O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi
ARXIVShUNOSLIK
FANIDAN
MA’RUZA MATNI
Tuzuvchi:
Yakubov Akmal Saydirasulovich
SAMARQAND - 2015
2
1-Mavzu: Arxivshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja:
1. Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha
2. Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar
3. Arxivshunoslik fani, uning predmeti va vazifalari
Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida xo’jalik va ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga hamda
davlatchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Deyarli bir vaqtda ijtimoiy zarurat
tufayli yozuv ham paydo bo’ldi. Qadimiy davlatlar o’zlarining ijtimoiy funksiyalarini
bajarish jarayonida turli hujjatlar (qonunlar, farmonlar, mulk va soliq hisobotlari va
h.) yaratish hamda ularni saqlashga ehtiyoj sezdilar. Shu tariqa hujjatlarni
saqlaydigan muassasalar – arxivlar paydo bo’ldi.
“Arxiv” atamasi lotincha “arxivum” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida
“mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi. Lekin bu so’z hozirgi kunda
boshqacha ma’noda qo’llaniladi. Arxiv deganda biz odatda faqat hujjatlar
saqlanadigan muassasani tushunamiz.
Arxivlarda turli idoralar, korxonalar, tashkilotlar, shu-ningdek ayrim shaxslar
faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar saqlanadi.
Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha,
arxivlar qadimgi zamonlarda, yozuv paydo bo’lishi
bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Mesopotamiya,
Misr va Kichik Osiyoda ibodatxonalar va quldorlar
saroylarida dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi. Bu arxivlarda o’sha
davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa
hujjatlar saqlanar edi. Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga,
papirus va oshlangan charm (pergament) ga bitilgan.
Qadimgi Yunonistonning Knoss shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik arxivning
qoldiqlari topildi. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, Metroon
ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi.
Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kohinlar tasarrufida bo’lgan. Rimdagi eng
qadimiy arxiv Senat arxivi bo’lib, bu hujjatgoh Saturn ibodatxonasida joylashgan edi.
Mazkur arxivda senat va respublika mahkamalarining hujjatlari, senzorlarning aholini
ro’yxatga olishi bilan bog’liq materiallar va boshqa muhim hujjatlar saqlanardi. Rim
saltanati davrida esa yozma hujjatlar saqlanadigan arxiv imperatorlar saroyida
Dostları ilə paylaş: |