1.2. Al beruniy va uning komil inson tarbiyasi bobidagi ta’limotlari
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning
ikkinchi yarmi va XI asrning boShlarida, g‘oyat murakkab tarixiy davrda yaShadi
va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 362 yil 3-zulhijjada (milodiy 973 yil 4-sentyabr)
Xorazmning Qiyod (Kot) Shahrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so‘zi
«taShqari» degan ma’noni anglatadi.
XIII-asr boshlarida Xorazmda bo‘lgan mashhur sayoxatchi va geograf Yoqut
Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan har bir kishini
xorazmiyliklar «Beruniy» laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu
an’anaga ko‘ra uning nomiga qo‘shilib qolgan bo‘lsa ehtimol. Chunonchi, olimni
shaxsan bilgan mashhur tarixchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan «Beruniy
laqabini qo‘llamay, faqat «Abu Rayhon» deb ataydi. «Abu Rayhon» esa
«marhamatli», «rahmatli», «rahmdil» ma’nolarini bildiradi», - degan fikrlarni
aytadilar.
Abu Rayhon Beruniy boshlang‘ich ta’limni olgach, o‘sha davrda fan-
madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.
Beruniy Xorzam tili bilan birga sug‘diy, forsiy, suryoniy, Yunon, qadimgi
yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o‘rgangan. U Yunon klassik
ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya,
falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning
astronomik ta’limotlaridan dars olgan.
Bundan taShqari O‘zidan oldin o‘tgan matematik, munajjim va geografiya
olimi Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Farg‘oniy (IX
asr), Marvaziy (IX asr), Javhariy (IX asr), faylasuf va tabiatShunos Abu Nasr
Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024),
Abu Muhammad Hamid xo‘jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o‘rganadi.
995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy
masalalrini hal etish bilan birga, sharqda birinchi bo‘lib Er va Osmon globusini
yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus
yasaSh kitobi», «Erdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlaSh haqida
maqola» va boshqalar).
Beruniy hali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Kot Shahrida 994-995
yillarda astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi astronomik
asboblar ixtiro etgan.
994-995 yillarda Qoraxoniylar samoniylar davlatiga qarShi hujum qiladilar.
Urganch amiri Ma’mun I tomonidan Beruniy ijod etayotgan Kot Shahri zabt etilib
(bu Shahar Janubiy Xorzamning poytaxti bo‘lgan), yagona Xorazm davlati taShkil
topadi. Amir Abu Abdullo Muhammad xizmatida bo‘lgan Beruniy ham boshqa
olimlar kabi Kot-Qiyotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-Sharqi)da,
so‘ng Rayda (Tehron yaqinida) yaShaydi, Raydan yana Jurjonga qaytib, olim va
kelajakdagi ustozi Abu Sahl Iso Masihiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi.
O‘sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir
yosh olimga xayrixohlik ko‘rsatadi. «Shams al-Maoliy» («Oliy martabalar
quyoshi») laqabi bilan mashhur bo‘lgan bu podshohga bag‘ishlab Beruniy
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu
asar Beruniy nomini yaqin va o‘rta sharqqa mashhur qildi.
1004 yilda Beruniy Ma’mun II Ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib
olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo‘lib qoladi.
Ma’mun davrida Urganchda «Ma’mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz
tashkil etiladi va u erda musulmon sharqining yirik olimlari faoliyat ko‘rsatadi.
Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida
kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida
«Mineralogiya» asarini yaratadi.
1017-1018 yillarda yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib,
Movarounnahrda qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xuroson va Avg‘onistonda
Mahmud G‘aznaviy (998-1030) xukmronligi o‘rnatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq Xorazm Mahmud davlatiga tobe bo‘lib qoladi.
Ma’mun akademiyasidagi ko‘plab olimlar qatori Beruniy ham g‘aznaga olib
ketiladi va u erda ko‘p qiyinchiliklar bilan o‘z ijodini davom ettiradi.
Beruniy bu erda o‘zining «Xorazmning mashhur kishilari», «Tahdid nihoyot
al-amokin li tashih masofot al – masokin», («Turar joylar orasidagi masofani
tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlaSh», ya’ni «Giodeziya»)
asarini yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda
paleontologik kuzatishlar natijalari ham bayon qilingan.
Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich
tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki
tuShunchalar, ma’lumotlar bergan.
