O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi al -хоrazmiy nоmidagi urganch davlat univеrsitеti pеdagоgika fakultеti kunduzgi bo`lim



Yüklə 227,91 Kb.
səhifə1/3
tarix22.04.2017
ölçüsü227,91 Kb.
#15370
  1   2   3
O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AL -ХОRAZMIY NОMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

PЕDAGОGIKA FAKULTЕTI KUNDUZGI BO`LIM

4-BOSQICH 404 - GURUH TALABASI
RAHIMOVA AZIZANING

Mavzu: “Kasb – hunar kollejlarida oila psixologiyasi fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanish”






Urganch – 2013 yil


Mavzu : Kasb – hunar kollejlarida oila psixologiyasi fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanish .
Mundarija
Kirish

I bob. Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ”fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanishning nazariy asoslari



    1. Muammoni o`rganish holati

    2. Kasb – hunar kollejlarida oila psixologiyasi fanini o`qitishda o`ziga xoslik

I bob bo`yicha xulosalar

II bob. “ Oila psixologiyasi ” fanini o`qitish va uni o`ziga xos xususiyatlari

2.1.“Oila psixologiyasi ”fanini o`qitishda psixologik drama va sotsiodramalaridan foydalanish

2.2.Tajriba – sinov natijalari tahlili

II bob bo`yicha xulosalar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Ilovalar


Kirish

Mavzuning dolzarbligi : O`zbekiston Respublikasida izchillik bilan amalga oshirayotgan “ Ta’lim to`g’risida ” gi qonun , “ Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ” da kadrlar salohiyatiga jiddiy e’tibor qaratilgani , o`sib kelayotgan avlodning kasbiy tayyorgarlik va kasbiy motivatsiyasini tanlashga nisbatan munosabatini jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy – iqtisodiy talablari asosida to`g’ri tashkil etishini taqazo etadi .

Prezidentimiz I.A.Karimov e’tirof etganidek “ Talimni yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro`yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi . Insonlardagi muayyan darajadagi intellektual salohiyatni va ichki quvvatni to`liq yuzaga chiqishiga imkon yaratilsa , noyob qobiliyat va iste’dodli inson shakllanadi , bu esa bizni maqsadlarimizga erishishimizni yanada takomillashtirishi mumkin ” . [ 7 , 252 – 253 b .]

Har bir shaxsning o`ziga xos kasbiy qiziqishlari , mayllari , tasavvurlari va ma’lum kasbning motivatsiyasi mavjud bo`lib , u ijtimoiy faol shax sifatida kamol topishiga katta zamin yaratadi .

Yurtimizda yuz berayotgan ulkan o`zgarishlar barcha sohalarga , shuningdek , o`rta maxsus kasb – hunar ta’limi jarayoniga ham o`z ta’sini o`tkazmoqda .

Ijodkor , faol , mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun kasb – hunar ta’limida muhim o`zgarishlar va qayta qurish hayotiy zarurat bo`lib qolmoqda .

Kichik mutaxassislarni yetkazib berish masalasiga jiddiy yondashish va “Oila psixologiyasi ” fanini boshqa tarmoqlarida a’lo darajada o`zlashtirib olish , aynan ilk o`spirinlik davridan boshlab oilaviy hayot masalalari va mavzulari bilan tanishish va kelajakda inson uchun muhim bo`lgan azaliy qadriyat oila haqida ilk tasavvurlari to`g’ri va samarali , ijobiy shaklllantirish masalasi xozirgi globallashuv va axborotlar asrida muhim ahamiyat kasb etadi .

Bitiruv – malakaviy ishimning mavzusi “ Kasb – hunar kollejlarida oila psixologiyasi fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanish ” deb nomlanib , tadqiqot ishimning maqsadini quyidagicha belgiladim :

Tadqiqotning maqsadi : Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ”fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanishning shart – sharoitlarini aniqlash va o`qitishda qo`llaniladigan innovatsion usullarini aniqlash .

Tadqiqotning vazifalari :


  • Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ”fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanishning nazariy asoslarini aniqlash .

  • “ Oila psixologiyasi ” fanini o`qitishda qo`llaniladiga samarali usul , shakl va vositalarini aniqlash .

  • Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ”fanini o`qitishda o`yin texnologiyalarining mazmuni va muhiyatini tasniflash .

  • Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ”fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanishning samaradorlik darajasini tajriba – sinov asosida aniqlash .

Tadqiqotning obyekti : Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ” fanini o`qitish jarayoni .

