talab etiladi.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimidagi yangicha yondashuvlar
Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma`naviy mezon va qarashlar-yaxshilik, ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimidagi yangicha yondashuvlar
Shunday ekan, biz oiladan boshlab bolalarga Vatan oldidagi burchi, ota-ona oldidagi vazifasi, odamiylik fazilatlarini o`rgatishni e`tiborga olsak, aynan shu davrda bola qalbida va ongida oiladagi va maktagacha ta`lim muassasasidagi muhit ta`sirida ma`naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo`la boshlaydi.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimidagi yangicha yondashuvlar
Ta`limning poydevori qo`yiladigan dastlabki bo`g`ini hisoblanmish, maktabgacha ta`limda bola bolani sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta`minlanadi, bolada o`qishga intilish hissi uyg`onadi, uni muntazam ta`lim olishga tayyorgarlik jarayoni amalga oshiriladi.