Ma’lumki, Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qarshi bosqinchilik urushlarini
olib borgan. Mana shu yurishlarning birida Beruniy ham Mahmud G‘aznaviyga
hamroh bo‘lib bordi. U sanskrit (eski hind tili)ni bilganligi uchun hind xalqi
madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi
va bu mehnatlari natijasida 1030 yilda O‘zining sharq va G‘arbda keng e’tirof
qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi.
Kitobning to‘liq nomi «Kitobu fi taxqiqi molil Hind min maqulatin fil aqli av
marzulatin», ya’ni «Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini
aniqlash kitobi» bo‘lib, aytishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha «Tahqiqu mo -
mil hind» - («Hindistonga oid tadqiqlar» yoki «Hindiston») deb yuritiladi.
Uning bu Shoh asari G‘arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon
hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Akademik V.R.Rozen «Sharq va
G‘arbning qadimgi va O‘rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng
keladigan asar yo‘q», - deb baholasa, Hindiston olimi Hamid Rizo olim haqida
gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir o‘rta asr yoki
hozirgi zamon muallifi Abu Rayhon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib
etmagan. Uning «Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik
namunasi bo‘lib qoladi».
Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o‘z ifodasini
topgan.
O‘Sha yili (1030) Mahmud G‘aznaviy vafot etadi. Uning kichik o‘g‘li
Muhammad voris sifatida taxtga o‘tirgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay Mahmudning
katta o‘g‘li Mas’ud (1030-1041) ukasini taxtdan ag‘darib, o‘zi xokimiyatni qo‘lga
oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahlini qadrlovchi Mas’ud Beruniyni o‘z himoyasiga
olib, uning ijod qiliShiga Sharoit yaratib beradi.
Beruniy astronomiyaga oid «al – Qonun al-Mas’udiy» («Mas’ud qoununi»)
nomli yirik asarini Shox Mas’udga bag‘iShlaydi. Olimlar bu asarni matematika va
astronomiyaga oid ungacha yozilgan barcha asarlardan yuqori qo‘yadilar. O‘sha asr
olimlaridan biri yoqutning yozishicha: «Mas’ud qonuni» kitobi matematika va
astronomiya bo‘yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o‘yachirib yuborgan
deydi.
Beruniy yana «qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar
to‘plami» («Mineralogiya»), «Dorivor o‘simliklar haqida Kitob», «Kitob as
Saydona fi – t-tibb» kabi asarlarni ham yozdi. «Mineralogiya» 94
Sharqdagina emas, Evropada ham qimmatbaho toShlarni izlash usullari va
ular bilan savdo qiliSh, konlarni o‘rganiSh, er osti boyliklarini tekshirish haqida
ma’lumot bersa, «Saidona» nomi bilan mashhur bo‘lgan keyingi asarda sharqdagi
dorivor o‘simliklarning tavsifi bayon qilingan.
Beruniy «Saidona» kitobida o‘zining 80 yoshdan oshganligini yozadi,
Shunga ko‘ra uni 1050-1051 yillarda vafot etgan deb taxmin etish mumkin. Ba’zi
manbaalarda esa, 1048 yil 13 dekabrda G‘azna shahrida vafot etgan deb
ko‘rsatiladi.
Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o‘zi seziShi mumkin
bo‘lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan,
ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini uqtirgan.
U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egallaShda
esa Shaxsda intiliSh va qiziqiSh, muhitni alohida ta’kidlaydi.
Bilim olishda tushunib o‘rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya
etishiga alohida e’tibor beradi. Jamiyatning ravnaqi, ma’rifatning rivojiga bog‘liq
degan g‘oyani ilgari so‘radi. Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog‘laydi.
Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir. Beruniyning inson
kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o‘rnini ta’kidlaShini uning yuqorida qayd
etilgan “O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”,
“Kitob as-Saydona”, “al-Qonuni al-Mas’udiy”, “Geodeziya” va boshqa asarlarida
ko‘ramiz.
Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo’lishi kerak. Bu
xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit –
jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.
Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan
holda ta’rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash
natijasida namoyon bo‘ladi va tarkib topadi, – deydi u. yaxshilik va yomonlik
insonning xulq-atvorini belgilaydigan mezon sifatida qo‘llaniladi.