Tadqiqotning predmeti : Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ” fanini o`qitishda foydalaniladigan o`yin texnologiyalarning mazmun , metod va vositalari .

Tadqiqotning farazi : Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ” fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanishda yuqori samaradorlikka erishish mumkin ; Agarda :

  • “ Oila psixologiyasi ” fanini o`qitishda o`yin texnologiyalaridan maqsadga muvofiq tarzda bir tizimga keltirilsa va foydalanilsa ;

  • Kollej o`quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash imkoniyatlarini amalga oshirishga bog’liq bo`lgan omillar aniqlansa ;

  • Ishbilarmon va psixodramalardan samarali foydalanilsa ;

Tadqiqot metodlari :

  • muammoga oid falsafiy , pedagogik , psixologik va uslubiy adabiyotlar , huquqiy – me’yoriy hujjatlarni o`rganish ;

  • Nazariy – qiyosiy tahlil ;

  • Anketa ;

  • Kuzatish ;

  • Pedagogik – tajriba ;

  • Matematika – statistika ;

Himoyaga olib chiqilayotgan holatlar :

  1. Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ”fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanishning nazariy asoslari .

  2. Kasb – hunar kollejlarida “oila psixologiyasi ” fanini o`qitishda o`yin texnologiyasidan foydalanishning samarali shakl , metod va vositalari .

  3. Kasb – hunar kollejlarida qo`llaniladigan o`yin texnologiyalariga tasnif .

  4. O`yin texnologiyalarini qo`llashda samaradorlikni qadrlovchi mezonlar va omillar .

Tadqiqotning metodologik asosi :

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi , “ Ta’lim to`g’risida ” gi Qonun , Kadrlar tayyorlash milliy dasturi , O`zbekiston Respublikasi prezidenti I.A . Karimovning asarlaridagi mavzuga oid qarashlar va fikrlari , shu yo`nalishda ilmiy tadqiqot olib borgan pedagog psixolog olimlarning nazariy qarashlari .



Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati :

Mavzuga oid pedagogik va psixologik qarashlar , g’oyalar , ta’limotlar va ularni nazariy va amaliy ahvoli tahlil etilib “ o`yin texnolodiyalari ” , “ o`yin turi”, “ o`yin modeli ” , kabi tushunchalar tafsiflashda , “ o`yin ” texnologiyalarni innivatsion turlari ta’riflashda “ oila psixologiyasi ” fanini o`qitishda qo`llanilishi mumkin bo`lgan va o`qitishda samaradorlikni ta’minlaydigan imkoniyatlar ochib berildi .



Tadqiqot ishimning tuzimi va hajmi :

Kirish , 2 ta bob , 4 ta paragrof , xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati hamda ilovalardan tarkib topgan .




  1. Bob. Kasb-hunar kollejlarida oila psixologiyasini o`qitishda o`yin texnologiyalardan foydalanish.

    1. Muammoni o`rganish holati

Kasb-hunar kollejlarida o`yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini kollej o`quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.

Kasb –hunar kollejlarida oila psixologiyasi fanini o`qitishda o`yin texnologiyalaridan foydalanishning muhimligi shundan iboratki, ilk o`spirinlik davrining o`ziga xos bo`lgan xususiyatlaridan biri yangilik va ijodiylikka moyillikdan iboratdir. O`yin texnologiyasi olimlar tadqiqotlariga ko`ra mehnat va o`qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.

Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o`yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o`zini namoyon qilish, hayotda o`z o`rnini barqaror qilish, o`zini o`zi boshqarish, o`z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi

Kasb-hunar kollejlarida oila psixologiyasini o`qitishda qo`llaniladigan o`yin texnologiyalarioila –nikox masalalarining eng muhim jabhalarini tahlil qilish hamda rolli o`yinlar asnosida ijtimoiy va shaxslar aro amalga oshirilishi lozim bo`lgan funksiyalarni bajarish mexanizm va qonuniyatlari bilan tanishiladi va ular tomonidan o`zlashtiriladi..

O`yin ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirish va qayta yaratishga yo`nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o`z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.

D.N. Uznadzening ta’rificha, o`yin shaxsga xos bo`lgan ichki immanent psixik (ruhiy) xulqi shaklidir.

L.S. Vigodskiy o`yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o`zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.

A.N.Leontev o`yinga shaxsning hayolotdagi amalga oshirib bo`lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni hayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.