U yaxshi xislatlarga to‘g‘rilik, odillik, o‘zini vazmin tutish, insof, kamtarlik,
lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, sahiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik,
tadbirkorlik kabilarni kiritadi. yomon illatlarga esa hasadgo‘ylik, bahillik,
nosog‘lom raqobat, o‘z manfaatini ko‘zlash, mansabparastlik va hokazolarni
kiritadi.
Beruniy fahrlanishni yaxshi xulq ma’nosida ishlatib, “Yodgorliklar”da
shunday deydi: “Fahrlanish – haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin
ketish, ilmu-hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan
tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda
bular etishmasa, hukm uning zarariga bo‘ladi”. Demak, Beruniy insonning
ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki
turga bo‘ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida “qizil ip” bo‘lib
o‘tganidek, shu an’anaga muvofiq Beruniyda ham axloqiy tushunchalar axloqiy
barkamollikning muhim tomonlaridir.
Beruniy sahovat (o‘zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik),
muruvvat (odamlarga xayrixoh bo’lish, halollik va haqgo‘ylik, o‘z mehnati bilan
kun ko’rish v.b.)ni insonning axloqiy kamolotini ko‘rsatuvchi xislatlar deb biladi.
Insonning axloqiy kamolga etishi muammosi butun ta’lim-tarbiya tizimida
markaziy masala bo‘lib kelgan.
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka etishga to‘sqinlik qiluvchi ziqnalik,
yolg‘onchilik, munofiqlik, manmanlik, takkabburlik kabi nuqsonlarni qoralaydi,
boylikka ruju qo‘yish va ta’magirlik, g‘azab va johillik inson uchun eng ashaddiy
dushman deb qaraydi.
Beruniy rostgo‘ylik kabi axloqiy fazilatga ham e'tibor berib, uni oqilona
tavsiflab, unga zid bo‘lgan yolg‘onchilikni qattiq qoralagan: “Hammaning tabiatida
(mohiyatida demoqchi) adolat bevosita sevikli va hamma uning yaxshiligini bilgani
kabi rostgo‘ylik ham Shunday”, “Rostgo‘ylik lazzatini totmagan yoki lazzatini
bilsa ham totishni istamagan kishi uni sevmaydi. Yolg‘onchilik kishini adolatdan
yuz o‘girtiradi u zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat, boshqalar mulkini
hiyla bilan o‘zlaShtirish, o‘g‘rilik va xalqlarning buziliShiga sabab bo‘ladigan
boshqa yomon xulqlarni kishiga yaxshi qilib ko‘rsatadi”.
Muhtasar qilib aytganda, komil inson bo’lish, halollik va adolat bilan hayot
kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma'no-mazmunini nafaqat chuqur anglash,
balki ana shunday xususiyatlarga ega bo’lish, ularga amal qilib yashash –
odamzotning ma'naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezondir. Halollik
haqida gap ketganida uning yonida hamisha rostgo‘ylik gavdalanib turadi. Bizning
nazarimizda, rostgo‘ylik halollikning ajralmas qismiga o‘xshaydi.
Mutafakkir ilgari surgan axloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda
adolat o‘rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli hukmdor
bo’lishi kerak, deydi. Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e’tibor
bergan. Har bir axloqan barkamol inson o‘zining turmush tarzini ham uyg‘un,
go‘zal eta oladi. Uyg‘unlik, go‘zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy
insoniy xislatlardan muhimi – ozodlik, tarbiyalilik bo‘lsa, insonga eng yaqin narsa
uning tabiati, ruhi deydi. Shuning uchun inson o‘z tabiatiga yoqadigan ishlarni
bajarishi zarur, deb ko‘rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi
go‘zalligi, turmush tarzidagi go‘zallikning uyg‘un bo’lishini talab etgan. Bunga
inson kiyadigan kiyimidan tortib, kundalik turmushidagi yurish-turushi, so‘zi,
qalbi, qilgan ishi hammasining go‘zal bo’lishi ta’kidlangan.
Beruniy insonni kamolotga etaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb
ko‘rsatadi. Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga
inson sifatida muomala qiliShni nazarda tutadi. Eng muhimi, mutafakkir, inson
kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi.
Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u ilmli bo’lishi bilan
birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi. Yuqoridagilardan
ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat
o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda
ham katta ahamiyatga ega.
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr
pedagogikasi ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ma’lum bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta’sirini inkor
etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o‘z zamondoshlari – buyuk
mutafakkirlar Forobiy, ibn Sinolar kabi inson kamolotida har uchalasini ham
muhim deb hisoblaydi. ya’ni u insonning kamolotga etishida ilmu ma’rifat, san’at
va amaliyot asosiy rol o‘ynasa-da, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush
qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy nazarida inson kamolga etishining eng muhim omillari
ilm-ma’rifatli bo’lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta’lim
metodlari haqidagi qarashlari bilan ta’lim nazariyasida o‘ziga xos maktab yaratdi.
Yoshlarni tarbiyalaShda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila
tarbiyasi, insonning Shaxsiy gigienasi, xalqlar O‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik
haqidagi tuShunchalar katta ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari
sifatida yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik,saxovat, olijanoblik, do‘stlik va
hamkorlik, mehnat va hunar egallaSh, poklik, go‘zallikka intiliSh kabilarni ilgari
surgan. Bularning barchasini u yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga
bog‘lab tushuntirgan.
Yuqoridagilardan
ko‘rinib
turibdiki,
Beruniyning
komil
insonni
shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta’lim-
tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega.
Zero, uning o‘zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini,
hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta
ma’naviy me’ros qoldirdi.
Beruniy «Sharq Renessansi» davri qomusiy olimlaridan biri sifatida nom
qozondi.
MaShhur Amriqolik tarixchi olim J.Sarton jahon fani tarixida XI asrning
birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. SHuningdek, uni o‘z davrining jahondagi
birinchi doniShmandi deb baholaydi.
Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq
yirik ilmiy asarlar yaratganligi ham bu fikrning o‘rinli ekanligini tasdiqlaydi.
Sharqona tarbiyaga ko‘ra, azal-azaldan xalqimizda xalqimizda bola qalbi va
ongiga barcha yaxshi insoniy xislatlar yoshligidan singdirib boriladi. Kattalarga
hurmat saqlash, kichiklarning izzatini joyiga qo‘yiSh lozimligi o‘rgatiladi. o‘zbek
xalqining turmush tarziga singib ketgan urf-odatlarimizning aksariyati kishini
jismonan sog‘lom, aqlan etuk, e’tiqodli shaxs bo‘lib etishiShiga xizmat qiladi.
Farzand dunyoga kelsa, yaxshi niyat bilan unga ism qo‘yish, shu kundan boshlab
uning kelajagi va baxtini o‘ylaSh, bolani axloq-odobga o‘rgatish, o‘qitish, katta
bo‘lganda biror kasb-hunar egasi bo’lishiga ko‘maklashish ota-onaning
zimmasidagi burchidir. Axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida
mavjud bo‘lsa, odob shaxsning ko‘zga taShlanadigan mulozamati, xulq-atvori,
muomala munosabati tarzida namoyon bo‘ladi. Bugunimiz va kelajagimiz yosh
avlodning qay darajada o‘nib-o‘sib tarbiya topiShiga bog‘liq ekan, bizning
vazifamiz ularning ongiga milliy, ma’naviy va moddiy qadriyatlarimizni yanada
chuqurroq singdirishdan iboratdir. Bunda buyuk mutafakkirlarimizning falsafiy,
axloqiy-tarbiyaviy qaraShlarini keng tatbiq etish yaxshi samara beradi.
Sharq pedagogikasida o‘zining ilg‘or fikrlari, g‘oyalari bilan bolani qanday,
qay tarzda tarbiyalash, uni komil inson qilib o‘stirishda nimalarga ko‘proq e’tibor
berish lozimligini, ta’lim va tarbiyaning o‘zaro chambarchas bog‘liqlikda bolaga
tushuntirib borishni asoslab bergan Abu Rayhon Beruniydir. Olimning
“Mineralogiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Munajjimlik
san’atidan boshlang‘ich tushunchalar”, “Hindiston” va boshqa asarlarida
pedagogika, ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalariga oid qimmatli fikr-
mulohazalari mavjuddir. Beruniy insonning qiyofasi uning hayot tarzi, ta’lim-
tarbiyasi bilan aniqlanadi, deydi
Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan
xolda ta’rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash
natijasida namoyon bo‘ladi va tarkib topadi deydi, u. Yaxshilik va yomonlik
insonning xulq-atvorini belgilaydigan mezon sifatida qo‘llaniladi.