Psixologlar ta’kidlaydilarki, o`yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog’liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o`yin o`ziga xos bo`ladi.

O`yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag’ishlangan bo`ladi. Ular quyidagilar:



  • maftunkorlik;

  • kommunikativlik;

  • o`z imkoniyatlarini amalga oshirish;

  • davolovchilik;

  • tashxis;

  • millatlararo muloqot;

  • ijtimoiylashuv.

Kasb-hunar kollejlarida o`yin texnololgiyalardan foydalanishning bir qancha mazmuniy talablari va ularni tashkil qilishdagi o`ziga xosliklari mavjud bo`lib olimlar ularni quyidagicha sharhlaydilar.Tadqiqotchilar o`yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O`yinlarning muhim qirralari S.A.SHmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbirni) tufayli bahra olish uchun emas, balki xohishlariga ko`ra, faoliyat jarayonining o`zidan bahra olish uchun qo`llanadi.

O`yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakterga – «ijod maydoni»ga ega bo`ladi.

O`yin uchun hissiy ko`tarinkilik xosdir. U o`zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo`ladi.

O`yinning o`yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko`zda to`tgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo`lishini ko`rsatadilar.

Tadqiqotchilar nazariy aspektda o`yinga faoliyat, jarayon va o`qitish metodi sifatida qaraydilar.

O`yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida o`z imkoniyatlarini to`la amalga oshiradi.

O`yinli faoliyatni motivatsiyalash o`yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o`zini namoyon qila olishi, o`z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.

Jarayon sifatida o`yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:



  • o`ynash uchun olingan rollar;

  • bu rollarni ijro etish vositasi bo`lgan o`yin harakatlari;

  • predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o`yin narsalari o`rnida qo`llash;

  • o`yinda ishtirok etuvchilarning real o`zaro munosabatlari;

  • o`yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun) – ijro sohasi.

O`yindan tushunchalar, mavzu va hatto o`quv predmeti bo`limini o`zlashtirishda o`qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi.

O`yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.

O`yinlar turli maqsadlarga yo`naltirilgan bo`ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo`llanadi.

O`yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko`nikmalarni qo`llash, umumta’lim malaka va ko`nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko`nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo`ladi.

O`yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo`ladi.

Faoliyatni rivojlantiruvchi o`yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog’ishtirish, o`xshashini topish, faraz, hayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal echimni topa olish, o`quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.

Kasb-hunar kollejlarida tashkil qilinadigan rolli o`yinlar oila psixologiyasi fani dasturining mazmun –mohiyatini to`laqonli ochib berishga hamda oila psixologiyasining turli jabhalaridagi o`ziga xosliklarga e’tibor qaratish va oilada kelib chiqadigan turli vaziyat va xolatlarni o`yin texnologiyalari asosida tahlil qilib ko`rish imkoniyatlariga ega bo`ladilar. Oila psixologiyasi fanida oiladagi rollarni ijro qilinishi va ularga qo`yilgan talablar, shu rollarning yosh xususiyatlaridagi o`ziga xosliklari va dinamikasi ijtimoiylashuv o`yinlarda o`z aksini topadi.



Ijtimoiylashuv o`yinlari jamiyatning me’yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko`nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o`z-o`zini boshqarish, muloqotga o`rgatish, psixoterapiyani nazarda tutadi.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o`yin degan tushuncha mavjud.

Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o`yinlar «o`yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi.

Pedagogik o`yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo`yiladi. Pedagogik o`yinlar asosida talabalarni o`quv faoliyatiga yo`llovchi o`yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.

G.K. Selevko tomonidan pedagogik o`yinlar tasnifi va uni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari ishlab chiqilgan.

Pedagogik o`yinlar quyidagi asosiy yo`nalishlarda bo`ladi:



  • didaktik maqsad o`yinli vazifa shaklida qo`yiladi;

  • o`quv faoliyati o`yin qoidalariga bo`ysunadi;

  • o`quv materialidan o`yin vositasi sifatida foydalaniladi;

  • o`quv jarayoniga didaktik vazifa o`yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;

  • didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o`yin natijalari bilan bog’lanadi.

Pedagogik o`yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o`yin metodikasi, soha xususiyati, o`yin muhiti bo`yicha tasnif qilingan.