U yaxshi xislatlarga to‘g‘rilik, odillik, o‘zini vazmin tutish, insof, kamtarlik,
lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik,
tadbirkorlik kabilarni kiritadi.
Yomon illatlarga esa xasadgo‘ylik, baxillik, nosog‘lom raqobat, o‘z
manfaatini ko‘zlash, mansabparastlik va hokazolarni kiritadi.
Beruniy faxrlaniShni yaxshi xulq ma’nosida ishlatib, «Yodgorliklar»da
Shunday deydi: «Faxrlanish - haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin
ketish, ilmu xikmatni egallaSh va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan
tozalaniShdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda
bular etishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi»
Demak, Beruniy insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni
yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo‘ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr
taraqqiyotida «qizil ip» bo‘lib o‘tganidek, shu an’anaga muvofiq Beruniyda ham
axloqiy tushunchalar axloqiy barkamollikning muhim tomonlaridir.
Beruniy saxovat (O‘zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik),
muruvvat (odamlarga xayrixoh bo’lish, halollik va haqgo‘ylik, o‘z mehnati bilan
kun ko’rish v.b.)ni insonning axloqiy kamolotini ko‘rsatuvchi xislatlar deb biladi.
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka etishga to‘sqinlik qiluvchi ziqnalik,
yolg‘onchilik, munofiqlik, manmanlik, takkaburlik kabi nuqsonlarni qorlaydi,
boylikka ruju qo’yish va ta’magirlik, g‘azab va johillik inson uchun eng ashaddiy
dushman deb qaraydi.
Mutafakkir ilgari surgan axloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda
adolat o‘rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli xukmdor
bo’lishi kerak, deydi.
Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyani amalga oshirishda bolaning
moyilligi, qobiliyatini hisobga olish zarurligining tub mohiyatini pedagogika-
psixologiya fanlari tarixida ilk bor ko‘rsatib bergan. Alloma shaxsni kamolga
etkazishdagi o‘rni va roli muhim bo‘lgan ta’lim jarayonida berilayotgan
ma’lumotning tushunarliligiga, tanish bo‘lgan obe’ktlar yordamida tanish
bo‘lmagan obe’ktlarning mohiyatini yoritib berish, ma’lum bilimlar negizida
noma’lum tushunchalarning asoslanishi, ilmiy asoslar bilan qurollantirish kabilarga
e’tibor berish lozimligini ahamiyatini aytib o‘tadi. Beruniy ta’lim jarayonida
amaliyotda sinalgan, ishonchli dalillar bilan yosh avlodni qurollantirishni
ta’limning muhim masalasi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, har qanday ta’lim
jarayoni ta’lim oluvchining ongli faoliyatini, uning mantiqiy mushohada yuritishini
faollashtirishga yo‘naltirilgandir. Beruniyning fikricha, yoshlarning ijtimoiy
kamoloti ilm-fan yordami bilan tarbiyalanadigan yuksak intellektual va axloqiy
qoidalarni hamma joyda joriy qilish jarayonida amalga oShiriladi. U insonning
yurish-turish va hayot kechirishda axloq-odobli bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi.
Beruniy ilmiy-pedagogik faoliyatida o‘sha davrda ma’lum va mashhur barcha fan
yutuqlariga asoslanib, tarbiya, inson ruhiyati bo‘yicha ilg‘or fikrlarni o‘rtaga
tashlaydi. Mutafakkir o‘zining ma’rifiy-pedagogik qarashlarida ta’lim-tarbiya
birligi va axloq masalalariga tarbiyashunos olim sifatida yondashadi.
Beruniy o‘z davrida didaktik qarashlari, ta’lim berish usullari va metodlari
ayrim jihatlarning soddaligiga qaramasdan, katta kashfiyotligi va ilmiyligi bilan
qimmatlidir. U ilm va bilimning foydasi haqida shunday deydi: “...bilimlilik orqali
nodonlik ko‘tariladi, azob-uqubat bo‘lgan shak-shubha o‘rniga ilm natijasida
aniqlik kiradi”. Uning fikricha, barkamol shaxsni tarbiyalab etishtirish ta’lim va
tarbiya birligi tufayligina amalga oshishi mumkin. Beruniy ta’lim berishicha, mard
odam bo’lish – faqt so‘zdagina emas, balki amalda ham haqqoniy bo’lish
demakdir. Mard kishi haqiqat uchun kurashib, hech qanday ta’qib va havf-xatarga
qaramay yolg‘onga qarshi kurashishi lozim. U bunday deb yozadi: “Yolg‘ondan
qochib haqiqatga amal qiladigan kishigina tahsin va maqtovga sazovordir... Agar
haqiqat, hatto sizning o‘zingizga qarshi bo‘lsa ham, haqiqatni ayting”.
Allomaning ma’rifiy-pedagogik qarashlarida ta’lim-tarbiya birligi masalalari,
inson ilmli bo’lish uchun qanchadan-qancha mashaqqatlar chekishi kerakligi,
yaxshi inson bo‘lib etishish oson emasligi, buning uchun ham katta chidam va
matonat zarurligi kabilar o‘z aksini topgan.
Abu Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashni ustun qo‘yadi, shu bilan birga,
bilim berish xilma-xil yo‘l bilan, eng muhimi, bolani toliqtirmasdan,
charchatmasdan turli vositalar bilan uning xotirasini kuchaytirish, tafakkurini
boyitish va bilimini chuqurlata borish orqali amalga oshirilishi zarurligini uqtiradi.
U haqiqiy maqsadga erishish uchun yo‘lini to‘sib turgan hamma noaniqliklar va
shubhalarni bartaraf qiliSh, bunda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish lozimligi,
o‘zlashtirilgan bilimlar hayotda tajriba qilib olinmasa, bundan hech naf bo‘lmasligi
haqida gapiradi.
Qomusiy olim ong, idrok jarayoni va uning kechishini puxta o‘rganishga
harakat qilgan. Idrok etish faoliyatini faollashtiruvchi o‘qitish shakl va usullarini
ilmiy jihatdan asoslab bergan.
Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e’tibor bergan. Har bir
axloqan barkamol inson o‘zining turmush tarzini ham uyg‘un, go‘zal eta oladi.
uyg‘unlik, go‘zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan
muhimi – ozodalik, tarbiyalilik bo‘lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi
deydi. Shuning uchun inson o‘z tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb
ko‘rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go‘zalligi, turmush tarzidagi
go‘zallikning uyg‘un bo’lishini talab etgan. Bunga inson kiyadigan kiyimidan
tortib, kundalik turmushidagi yurish-turushi, so‘zi, qalbi, qilgan ishi - hammasining
go‘zal bo’lishi ta’kidlangan.
Eng muhimi, mutafakkir, inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi
haqida ham muhim fikrlarni bayon etadi. Mehnat va kasb-kor bilan shug‘ullanib
borgan bolaning tafakkur darajasi ham yuqori bo‘ladi. Negaki mehnat jarayonida
bilishga intilish bola ongini ochib, u “Nega?” “Nimaga?” degan savollarga javob
izlaydi. Serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qiladi. O‘z-
o‘zidan ayonki, biror foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lgan bola tarbiyasiga salbiy
ta’sir ko‘rsatuvchi turli omillardan yiroqda bo‘ladi.
U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi. Og‘ir mehnat
sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi.
Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, hayrixoh bo’lishga
chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shuvchilar deb,
biladi: Shu bilan birga, og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, er ostida gavhar
izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag‘batlantirib turish
kerak, deydi. Ayniqsa, podshoxlar bunday mehnat ahliga g‘amho‘r bo’lishi
kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular hukmronligining
tayanchi, deb ta’kidlaydi.
Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida ham fikr
yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o‘rgatish kerak deydi.
Zero, qadimdan har bir etuk inson u shohmi, oddiy fuqaromi, hunarning bir
yoki bir necha turini biliShi zarur sanalgan. Shunga ko‘ra buyuk shoxlar ham,
beklar ham, mol-mulk egalari bo‘lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o‘z farzandini
bilimli bo’lishi bilan birga, hunarli bo’lishiga ham e’tibor bergan va bu yozilmagan
qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki, kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan
boshlab, kishilar o‘z mehnati va hunari bilan kun kechirishga majbur bo‘lgan va bu
hayot taqozosi sifatida qabul qilingan.
Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u
ilmli bo’lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi.
Abu Rayhon Beruniyning jamiyat taraqqiyoti va unda insonning tutgan o‘rni
barkamol inson ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq axloqiy-huquqiy qarashlari hech
qachon o‘z qimmatini yo‘qotmaydi va hozirgi davrda ham unga rioya qilish juda
muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
|