Pedagogik o`yinlar tasnifi:

1. Faoliyat sohasi jihatidan: jismoniy, intellektual, mehnat, sotsial, psixologik.

2. Pedagogik jarayon xarakteri jihatidan: ta’limiy, trening, nazorat etuvchi, umumlashtiruvchi, bilish (idrok etuvchi), tarbiyaviy, qiziqtiruvchi, reproduktiv, produktiv, ijodiy, kommunikativ, diagnostik, kasbiy, tashviqiy, psixolgik.

3. O`yin metodikasi jihatidan: fanga xos, sujetli, rol ijrosi, tadbirkorlik, andozaviy, dramalashtirish

4. Fan sohasi bo`yicha: matematik, ximik, biologik, fizik, ekologik, musiqiy, teatr, adabiy, mehnat, texnikaviy, ishlab chiqarishga oid, jismoniy tarbiyaga oid, sport, harbiy-amaliy, sayoxatga oid, xalq o`yinlari, jamiyatshunoslik, boshqaruv, iqtisod, tijoratga oid.

5. O`yin muhiti jihatidan: jihozli va jihozsiz, stol, xona, ko`cha, mahalla o`yinlari, kompyuter, televizion, texnik vositalar, texnikaviy, xarakat usullari yordamidagi o`yin turlaridan iborat.

Kasb-hunar ta’limi tizimida o`tkaziladigan amaliyotida tadbirkorlik o`yinlariga alohida ahamiyat beriladi. Oila psixologiyasi fanining bosh mavzularidan bir erkak va ayolning oilaviy vazifalarining taqsimlanishida tarbirkorlik ham o`ziga xos bir jihat xisoblanadi.Aynan ushbu jihat sababli oiladagi shaxslarning tadbirkorlik va uddaburonlik kabi sifatlarining ijobiy shakllantirish masalasi ham dolzarbdir.

Tadbirkorlik o`yinlari nazariyasi umuman boshqa o`yin faoliyati nazariyasi bilan bevosita bog’langan.

Tadbirkorlik o`yinlarini mashhur psixologlar L.S. Vigodskiy, A.N. Leontev, P.YA. Galperin va boshqalarning ishlarida nazariy asoslangan.

Tadbirkorlik o`yinlari o`z xarakteriga ko`ra insonning shaxsiy xislatlarini shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi.

Tadbirkorlik o`yinlari bilish va o`qitishning vositasi sifatida XX asrning 20-yillarida gurkirab rivojlandi. Tadbirkorlik o`yinlariga taqlidiy (imitatsion) o`yinlar bilishning vositasi sifatida asos bo`ldi. Taqlidiy o`yinlarga o`z navbatida harbiy va harbiy-siyosiy o`yinlar asos bo`lgan.

A.A. Verbitskiy tadbirkorlik o`yinlariga o`qitishning ishoraviy-kontekst shakllari sifatida qaraydi. Uning fikricha, tadbirkorlik o`yinlarida mashq qilish faoliyati va bo`lajak kasbiy faoliyat model yoki uning prototipi, qaysidir sun’iy va tabiiy tizim sifatida o`zaro nisbatlanadi. SHu tufayli tadbirkorlik o`yinlari kasbiy faoliyatning ishoraviy modellari sifatida belgilanadi, uning konteksti (mazmuni) ishora vositalari, ya’ni tabiiy tilni ham hisobga olgan modellashtirish, taqlid (imitatsiya) va aloqa yordamida beriladi.

A.A. Verbitskiy kasb-hunar kollejining vazifasini bunday o`qitishda, ya’ni kollej o`quvchisini bir etakchi faoliyat tipi (o`quv)dan boshqa (kasbiy) tipga faoliyatning predmeti, motivi, maqsadi, vositasi, usul va natijalarini maqsadga muvofiq yo`naltirilgan (o`zlashtirilgan) holda o`tkazishni ta’minlash deb biladi.

Tadbirkorlik o`yini yangi texnologiya sifatida mohiyatan quyidagilarni bildiradi:


  • ishlab chiqarish imitatsion modeli sifatida taqdim etilgan o`quv materiali mazmunining izchilligi;

  • o`yinli o`quv modelida kelgusidagi kasbiy faoliyati tarkibiy qismlarini yaratish;

  • o`quv jarayoni tarzini bilimlarga ehtiyojlarni tug’dirish va ularni amalda qo`llashning real sharoitlariga yaqinlashtirish;

  • o`yinning ta’limiy va tarbiyaviy samaradorligi yi g’indisi;

  • o`yinni olib boruvchi o`qituvchining talabalar faoliyatini tashkil etish va boshqarishidan talabalarning o`z xatti- harakatlarini tashkil etish va boshqarishga o`tishini ta’minlashi.

A.S. va G.F. Arbenevlar tadqiqotlarida tadbirkorlik o`yini mutaxassisning evristik tafakkurini rivojlantirishning samarali metodlaridan biri sifatida baholanadi.

A.Tyukov fikricha, har qanday o`yin qay tarzda loyihalashtirilishidan qat’iy nazar ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim:



  • kasbiy doira imitatsiyasi yaxlitligi. O`yin imitatsiyasiga taalluqli bo`lgan tuzilma va jarayonlar asosiy voqelikni aks ettiruvchi umumiy sujet yoki asosiy mavzuga ega bo`lishi lozim;

  • mustaqil tashkil etishga yo`nalganligi;

  • o`qitishning muammoliligi;

  • metodologik, psixologik va texnik jihatdan ta’minlanganligi.

Tashkiliy o`yin aslida tobora takomillashib boruvchi o`qitishni ta’minlashi kerak. SHu maqsadda unda faoliyat rivojlanishining to`liq davriyligi imitatsiyasi amalga oshiriladi, ya’ni qandaydir vaziyat echimiga bo`lgan yondashuvdan topilgan echimning umumlashtirilgan bahosi o`tiladi.

Kasb-hunar kollejida tahsil oluvchi o`quvchilarning yosh xususiyatlaridan yana biri-tadbirkorlik o`yinlari orqali oilaviy munosabatlarning qanday kechishi, tadbirkorlik asosida oilaviy munosabatdarning o`zgarishi, takomili yoki salbiylashuvini oldindan bashorat qilish imkoniyatlariga ham ega bo`lishlari mumkinligidir.

A.A. Tyukov o`yin davriyligining quyidagi bosqichlarni qayd qiladi:


  • vaziyatni va muammolashtirishni tahlil qilish asnosida o`yinning asosiy sujet mavzusi bo`yicha o`yin ishtirokchisining sermahsul mustaqil ijodiy ishi.

  • amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish;

  • o`yin jarayoni va ishtirokchilar xatti-harakatlarini reflektiv tahlil qilish;

  • echimni tashkil etish bosqichi.

Kollej o`quvchisining yuqorida ko`rsatilgan bosqichlarni amaliyotda qo`llay bilish imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga katta yordam beradi.

YA.S.Ginzburg va N.M.Koryak o`yinning quyidagi sotsial-psixologik xususiyatlarini farqlaydi:



  • guruh xarakteri;

  • yaratuvchilik, shartlilik;

  • ramziylik, utilitar bo`lmaslik xarakteri;

  • belgisizlik (mavhumlik), tarqaluvchanlik xususiyat

  • Kollej o`quvchisining yuqorida ko`rsatilagn xususiyatlarni o`z tajribasida qanchalik ahamiyat kasb etishini o`rganish imkoniyati tugiladi.

Tadbirkorlik o`yinini tayyorlashning sotsial-psixologik muammolariga quyidagilar kiradi:

  • ishtirokchilarni tanlash;

  • rollarni taqsimlash;

  • o`yin rahbarini ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash;

  • ijtimoiy psixologiya bo`yicha umumnazariy bilimlarni egallash;

  • nazariy bilimlarini amalda qo`llay olish;

  • shaxsiy tayyorgarlik.

I.Olloyorov tadbirkorlik o`yinlariga o`quv ishlarini tashkil etishning bir shakli sifatida qaraydi. U o`yinlar o`quv jarayonida o`z o`rniga ega va o`quv jarayonining asosiy vazifalari, mohiyati va tuzilmasi hamda o`rganilayotgan fanning didaktik tabiatiga bog’liq bo`lgan, aniq belgilangan didaktik funktsiyalarni bajarishini ta’kidlaydi.

Tadbirkorlik o`yinlarining didaktik funktsiyalariga quyidagilar kiradi:



  • talabalarda aqliy faoliyat usullarining shakllanishi;

  • bilimlarni mustahkamlash va qo`llash;

  • o`quv jarayonida bo`lg’usi mutaxassisning faoliyati faqat o`rganish emas, balki uni bajarishga qaratilgan didaktik qoidalar ishlab chiqishdan iborat bo`lishi;

  • talabalar o`kuv-bilish faoliyatining bo`lg’usi kasbiy faoliyati, xarakteri va tuzilmasiga maksimal darajada yaqinlashib berishi.

Tadbirkorlik o`yini ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida quyidagi tayyorgarlik bosqichlariga ega:

1.O`quv-bilish vazifalarini muammoli vaziyat topshirig’i shaklida qo`yish:



  • bo`lg’usi tadbirkorlik o`yinining maqsadini aniqlab olish;

  • muammoli vaziyatni anglab etish;

  • talabalarga navbatdagi tadbirkorlik o`yini haqida dastlabki ma’lumotlar berish;

2. Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo`lgan avval egallangan bilimlardan foydalanish:

  • talabalarning o`qituvchidan yoki adabiyotlarni tahlil qilish orqali yangi bilimlarni qabul qilib olishi;

  • bajarilishi lozim bo`lgan ish to`g’risida talabalarga yo`l-yo`riqlarni ko`rsatish;

  • olingan bilim, o`zlashtirilgan ilmiy tushunchalar va ishlash metodlarini umumlashtirish;

  • o`z-o`zini nazorat qilish;

3. Tadbirkorlik o`yinlarining shartlarini tushuntirish va vazifani bajarish uchun zarur bo`lgan yangi amaliy bilimlarning axborotini berish.

Navbatdagi ishni rejalashtirish:



  • ularga avval ma’lum bo`lganlar asosida uning ayrim bosqichlarini bajarish usullarini tanlash;

  • avval egallangan bilimlar asosida tushuntirish ishini olib borish va o`z ijodi uchun zarur bo`lgan yangi metodlarni qidirish;

  • rejalashtirishni mustaqil nazorat qilish.

5. Vazifa shartlari, ularning bajarilishini tushuntiruvchi qoidalar (materiallar)ni o`rganish va tahlil qilish bo`yicha mustaqil ishlar va tadbirkorlik o`yinlaridagi o`z mavqeini aniqlash.

6. O`zlaridagi bor bilim, malaka va ko`nikmalar asosida reja bo`yicha ishlarni bajarish:



  • yangi bilim va malakalarni hosil qilish;

  • o`z xatti-harakatlari va ularning natijalarini muntazam nazorat qilish.

  • qayd qilingan kamchiliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish;

  • belgilangan rejalarni (reja oldi ishlari va rejadan tashqari) takomillashtirish;

  • yakuniy natijalarni tekshirib ko`rish va tahlil qilish.

7. Talabalar faoliyatini, ularning bilimi, malakasi, ko`nikmalarini nazorat qilish va joriy yo`l-yo`riqlar berish.

8. Talabalarning tadbirkorlik o`yinlariga tayyorligini aniqlash maqsadida ularning mustaqil ishlari natijalarini tekshirib ko`rish.

9. Talabalarga tadbirkorlik o`yinlarini o`tkazish va unda qatnashish bo`yicha yo`l-yo`riqlar berish, ularni rol o`ynash bo`yicha taqsim qilish, zarurat tug’ilganda har biriga qo`shimcha yo`l-yo`riqlar berish.

10. Oldindan ishlab chiqilgan ssenariy bo`yicha talabalarning tadbirkorlik o`yinlari.

11. O`yin ishtirokchilariga joriy yo`l-yo`riqlar berish.

12. O`yin ishtirokchilarining o`yin davomida o`zi o`ynagan rollariga baho berishi, o`z-o`zini nazorat qilishi.

13. Tadbirkorlik o`yini natijalarini muhokama qilish va talabaning o`quv-o`yin faoliyatiga baho berish.

SHunday qilib, tadbirkorlik o`yinlari materiallarni yangi bilimlarni egallash, o`tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, umumiy malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni echishda foydalaniladi.

Tadbirkorlik o`yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud:

Imitatsion o`yinlar.

Bunday o`yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o`tkazish va b;), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi mumkin.

Ssenariyda bunday o`ynash to`la tuzilmasi yozib chiqilgan va imitatsiya qilinadigan obyektlar va jarayonlar belgilanadi.

Operatsion (voqeiy) o`yinlar. Bunday o`yinlarda aniq o`ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o`yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi.

Rol ijro etish o`yinlari. Unda konkret shaxsning xulqi, xatti-harakati, o`z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.

Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o`ynaladi. Bu o`yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo`ljalni to`g’ri baholay olishni o`rgatish, o`zining xulqiga to`g’ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish, ular bilan muloqot o`rnata olishga o`rgatishdir.


Yüklə 227,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin